Adabiyot darslarida o’quvchilarni kitob mutolaasiga qiziqtirish va badiiy tahlil ko’nikmasini shakllantirish quvondiqova Malika Zokirovna



Download 44,5 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi44,5 Kb.
#82233
Bog'liq
Quvondiqova Malika Zokirovna


ADABIYOT DARSLARIDA O’QUVCHILARNI KITOB MUTOLAASIGA QIZIQTIRISH VA BADIIY TAHLIL KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISH

Quvondiqova Malika Zokirovna

Navoiy viloyat Xatirchi tumani 2-umumta'lim maktabi

Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Annotatsiya: Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa kelajagimiz egalari bo’lmish yosh avlodning bilim va salohiyatini kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. Kitobxonlikni rivojlantirishda badiiy tahlil ham muhim rol o’ynaydi. Ushbu maqola maktabdagi adabiyot darslarida o’quvchilarni kitob mutolaasiga qiziqtirish va badiiy tahlil ko’nikmalarini shakllantirishning ahamiyatiga bag’ishlangan.

Kalit so’zlar: realistik adabiyot, pedagogik texnologiya, badiiy tahlil, kitobsevar avlod.

Adabiyot arabcha — “adab” soʻzining koʻpligi bo’lib, voqelikni soʻz yordamida obrazlar orqali aks ettiruvchi sanʼatning bir turidir (badiiy adabiyot deb ham ataladi). Adabiyot soʻz orqali insonning his-tuygʻularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u sanʼatning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning oʻzini inʼikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qoʻshib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi. Adabiyotning badiiylik mezoni uning gʻoyaviy-badiiy jihatdan mukammal boʻlishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan gʻoyasining toʻgʻriligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir adabiyot milliydir, shunga koʻra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va oʻziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi.

Bugungi kunda, ana shunday nozik san’at turi bo’lmish adabiyot umumta’lim maktablarida fan sifatida o’rgatiladi va ushbu fanni o’rgatuvchi ustozlardan ham haqiqiy ijodkor va mas’uliyatli o’qituvchi bo’lish talab etiladi.

Hozirgi kunda adabiyot darslarida dars jarayonini jonli tarzda o`tkazish, undagi yangi mazmunni o`quvchilarga to`laroq yetkazish uchun pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamonaviy texnologiyaning dolzarb talabi bo`lib xizmat qiladi.

Maktab o’quvchilarida kitobga muhabbat o’qilgan kitobning sir-asrorini bilgandan keyingina shakllanadi. O’quvchi badiiy asardan lazzat tuysa, o’zining zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa, chinakam badiiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallagan bo’lsagina, kitobxonga aylanadi. Chunki biror asarni o’qish jarayonida, uni tahlillash mobaynida tuyilgan lazzat o’quvchini boshqa asarlarni o’qishga, ulardan zavqlanishga undaydi.

Amaliyotda badiiy tahlil qanday maqsadga yo’naltirilganligiga qarab ikki turga: filologik va didaktik tahlilga bo’linadi. Filologik (ilmiy) tahlil badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajaga muvofiq kelishini talab qiladi. Tahlil jarayonidagi har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo’ladi.

O’quv tahlili – ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik faoliyat bo’lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir. Chunki pedagogik maqsadga yo’naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning asosiy belgisidir. Dars jarayonida to’g’ri amalga oshirilgan didaktik tahlil o’quvchining badiiy madaniyatini yuksaltiradi, estetik hodisalarni ko’rish undan mantiqiy-hissiy ta’sirlanish va ular ta’sirida umumlashma xulosalariga kelish qobiliyatini shakllantiradi. Chunki badiiy asar tahlil qilinayotganda tarbiyalanuvchining tafakkuri va hissiyoti faol ishlashga majbur bo’ladi. Masalan: Rauf Parfining «Yomg’ir yog’ar» she’rini tahlil qilishga urinib ko’raylik.

Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar,

Tomchilar, tomchilar sochimga,

Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar,

Ham qayg’umga, ham boshimga.

Shig’alab yog’ayotgan yomg’ir, yomg’ir tagida ruhi goh mahzun, goh xushnud shoir, sochlariga tomayotgan tomchilar, yog’ayotgan yomg’irning lirik qahramon qayg’usiga ham, quvonchiga ham baravar tomchilayotgani tasviri o’quvchilar ruhiy holatida bezovtalik paydo qiladi. Ular yomg’ir tagida turgan nozik ta’b lirik qahramon holatini his qiladilar. Shoir yomg’ir yog’ayotganligi haqida xabar bermaydi, balki yomg’irni she’rxonning ko’z oldida «yog’diradi».

Didaktik tahlil har bir adabiyot o’qituvchisi uchun doim ikki bosqichli jarayon hisoblanadi.

Birinchi bosqichda o’qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida ertaga sinfda o’qitiladigan asarni tahlil etadi, bu o’qituvchining yakka tartibdagi tahlili hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda o’qituvchi sinfdagi o’quvchilar hamkorligida darsda muayyan asarni tahlil etiladi. Buni jamoa yordamidagi tahlil deymiz.

Didaktik tahlil jarayonida o’quvchilarning ishtirok etishiga ko’ra tahlilni alohida guruhli, yoppasiga tahlil turlariga ajratish mumkin. Shunday qilib, adabiyot darslarida badiiy tahlil o’quvchilarning ruhiyati uchun ijobiy ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, umumta’lim maktabidagi adabiyot o’qituvchilar qachonki fanni qiziqarli, o’quvchilarni faol bo’lishga, darsga to’liq qatnashishga undashgandagina ular haqiqiy kitobsevar avlodni voyaga yetkazishlari mumkin. Buning uchun esa o’quvchilarga badiiy tahlil asosiy yordamchi bo’lib xizmat qiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Adabiyot

  2. Q.Yo’ldoshev, «Adabiyot o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari» Toshkent-«O’qituvchi» 1996-yil.

  3. «Adabiyot o’qitish metodikasi» Toshkent. O’qituvchi 1991-yil.

Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish