315
keyingi davr 1957-1974 yillarni o`z ichiga olib, ekstensiv rivojlanish bilan
tavsiflanadi. Sanoat, qishloq xo`jaligi, tashqi savdolarda o`sish boshlanib, o`sish
ko`rsatkichlari AQSHga nisbatan yuqori bo`ladi. Davlat nazorati amalda bo`lib,
davlat buyurtmalari sezilarli xajmda bo`ladi. yevropadagi ekstensiv o`sish jamg`arish
normasining yuqoriligi, asosiy kapitalga qaratilgan investitsiyaning ko`paya borishi,
kapital ta’minlanish va mehnat unumdorligining o`sib borishini bildiradi.
Ishlab
chiqarishga arzon import xomshayoni jalb qilish, nisbatan arzon ish kuchining
mavjudligi qo`shimcha ish joylari tashkil etilib, ishlab chiqarish xajmi kengayib
borish imkonini beradi. Bir qancha iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha, ya’ni
YAIMning jon boshiga to`g`ri kelishi, ish haqi darajasi, mehnat unumdorligi
bo`yicha AQSH darajasiga yaqinlashadi. Lekin texnologiya rivoji bo`yicha
orqada
qoladi. Buning sababi ITTKIni moliyalashtirish imkonining pastligi bo`lib, AQSH
darajasida bu sohaga sarmoya ajratishning yevropada hali imkoni yo`q edi. yevropa
fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini uyushtirish bo`yicha AQSHdan orqada bo`lib,
o`zining texnologik rivojini yarata olmagan edi. Lekin iqtisodiy integratsiya bo`yicha
ancha ilg`orlashga ulgurgan edi.
Keyingi davr 1974-1985 yillarni o`z ichiga olib, iqtisodiy inqiroz va
investitsiyaning biroz sustlashuvi bilan tavsiflanadi. 70 – yilar o`rtasidagi inqiroz
to`laqonli bo`lib, 80 – yilga kelib sanoat ishlab chiqarishda tushkunlikka ulanib
ketadi. Ekstensiv o`sish o`zining cheklanganligini bildira boshlaydi. Endi iqtisodiyot
tuzumiy o`zgari shlarni talab etishi sezila boshlaydi. O`tgan inqirozlar tashqi
aloqalardagi salbiy tomonlarning mavjudligi o`z ta’sirini
kuchaytirgani muhim
sabablardan ekanligini bildiradi. Endi yevropa uchun integratsiyani davom ettirish
asosiy bo`lmasdan iqtisodiyotni saqlash muammosi oldinga suriladi.
70 – yillar o`rtalaridan boshlab iqtisodiy tuzumiy o`zgarishlarni amalga
oshirishga kirisha boshlanadi. Asosiy sanoat fondlari yangilanib, amortizatsiya
normalari ko`tariladi. yevropa TMKlari o`z ishlab chiqarish bazalarini ish kuchi
arzon bo`lgan chet mamlakatlarga ko`chira boshlashadi. Bu an’anaviy sanoat
tarmoqlariga taalluqli bo`lib, o`z vatanlarida ilm sig`imli murakkab ishlab chiqarishni
kengaytira boshlaydilar.
Yangi materiallar, biotexnologiya kabi tarmoqlar va xizmat
316
ko`rsatish sohasi ustivor tarmoqlar hisoblanadi. Aholi bandligida ham o`zgarishlar
yuz beradi.
Iqtisodiy integratsiyada jonlanish yuz berib, bir qancha umumiy tashkilotlar
paydo bo`ladi.
1984 – yildan umumiy qishloq xo`jalik islohati amalga osha boshlaydi. Ilmiy
texnik rivoji dasturi kiritiladi. Bundan keyingi davr 1985-1992 yillarni o`z ichiga
olib, bunda integratsiyani kuchaytirish va uzoq davom etayotgan iqtisodiy ko`tarilish
yuz beradi. Bu davrda iqtisodiy birlashuv sohasida yeI tomon katta qadamlar
qo`yiladi.
Iqtisodiy rivoj sohasidagi siljishlar jahon iqtisodiyotidagi G`arbiy
yevropaning mustahkamlanishiga olib keladi. ITTKIga suyangan holda texnologik
qoloqlikni oldini olish bo`yicha bir necha yirik ishlar amalga oshiriladi. 1985 – yildan
uzoq davom etgan iqtisodiy rivojlanish intensiv ravishda bo`lib, to 1990
yillargacha
davom etadi. Bu davr G`arbiy yevropa iqtisodiyoti uchun quyidagilarga xos bo`ladi:
- inflyatsiyaning susayishi;
- valyuta kurslarining muntazamligi;
- YAIM o`sishi;
- tashqi savdo aylanishining kengayishi.
Ishlab chiqarishda sifat o`zgarishlar yuz beradi. Rivojlanish asosida ITR
yotadi. Ilm sig`imli ishlab chiqarish, mahsulot sifatini ko`tarish, ishlab chiqarish
xarajatlarini pasaytirish hisobiga moddiy sig`imli ishlab chiqarishni qisqartirish yuz
beradi. Fan va texnika taraqqiyoti bo`yicha maxsus birgalikdagi dastur asosida ish
olib boriladi. Xizmat ko`rsatish sohasi juda tez rivojlanadi. Bunda ayniqsa
dasturlashtirish,
logistika, konsalting, injenering katta o`rin egallaydi. Ilg`or
texnologiya asosida ishlab chiqarish tarmoqlar tuzumida o`zgarishlar amalga oshadi.
Shaxsan elektronika ishlab chiqarish xajmi oshadi, shuningdek mashinasozlik va
kimyo sanoati o`sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: