Birinchidan, jamiyatning tubdan yangilanishi, barcha sohalarda islohotlarning amalga oshirilishi demokratik tamoyillarni turmush tarziga aylanib borishini ta’minlovchi uzluksiz jarayondir;
ikkinchidan, jamiyatning damokratiyalashib borishi iqtisodiy soha kabi huquqiy, siyosiy va ma’naviy yangilanishga asoslanadi;
uchinchidan, jamiyatda qonun ustuvorligi va hammaning qonun oldida tengligini ta’minlash lozim. Buning uchun jamiyatning ijtimoiy ongida demokratik qadriyatlarga yangicha munosabatni shakllantirish, inson huquqlariga rioya etish va ularni hurmat qilish zarur. Bularning hammasi umummilliy madaniyatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi kerak;
to’rtinchidan, jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining darajasiga bog’liq. Shaxsning pozisiyasi, uning ijtimoiy hayot hodisalariga munosabati, jamiyatdagi salbiy hodisalarga nisbatan murosasizligi jamiyatda demokratiyaning rivojlanishiga va uni jamiyatning ajralmas qismiga aylanishiga olib keladi.
Hozirgi davrda O’zbekiston tarixiy tub burilishlar va o’zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Jamiyatning ijtimoiy hayoti bir shakldan ikkinchi shaklga o’tmoqda. Jamiyatning hozirgi taraqqiyotini xalqning turmush tarzini to’la o’zgartirayotgan inqilobiy qayta qurishlar davri sifatida tavsishlash mumkin.1
Ushbu inqilobiy o’zgarishlar quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- milliy m’naviyat va ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va madaniy – ma’naviy merosni o’rganish imkoniyatining yuzaga kelishi;
- yangi tarixiy sharoitda Sharq an’analari va bu sohadagi jaxon ilg’or tajribasining sintezi asosida o’zbek milliy davlatchiligining rivojlanishi;
- demokratik jarayonlarning taraqqiy etishi va O’zbekistonning jahon siyosatidagi rolining oshishi.2
Hali O’zbekiston mustaqillika erishmasdan turiboq I..Karimov rahbarligidagi Respublikamiz hukumati jamiyatimizning ma’naviy tiklanishi va yangilanishi sohasida bir qator amaliy tadbirlarni amalga oshirdi.
O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga tobora kirib borib, mamlakatda demokratik jarayonlarni amalga oshirib, fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida o’zaro ilmiy va amaliy aloqalarni mustahkamlab borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida diniy qadriyat va an’analar muhim o’rin egallab kelgan.
Yoshlarni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda ajdodlar ma’naviy merosining o’rni beqiyosdir. Insonning ruhiy kamolotiga xizmat qiluvchi qadriyatlar asrlar davomida diniy qarashlar bilan bog’liq holda rivojlangan. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda dinlar tarixi, muqaddas manbalari, ta’limotlarini o’rganish tarixini, o’zligimizni anglashga yordam beradi. Islom dini jahon dinlari ichida eng yoshidir.
Islom dini dunyoda e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan xristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Islom dini jahonda geografik jihatdan juda keng tarqalgan monoteistik yakkaxudolik dinlaridan biridir. Bugungi kunda islom dunyoning 172 ta mamlakatida tarqalgan. Jahondagi 6 mld.aholining 1,5 mld. ga yaqin aholisi islom diniga e’tiqod qiladi. Bu esa jahon aholisining 20 % dan ortiqroq qismini tashkil etadi. 22 ta arab mamlakatlarida 300-350 million musulmon yashaydi. Masalan, Misrda 60 million aholisining 48 millioni musulmon. Shundan Kohira shahrida 16 million aholi yashaydi. Afrikadagi Liviya, Tunis, Marokash, Jazoir, Sudan, Mavritaniya, Uganda, Somali kabi mamlakatlarda ham musulmonlar yashaydi. Yaqin Sharqda Livan, Suriya, Iordaniya, Iroq, Falastinda, Arabiston yarim orolida Saudiya, Yaman, Umal sultonligi, Fors ko’rfazida esa Birlashgan Arab Respublikasi, Qatar, Baxrayn, Quvayt kabi davlatlarda ahlining 98-99 % ini musulmonlar tashkil qiladi.
Turkiyada 61 million, Eronda 63 million, Pokistonda 125 million, Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari bo’lgan Bangladesh 61 mln, Hindistonda 150 mln, eng ko’p musulmonlar Indoneziyada 165 millionni tashkil etadi. Bundan tashqari sobiq SSSR hududidagi mustaqil hamdo’stlik mamlakatlari Rossiyaning Dog’iston, Tatar, Boshqird, Chechen, Karachey, Balqar kabi millatlari va Sibirda hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi – qozoq, qirg’iz, o’zbek, turkman, Xitoyda uyg’ur, qrim tatarlari ham islomga e’tiqod qiladilar. Dunyoning boshqa mamlakatlarida ham musulmonlar yashab islomga e’tiqod qiladilar. Yevropa qit’asida Bolqon yarim orolidagi Albaniya, Kosova, Bosniya-Gersogovina kabi mamlakatlarida ham musulmon xalqlari yashaydi.
Aholisining ko’p qismi mutloq musulmonlardan iborat bo’lgan 39 mamlakat, shuningdek, aholisining yarmini musulmonlar tashkil qilgan mamlakatlar ham (Misr, Malayziya) o’zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar. Mavritaniya, Eron, Pokiston, Kamar orollari, Afg’oniston kabi mamlakatlarni nomiga ham islom so’zi qo’shib aytiladi. Masalan, Eron yoki Pokiston, Afg’oniston islom respublikasi deb yuritiladi. 28 mamlakatda islom rasmiy davlat dini va mafkurasi sifatida tan olingan.
XX asrdan hozirgi davrgacha insoniyatning umumiy tarixiga xos bo’lgan ikki tendensiya: jamiyatning, millatlar, mamlakatlar va davlatlarning o’zaro aloqadorligi kuchayib borishi natijasida integrasiya jarayonlari yuzaga keldi Shu bilan birga integrasiyaga qarshi bo’lgan kuchlar ham jonlana boshladi. Umuman olib qaraganda, integrasiya tabiiy jarayon bo’lib, insoniyat tarixi bunday jarayon bilan doimo birga, yonma-yon borgan. Integrasiya jarayoni obyektiv tarzda turli jamiyatlar hayotini, madaniyati va turmush tarzini boyitadi. Jamiyatda mavjud mafkura, ijtimoiy qarashlar, ijtimoiy fikr, shaxs dunyoqarashi uning natijasida o’zgaradi va rivojlanadi. O’zaro ijtimoiy-tarixiy alaoqalar o’z navbatida madaniy-ma’naviy aloqalarning taraqqiyotini ham taqazo etadi. Shunga ko’ra Sharq jamiyati ijtimoiy fikrining bugungi kundagi taraqqiyoti, xususiyatlari, unga ta’sir etuvchi jihatlar va omillar kabi masalalarni o’rganish barcha ijtimoiy fanlar va shular bilan bir qatorda tarix fani sohasida ham katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda din va mafkuraning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati shunday kuchayganki, jamiyat hayotining barcha sohalarida ushbu holat aks etmoqda. Bunday sharoitda dinning, g’oyalarning va mafkuraning tarixi, mohiyati jamiyat taraqqiyotidagi rolini o’rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu sohada so’nggi paytlarda tarixchilar, faylasuflar, siyosatshunoslar va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlari olimlari tomonidan katta ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ma’lumki, jamiyat tarixida axloq, din, fan, madaniyat, ma’naviyat, huquq, san’at va h.k. hodisalar doim ham mavjud bo’lgan. Ular muhim omillar sifatida ijtimoiy hayot va insonlarning faoliyatini tartibga solib turuvchi ijtimoiy qoidalarning regulyatorlik vazifasini o’tab kelgan. Jamiyat tarixida eng avval ahloqiy qoidalar paydo bo’lgan. Din, turli g’oyalar va mafkuraning shakllanishi jamiyat taraqqiyotida ulkan ahamiyatga ega bo’ldi. Jumladan, din axloqiy ongning tarkibiga kirib borib va u bilan munosabatda bo’lib, diniy-ahloqiy qadriyatlarni shakllantirdi. Ijtimoiy ongning deyarli barcha shakllarida diniy ongning elementlari mavjud. Ular orqali diniy ong ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur omillar ijtimoiy hayot va insonlarning faoliyatini tartibga solib turuvchi ijtimoiy qoidalarning regulyatorlik vazifasini o’taydi.
Din, g’oya mafkura kabi hodisalar eng avvalo, tarixiy va ma’naviy qadriyatlar hisoblanadi. Boshqa ma’naviy qadriyatlar qatori ular ham subyektlar va ijtimoiy guruhlarning oriyentasiya qilishiga yordam beradi. Diniy qadriyatlar insonlar uchun muhim va ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy hodisalar b o’lib, ijtimoiy fikrga, kishilarning ijtimoiy kayfiyati va ruhiyatiga, ijtimoiy munosabatlarga ta’siri orqali jamiyatning va ma’naviy hayotning barqarorligini ta’minlashda katta rol o’ynaydi. Shaxsning passiv yoki faolligini, kundalik ahloqiy qoidalarini belgilaydi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, hozirgi kunda islomning ana shunday jihatlaridan foydalanish mumkin. Masalan, uning tarbiyalovchilik funksiyasi hozirgi tez taraqqiy etib borayotgan davrda milliy ma’naviyatni himoya qilishning vositalaridan biri bo’lishi mumkin: ota-onalar va farzandlar, katta bilan kichik, avlodlar o’rtasidagi, jamiyatning ayollarga nisbatan munosabatlarda burch hissini shakllantirish, ijtimoiy tabaqalanishning oldini olishda, tolerantlik, o’zaro hurmat, rahmdillik, sabr-toqat, o’zaro yordam kabi xususiyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish ana shular jumlasidandir. Ushbu jihatlar orqali jamiyatni globallashuvning negativ oqibatlaridan himoya qilgan holda ijtimoiy hayotda barqarorlik, birbutunlik, xotirjamlik ruhini ta’minlaydi.
Diniy qadriyatlarning mohiyatini milliy qadriyatlarga yaqinligini hisobga olgan holda, madaniyat va ma’naviyatni milliy qadriyatlarimizni globallashuv olib keladigan ommaviy madaniyatning ta’sirlaridan, hamda ma’naviyatimizga zid keladigan madaniy elementlarning negativ ta’sirlaridan himoya etadi. Bu yerda diniy qadriyatlar “filtr” yoki “senzura” vazifasini o’tashi evaziga diniy ong o’zini himoya eta oladi va madaniy globallashuvga qarshi tura oladi.
So’zimizning isboti sifatida aytish mumkinki, ma’naviyatning bir qator sohalari: din, san’at, ta’lim tizimi, maorif kabilarga oid bo’lgan farmonlar va qarorlar qabul qilinganini keltirish mumkin. Jumladan o’sha davrda SSSR tarkibida bo’lgan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov tomonidan “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to’g’risida” gi farmoni (1990 yil, 2 iyun) e’lon qilindi. Islom buyuk allomalarining: Imom Abu Iso at- Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az Zamaxshariyning 950 yilligi, Najmiddin Qubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandining 675 yilligi, Xo’ja Ahror Valining 600 yilligi, Al Moturudiyning 1330 yilligi, Axmad al Farg’oniyning 1200 yilligi kabi yubileylar mamlakatimizda keng nishonlandi. Bundan tashqari 1991 yilda O’zbekiston Prezidenti farmoni bilan «Ramazon - hayit» ( 1991 yil, 11 aprel ) va «Qurbon-hayit» ( 1996 yil 20 iyun ) kunlari bayram va dam olish kunlari deb e’lon qilindi. 1992 yil musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni Karim birinchi marta o’zbek tilida 100 ming adad bilan nashr etildi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng ayniqsa, diniy qadriyatlarni tiklash sohasida Respublikamiz Prezidenti va hukumatimiz tomonidan katta ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning musulmon aholisi o’zining diniy ehtiyojlarini qondirish va diniy bilim olish imkoniyatiga ega bo’ldi. 1999 yil 9 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent islom universitetini tashkil etish to’g’risida”gi farmoniga binoan mazkur universitet o’z faoliyatini boshladi. Bundan tashqari O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining ““Avesto” yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash to’g’risida” qabul qilgan qarori ma’naviy yangilanish sohasidagi katta voqyea bo’ldi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, diniy qadriyatlarga bo’lgan munosabatning tubdan o’zgarishi va diniy qadriyatlarning tiklanishi faqat islom dinigagina taalluqli bo’lgan hodisa emas. Yuqorida qayd etilgan chora – tadbirlar islom dini qatori mamlakatimizning musulmon bo’lmagan aholisi e’tiqod qiladigan boshqa barcha dinlarga ham tegishlidir. Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridanoq islom dinigagina emas, mavjud boshqa dinlarga ham hurmat bilan yondashuv tamoyiliga amal qilinib kelinmoqda. Qabul qilingan huquqiy normalar va demokratik tamoyillar O’zbekistonda mavjud barcha dinlar va ularga e’tiqod qiluvchilar uchun ham diniy erkinlikni kafolatlaydi.
Hozirda O’zbekistonda 2000 dan ziyod islom diniy tashkilotlari qatori 163 ta xristian cherkovlari, 8 ta sinagoga, 6 ta Bahoilik jamiyati, Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasi faoliyat ko’rsatmoqda.7 1996 yilda O’zbekistonda Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo Yeparxiyasining 125 yilligi tantanalari Toshkent va Samarqand shaharlarida keng bayram qilindi. Tantanalar davomida “O’rta Osiyoda pravoslav cherkovi” ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Bundan tashqari shu yilning noyabr oyida Toshkentdagi Yevangel – xristian cherkovining 100 yilligi, dekabr oyida esa Nemis Yevangel – lyuteranlar cherkovining O’zbekistondagi ilk cherkovi (Kirxasi)ning 100 yilligi tantanalari Toshkent shahrida keng nishonlandi. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning farmoniga ko’ra Toshkent shahrida Pravoslav ma’naviy markazini yaratish uchun hudud ajratildi. Hozirda mazkur markaz qoshida seminariya (duxovnaya seminariya) faoliyat olib bormoqda. Unda O’rta Osiyoda joylashgan to’rtta davlatdagi pravoslavlar prixodlari uchun diniy xizmatchilar tayyorlanadi. Umuman so’nggi 10 yil ichida O’rta Osiyodagi pravoslav prixodlarining soni ikki martaga oshdi. Hozirda ular 98 tani tashkil etadi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |