339
qiluvchi mexanizm tuzilmagan. Juda ko`p miqdorda tarmoqlar
darajasidagi organlar
mavjud. Bular hamkorlikning aniq sohalari bilan shug`ullanadilar.
MDH tuzilgandan keyin 90 – yillar ichida mingga yaqin birgalikdagi
yechimlar qabul qilingan. Ammo asosan ular qog`ozda qolib ketmoqda. Buning
sabablari ko`p. Eng muhimi a’zo mamlakatlarning o`z mustaqiligini biron qismidan
voz kechmayotganligidadir. Ma’lumki, busiz real integratsiya bo`lishi mumkin emas.
MDHning samarasizligi to`g`risida fikrlar ko`p, xattoki bu g`oya umuman
keraksizligi to`g`risida ham tanqidiy mulohazalar bo`lgan. Lekin bu tashkilot mavjud
va uning o`ziga yarasha ijobiy tomonlari ham ko`p. Bunga munosabat oldingi salbiy
xolatlarning ta’siri,
mustaqilikning yangiligi, tajriba kamligi, qisman ishonchsizlik
mavjudligi, g`arbga intilish kabilar albatta o`z kuchini ko`rsatadi.
Integratsiyalashuv kerak, kerak ayniqsayaqin mamlakatlar o`rtasida va eski
birgalik an’analari MDHni takomillashuvi, mavjud sharoitlarga mos xolda ish
yuritish va muammolarni hal qilib borish va o`zaro manfaatdorlikni e’tiborga
olgan
tarzda ish tutish yo`llarini axtarish talab etiladi.
Mustaqillikning mustahkamlanib borishi, milliy iqtisodiyotlarning tiklanishi
va rivojlana borishi sari bunday integratsiyaga muxtojlik ortib boradi. Lekin
MDHdan boshqa mamlakatlarga eksport qilish qiyinchiliklarga duch kelib boradi.
Bunda mahsulotlar sifati, xarajatlar darajasining yuqoriligi,
xalqaro savdodagi
raqobatbardoshlikning kuchliligi buning asosiy sababidir. Rivojlanishni ta’minlash
bilan birga eski uzilib qolgan iqtisodiy aloqalarni tiklash, MDH mamlakatlari
o`rtasidagi savdoni jonlantirish imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Mintaqaviylik, ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tiklash
harakatlari ham mavjud. Shu bilan birga bo`lib turayotgan iqtisodiy, moliyaviy
inqirozlar ham o`z ta’sirini o`tkazib turibdi. Ammo mintaqalar bo`yicha MDH ichida
bo`layotgan kelishuvlar ham yomon natijalar bermayapti.
Bu kelishuvlar turli
darajada va turli sohalar bo`yicha amalga oshirilmoqda. Bunda eng intensivi Rossiya
va Belorussiya o`rtasidagi kelishuvdir. Xatto bu ittifoq tuzish yo`nalishi mazmunini
olmoqda. Chunki Belorussiya rivojlangan mashinasozlik, ayniqsa og`ir mashinasozlik
tarmoqlariga egaki, buning iste’molchisi asosan Rossiyadir. Shuningdek, xomashyo
340
va yonilg`i Belorussiyada juda kam bo`lib, bu Rossiyaga bog`liqdir. Tashqi iqtisodiy
aloqalarda bu ikki mamlakatning bir-biriga bog`liqligi kuchlidir. Shu bilan birga buni
to`la amalga oshirish uchun salbiy ta’sir etuvchi muammo va sabablar ham ko`p.
1995 – yildan boshlab Rossiya,
Belorussiya, Qozog`iston, Tojikiston o`rtasida
boj ittifoqi shakllana boshladi. Keyinroq bunga Qirg`iziston ham qo`shildi. Ittifoq
yagona boj xududini tashkil etish va uchinchi mamlakatlar bilan savdo tartiblarini
umumlashtirgan xolda oddiylashtirishni ko`zda tutadi. Lekin bu ham oson bo`lmay,
yaxshi natijalar berish darajasiga ko`tarila olgani yo`q.
Boj ittifoqi 1996 – yilda “To`rtlar ittifoqi” (Rossiya, Belorussiya,
Qozog`iston, Qirg`iziston) bilan to`ldirildi. Bu milliy, gumanitar sohalar bo`yicha
hamkorlikni ham o`z ichiga oladi. Iqtisodiy bilan ijtimoiy hamkorlik masalalari
integratsiyasi ham ko`zda tutilgan. Lekin buning ham natijasi juda past.
Mintaqaviy manfaatdorlik asosida Markaziy Osiyo mamlakatlari –
Qozog`iston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Turkmaniston o`rtasida hamkorlik ittifoqi
tuzilgan bo`lib, asosiy ko`zlangan masalalar iqtisodiy va mudofaa sohalariga
taalluqlidir. An’anaviy iqtisodiy aloqalar asos bo`lgan. Aytaylik, Qirg`iziston va
Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston gazi, ko`miri bilan ta’minlanib kelgan. G`alla
Qozog`iston
tomonidan
ta’minlanib
turgan.
Qishloq
xo`jalik
texnikasi
O`zbekistondan ta’minlangan va h.k. Umumiy transport xizmatlari mavjud bo`lib
kelgan.
Ukraina, Gruziya,
Ozarbayjon, Moldoviyalar o`rtasida yaqinlashuvga
moyillik bo`lib, buning asosida transport yo`lagi xosil qilish yotadi. Bunda neft va
gaz mahsulotlari eksportini uyushtirish asosiy maqsad hisoblanadi.
MDH ichida bunday kelishuvlarning bo`lishi albatta ob’ektivlikka ega va
umumiy integratsiya bilan bog`liq bo`lishi mumkin, xattoki uni rag`batlantirish ham
turgan gap.
MDH mamlakatlari o`rtasidagi integratsiyalashuvning rivojlanishi ko`p
jixatdan o`tkazilayotgan islohatlar natijasi, iqtisodiy salohiyat,
mamlakatlar
boshqaruvidagi siyosat kabilarga bog`liqdir. Ammo bularning ichida eng ta’sirlisi
Rossiya iqtisodiy taraqqiyoti, tizimiy islohatlar natijasidan iboratdir.
341
Iqtisodiy aloqalarning keskin qisqarishi, tovar aylanishini kamayishi eski
mehnat taqsimotlarining samarasizligidan bo`lsa, bunga siyosiy yondoshuv
qo`shimcha bo`lib hisoblanadi. Lekin o`zgarishlar muvaffaqiyati yana bu
mamlakatlar o`rtasidagi integratsiyaga ehtiyoj tug`dira boshlayapti. Islohatlar
yaqinlashuvi, mustaqillik mustahkamlanishi yana integratsiyalashuvning
zaruriyatini
tug`dirib boradi. Chunki bu davr talabi, MDH esa asosan eng yaqin bir-biriga qo`shni
mamlakatlar bo`lib, o`zaro integratsiyasiz to`laqonli rivojlantirishni amalga oshirish
mumkin bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: