Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Integratsiyalashuv jarayoni bosqichlari



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

 
13.4. Integratsiyalashuv jarayoni bosqichlari 
EIning eng boshlang`ich davrida yevropa ko`mir va po`lat birlashmasi yotadi 
(EKPB). yevropa birlashmasiga asos solgan, buning dastur va rejalarini tuzgan, uning 
asosiy tamoyillarini belgilashda faollik qilib, umuman bularni birlamchi shakllarini 


320
amalga oshirishda katta ishlarni bajargan fransuz Shuman va Monnelardir. Katta 
iqtisodiy-siyosiy bilim va tajribaga ega bo`lgan Monne va bu ishlarda 
tashabbuskorlik hamda boshliq bo`lgan Shumanlar axvol va vazifalarni yaxshi bilan 
xolda ish tutishgan.
Ular yuz bergan xolat va yevropaning ikkiga bo`linib qolganligi sababli 
“Sovuq urush” bo`lib, bunda Germaniya alohida rol o`ynashini chuqur tushungan 
tarzda to`g`ri yo`l tutganlar. Bunda G`arbiy Germaniya siyosati amerikacha siyosat 
manfaatidan kelib chiqib, G`arbiy yevropa ham shunday xolatda bo`lib, AQSHga 
bo`ysunar edi. 
Albatta asosiy muammo Germaniyaga borib taqalsa, ikkinchi tomondan 
mamlakatlar mustaqilligiga zarar yetkazmaslik zarur edi. Chunki ular endi zulmdan 
qutilib, o`z milliy davlatligini qo`lga kiritgan bo`lib, siyosiy mustaqillik, suverenlikni 
chegaralovchi har qanday harakat milliy g`ururga ta’sir etishi turgan gap edi. 
Bungacha ham yevropa mamlakatlarini birlashtirishga urunishlar bo`lgan, aytaylik, 
1948 yili Buyuk Britaniya boshliq yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tuzilgan edi. 
Lekin u faqat tavsiya darajasidagi faoliyat bilan chegaralangan. 1949 yilda esa 
yevropa Kengashi tuzilgandek bo`lib, u ham maslahat vazifasi bilan shug`allangan, 
xolos.
Fransiya va Germaniya birlashmasida siyosiy integratsiyani uzoq kelajakka 
mo`ljallgan xolda iqtisodiy integratsiyaga e’tibor qaratish, eng yirik va aniq iqtisodiy 
muammolarni belgilagan xolda harakat qilish va bularni bajarishda millatdan yuqori 
mexanizmlarni ishlatish, yagona bojxona tartiblarini ishlab chiqish, bu muammolarni 
umumdavlatlar negizida xal qilish iqtisodiy soha bilan birga yevropa xalqlari uchun 
siyosiy-ruhiy ahamiyat kasb etishi kabilar muhim bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu sohada 
memorandum va aniq takliflarga oid xujjatlar tuzilib, Fransiya hukumati 
muhokamasiga kiritiladi. Bundan oldin Monne Germaniya kan
ц
leri Adenauer bilan 
uchrashib, uning roziligini oladi. Kan
ц
ler bu xajjatni qo`llamasdan iloji ham yo`q edi. 
Chunki g`olib mamlakat eng teng munosabatlar uchun, teng iqtisodiy hamkorlikka 
qo`l cho`zgan edi. 


321
1951 – yilda yevropa ko`mir va po`lat birlashmasini ta’sis etish to`g`risidagi 
shartnmomaga olti davlat qo`l qo`yadi va u 1952 – yilda shu davlatlar tomonidan 
radifikatsiya qilinadi. Shartnoma muxlati 50 yil bo`lib, Birlashma shtab kvarturasi 
Lyuksemburgda joylashadi. Germaniya va Fransiya tomonidan tuzilgan bu 
shartnomaga Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Italiya ham qo`shiladi. 
Bu birlashma haqviqatdan ham davlatlarga bog`liq bo`lmay mustaqil ish 
yuritish asoslari yaratilgan bo`lib, buni boshqaruvchi organlari faqat Parlament 
assambleyasiga itoat etishi va moliyaviy asosi mamlakat hukumatlari ajratmasi emas, 
balki iqtisodiy faoliyatga bog`liq bo`lgan soliq hisobidan tarkib topadi. Shu bilan 
birga davlatlar tengligi tamoyili asos qilib olinadi. 
Bu birlashmaning keyingi rivojlanish bosqichi atom energetikasini 
birlashtirish bo`lib, bunda Belgiyaning tashabbusi kuchli bo`ladi. yevropa 
birlashmasining faollashuviga Suvaysh kanali va Vengriya voqealari ham turtki 
bo`ladi. 1957 – yilda Rimda bo`lib o`tgan olti mamlakat vakillari uchrashuvida 
yevropa iqtisodiy birlashmasi to`g`risidagi shartnomaga qo`l qo`yiladi. yeKPB va 
yevroatom bu iqtisodiy birlashmaning “birinchi qavati” xizmatini ado etadi. yevropa 
Iqtisodiy birlashma (EIB)ning yuqori boshqaruv organi etib Birlashma komissiyasi 
belgilanadi. Parlament assambleyasi yevropa parlamentiga aylantiriladi. Bu 
birlashmaning shtab va kvartallari Bryussel va Lyuksemburgda joylashadi. 
Rim shartnomasida birlashmaning faoliyati qishloq xo`jaligi, savdo 
sohasidagi umumiy siyosat, bojxona qoidalarini tartiblashtirish, ijtimoiy masalalar, 
ilmiy-texnik tadqiqot va ta’lim, atrof-muhit, “uchinchi dunyo”, mamlakatlar bilan 
hamkorlik siyosatlari hisobiga kengayib boradi, deb qayd qilinadi. Shu bilan yevropa 
iqtisodiy yaqinlashuv, kuchli integratsiyalashgan bozorni shakllantirish yo`liga o`tgan 
edi. yeIB boshqa mamlakatlar uchun ochiq ekanligi aytiladi.
1972 – yilga kelib, yeIBga Daniya, Irlandiya va Buyuk Britaniya davlatlari 
ham qo`shildi. Keyinroq, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya ham qo`shiladi. 1975 – 
yilda Rim sessiyasida yevropa kengashi yevropa parlementiga to`g`ri saylovlar 
o`tkazish to`g`risida qaror qabul qiladi. Bu parlament markazi etib Strasburg 
belgilanadi. Shu yili kelishilgan xolda yeIBni rivojlantirish to`g`risidagi birlashma 


322
a’zolari muhokamasiga takliflar kiritiladi. Bunda iqtisodiy va valyuta hamda 
mintaqaviy siyosatlar, umumiy sanoat siyosati kabi sohalar bo`yicha takliflar 
kiritiladi. Avvalo 1979 – yilda yevropa valyuta tizimini kiritish to`g`risida kelishuv 
yuz beradi.
1984 – yilgi yevropa parlamenti yevropa Ittifoqi to`g`risida loyihani qabul 
qiladi. 1991 – yildagi Maastrix sessiyasi yevropa Ittifoqini e’lon qiladi. Bu o`zgarish 
ketma-ketlik asosida amalga oshib, 1999 – yilgacha davom etishi kerak edi. Birinchi 
bosqichda kapital harakatini nazorat etishning bekor qilinishi ko`zda tutiladi. Ikkinchi 
bosqich 1994-1997 yillarni o`z ichiga olib, bunda iqtisodiy ko`rsatkichlarni 
yaqinlashtirish va nisbatan orqada bo`lgan Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya va 
Irlandiya mamlakatlari iqtisodiy darajasini ilg`orlar darajasiga ko`tarish ko`zda 
tutiladi. Yangi yevropa valyuta instituti (EVI) tuziladi. 
Uchinchi bosqichda Markazin yevropa banki ta’sis etiladi va yagona pul – 
yevro qabul qilinadi hamda muomalaga kiritiladi. 
EIda davlatlararo birlashtiruvchi mazmundagi yechimlar ustunlik qiladi. 
Lekin davlatlardan ustun mexanizm mazmunidagi qattiq yechimlar ustunlik qiladi, 
deb bo`lmaydi. Integratsiya rivoji va kengashida bunday davlatlardan yuqori 
elementlar ko`paya borishiga qaramasdan baribir milliy davlatlik ustunlik qilib, buni 
yevropa davlatlari konfederatsiyasi darajasida tushunish mumkin. Chunki siyosiy va 
iqtisodiy masalalarning xal qilinishi milliy davlatlar qo`lidadir. Faqat tashqi savdo 
bundan mustasno bo`lib, u to`lig`icha yeI komissiyasi ihtiyoridadir. 
EI quyidagi organlar bilan boshqariladi: 
1.EI kengashi
2.EI komissiyasi – bu ijro organ 
3.Evropa parlamenti 
4.Evropa sudi
5.Evropa ijtimoiy fondi 
6.Evropa mintaqaviy rivojlanish fondi
7.Evropa investitsiya banki 


323
EI kengayib, 1995 – yili Avstriya, Shvetsiya va Finlyandiya qo`shiladi. 
Keyingi yillarda qo`shilish talabi o`zgarmoqda. Chunki Kipr (greklar) va 
Sloveniyadan tashqari mamlakatlar o`tuvchi va sobiq sotsialistik yo`nalishdagilar 
bo`lib, ularda bozor mexanizmlari endi harakatga kelib, har tomonlama G`arbiy 
yevropa mamlakatlaridan farqlanadi. Shu bilan birga iqtisodiy taraqqiyot jixatidan 
turli darajadadirlar. 
EIga qo`shiladigan nomzodlar ikki darajada bo`lib, bularning o`rtasida ham 
taraqqiy xolat turlichadir. Birinchi navbatdagi Sloveniya, Kipr, Chexiya, Vengriya, 
Polsha, Estoniya bo`lsa, navbatdagi Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya, Litva, 
Latviyalarga nisbatan taraqqiyot darajasi yuqoriroqdir. Shuning uchun ham ularning 
to`la qo`shilish jarayoni va vaqti ancha uzoq bo`ladi. 
EIning kengayishi iqtisodiy erkinlik xajmini yer yuzida oshirish bilan siyosiy 
muammolarning yengillashuvi, hal qilinishini tezlashtiradi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish