Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


13.3.Evropa Ittifoqi tuzilishi sabablari va tarkibi



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

 


317
13.3.Evropa Ittifoqi tuzilishi sabablari va tarkibi 
Evropa Ittifoqining yuzaga kelishi iqtisodiy taraqqiyotda katta ahamiyat kasb 
etadi. Bu bir qancha muhim global masalalarni xal qilish bilan yevropa 
mamlakatlarining rivojlanishini tezlashtiradi. Chunki bir qancha yig`ilib qolgan 
muammolar yechiladi va taraqqiyot uchun zarur imkoniyatlar yiriklashadi va 
mamlakatlar birgalikda faoliyat ko`rsatish yevropa salohiyatini yangi yuqori darajaga 
ko`taradi. 
Ittifoqning yuzaga kelishi mavjud zamonaviy ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi bilan milliy davlat chegaralari o`rtasidagi ziddiyatlar natijasi edi. 
Bu ayniqsa Ikkinchi Jahon urushidan keyin yaqqol ko`zga tashlanar va kelajak 
rivojlanishining zarur shartiga aylangan edi. Bunda birinchi va ikkinchi jahon 
urushlarini boshlagan Germaniyaning ahamiyati katta bo`lib, uning taqdiri, qaysi 
yo`nalishda tiklanishi, rivojlanish yo`nalishi G`arbiy yevropa uchun, ayniqsa bevosita 
qo`shni davlatlar uchun deyarli taqdiriy masala edi.
Bundan tashqari yevropada ikki qarama-qarshi tizimlarning paydo 
bo`lganligi, kelajakda yana vayronagarchilik urushlarning oldini olishlik sabablar 
birgalikda ish tutishga yo`llar edi. Germaniyaning tiklanishi va bunda AQSHning faol 
ishtirok etishi, yevropada o`zining ta’sirini saqlab qolish uchun harakat qilishi ham 
birlashuv uchun kurashni kuchaytiradi. 
Ikkinchi Jahon urushidan keyin Germaniya ustidan g`alaba qozonilganda 
bundagi ikki yetakchi kuch hisoblangan SSSR va AQSH o`rtasida kelishuv bo`lmay, 
sovuq urush xolati yuz beradki, yevropada siyosiy muammo kuchayib boradi va 
bunda Germaniyani yana bo`lajak urush markaziga aylanish xavfi ham bor edi. 
Chunki ikki tomon harbiy harakatni susaytirish o`rniga uni jonlantirishga urunishar 
va xattoki bunda qadimgi german vermaxtidan foydalanish xafvi ham yo`q emas edi. 
Demak, yeIning iqtisodiy sabablari bilan siyosiy sabablari ham mavjud edi. 
Sobiq SSSR rahbariyati o`sha vaqtlarda axvolni yumshatish emas, balki uni 
keskinlashtirish choralarini qo`llab, xuddi G`arbiy Germaniyada yuz berayotgan 
jarayonlarga javoban harakat qilayotgandek bo`lar edi. 1948 – yilgi Praga talofati, 
1949 – yildagi Berlin blokadasi kabilarni unga misol qilib keltirish mumkin. 


318
Evropa yetakchi siyosiy va iqtisodiy arboblari uchun bunday xolat keskin 
chora ko`rish, salbiy yo`nalishning oldini olish va birlashuvsiz kelajakni to`g`ri 
belgilash mumkin emasligi aniq edi. Chunki yevropa o`z manfaatlarini ta’minlashi va 
bu SSSR va na AQSH manfaatlaridan farq etishi tushunilayotgan edi.
AQSH va SSSRning yadro hukmronligidagi ulug` davlatlarga aylanishi
jahonga real hukmronlik qilishi va vaziyatni to`la qo`lga olishlari ham yevropani 
bezovlantirar va uni batamom ikkinchi darajali mamlakatlarga aylanib qolishi xavfi 
aniq ko`zga tashlanar edi. Bu ikki buyuk davlatlarning global ravishda bir-biriga 
qarama-qarshi turishi, dunyoni qayta taqsimlash uchun yirik kurashni boshlab 
yuborilganligi va bunga yevropani to`la aralashishi aniq narsa ekanligi, na yevropaga 
bunda joy ajratishi na uning jahon strategik manfaatlariga e’tibor berishi 
imkoniyatlarining tugalla yo`q qilinayotganligi aniq edi.
Evropa birlashuvi avvalo Fransiya va Germaniya manfaatlariga taalluqli 
bo`lgan. Chunki Fransiya tarixan bir necha marta Prussiya va Germaniya tomonidan 
tajovuzga uchrab kelgan. 1945 – yildan keyingi AQSH va Angliyaning G`arbiy 
Germaniya iqtisodiyotini tiklanishi va armiyasining jonlanishi Fransiyaning 
xavotirlanishiga sabab bo`lar edi. Chunki Germaniyaning notinch harakatlari hamisha 
iqtisodiy tiklanishdan keyin boshlanar edi.
Bevosita Fransiya uchun 1949 – yilda GFR statusi belgilanishi bilan axvol 
ancha og`irlashadi va u ham AQSHga yonbosishi talab etilar edi. Chunki AQSHning 
Germaniyani tiklanishi to`g`risidagi talablari Fransiyaning zonasiga taalluqli bo`lib, 
ayniqsa bu Rur va Saarga bevosita bog`liq edi. Biroq bu o`zgarishlar G`arbiy 
Germaniya tiklanishi, uning tomonidan kelajakda xavf tug`ilmasligi kafolatligi emas 
edi.
“Marshall rejasini” G`arbiy yevropaning tiklanishiga olib kelgan tadbir deb 
bo`lmaydi. Lekin uning urushdan keyingi dastlabki vazifalarini bajarishda katta 
yordam bergan, u hayotiy zaruriy xo`jalik inshootlarini tiklash, aholini oziq-ovqat 
bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Lekin urush yillari Germaniya 
tomonidan birlashtirilgan yevropa mamlakatlari iqtisodi yana bo`linib, maydalanib 
ketgan. Bo`linish eski an’anaviy tarzdagi mayda bir-biriga bog`lanmagan va ajralgan 


319
xolda bo`lib, jahon mehnat taqsimoti tamoyillari bo`yicha juda bo`sh bog`langan 
iqtisodiyot asosida yuz bergan. Albatta bunday iqtisodiyot samarali darajada 
bo`lmagan. Uzoq vaqt tushkunlik xolatida bo`lishi mumkinligi, ishlab chiqarish 
quvvatlarining juda past texnik xolatdaligi, eski tuzumiyligi va texnologik 
innovatsiyani qabul etmasligi real xolatni belgilab berar edi. Bularni AQSH 
korporatsiyalari o`zlariga qo`shib yuborishi xavfi ham mavjud edi. Umumiy xolat 
barcha sohada yetishmovchilik bilan tavsiflanar edi.
Talab pasayib borar, narx-navo pasayishi tezlashar va xali sust xoldagi 
sanoatga salbiy ta’sir etar edi. Biroz qisqargan ishsizlik yana o`sa boradi. 
Chayqovchilik, yashirin iqtisod o`sishi xavfi kuchli bo`lgan. Bularning hammasi 
bozor-raqobat munosabatlarini to`la bo`g`ib qo`yish xavfi mavjud bo`lib, aholi 
asosan vahimaga tusha boshlagan vaqtni eslatar edi.
Bunday xolatdan chiqish, yevropaning rivoji uchun yangi yo`llanma talab 
etilib, avvalo bu iqtisodiy jamlovdan iboratligi yevropa birlashmasini harakatga 
keltiruvchi vosita bo`lishi talab etilar edi. Birlashuvga intilish Fransiyadan boshlanib, 
Germaniya bilan yaqinlashuv va ular o`rtasida ishonch xosil qilish, mavjud 
muammolarni xal qilishda avvalo tarmoqlar asosida, so`ngra sohalar asosida 
birgalikda harakat qilishdan boshlanadi. Bunda albatta umumiy manfaatlar asos 
bo`lishi talab etilar edi. Buning uchun siyosiy birlik, xavfsizlik choralari, ishonch 
tug`diruvchi harakatlar birlashuv tarkibini tashkil etardi. So`ngra bularga boshqa 
mamlakatlarning qo`shila borishi, ayniqsa bozor bo`yicha birlashuvning ahamiyati va 
bundagi ketma-ket erishilgan muvaffaqiyatlar muhimdir. 
Birlashuv faoliyatini sharoit tug`ilishi bilan kengaytirish juda muhim 
ahamiyat kasb etardi. Shuning uchun ham ketma-ketlik, asta-sekinlik usuli oqilona 
amalga oshirilib, yeI tarkibi kengayib bordi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish