244
Keyingi 20 yil ichida ilm, texnika va texnologiya rivoji uchun qilingan jami
xarajatlar 8 marta ortgan. Bu Yaponiyaning bu sohada dunyoda birinchi o`rinda
turishini bildiradi. Lekin bunda asosiy yuk xususiy kompaniyalar yelkasida bo`lib,
davlat mamlakatda ilmiy-tadqiqot ishlarini mujassamlashtirish va ITTKIni
rivojlantirish,
davlat
dasturini
amalga
oshirish,
xususiy
kompaniyalarni
rag`batlantirish ishlarini bajaradi.
Shuni qayd qilish kerakki, bu sohada davlat bilan
xususiy sektor o`rtasida aniq mehnat taqsimoti mavjud.
ITTKI xarajatlarining 80 foizi xususiy sektorga to`g`ri keladi. Umumiy
bunday xarajatlarning 2/3 qismini elektronika, kimyo sanoati va kemasozlik tashkil
etadi. 70-90 – yillar ichida Yaponiyada kompyuter va ofis
jixozlari ishlab chiqarish
xarajatlari 40 barobarga ko`paytirilgan. Ko`pchilik kompaniyalarda ITTKI xarajatlari
uncha ko`p bo`lmasa ham samaradorlik yuqoridir.
Yaponiyaning taraqqiyot muvaffaqiyatini ko`pincha g`arb texnologiyalari
importi hisobiga bo`lgan, degan tushunchalar mavjud, o`zlari esa hech yangilik
yaratmaydi, deyishadi. Amalda esa unday emas, chunki
Yaponiya kompaniyalari
ko`p sohada yangi texnologiya bo`yicha yetakchilik qiladilar va import texnologiyani
esa takomillashtiradilar. O`z kashfiyotlarini ro`yxatdan o`tkazib, patentlashtirish
xolati ko`p uchraydi. Masalan, “Hitachi” kompaniyasi ITTKIga to`xtovsiz o`z
xarajatlarini kengayt irib boradi, 1997 – yilning o`zida texnologiya litsenziyalarini
sotishdan olgan foydasi 50 mlrd. ienni tashkil etgan,
qaysiki kompaniya umumiy
foydasining 48 foiziga to`g`ri keladi. 1981 – yili “Hitachi” kompaniyasi diqqat
markazini patentlar sifatiga qaratish yo`nalishini qo`llab, patentlarni “oltin”,
“kumush” va “bronzalarga” bo`lgan. Shu bilan birga o`zida intellektual mulki
bo`lishini tashkil etib, bu bo`lim strategik muhim kashfiyotlarni ajratib “oltin” statusi
berish va ularni aniq texnologiyaga aylantirish, litsenziyalarni sotish ishlarini bajara
boshlagan.
Hozirgi vaqtda “Hitachi” kompangiyasi 50 mingdan ortiq Yaponiya va chetda
ro`yxatga olingan patentlarga ega. Har yili kamida 10
ming yangi patentlar uchun
buyurtma beradi. Kashfiyot mahsulotlarini tenglashtirish uchun (o`zimi, chetdami,
ayniqsa AQSHda) qattiq raqobat kurashi boradi.
245
O`rta, kichik korxonalar ham yirik kompaniyalar kabi ITTKI xarajatlariga
imkoniyatlari bo`lmasa ham tadqiqot ishlarini olib boradilar, injener-texnik xodimlar
bilan yangi texnologiya yaratish sohasida doimiy uchrashuv,
muloqotlar tashkil etib
turadilar.
Amaliy fanlarda muvaffaqiyat juda kuchli bo`lishiga qaramay keyingi yillarda
fundamental tadqiqotlarda zaiflik sezila boshladi. Agar bu sohada asosan chet
mamlakat muvaffaqiyatiga ishonilgan bo`lsa, endi qattiq patent tizimi qo`llanilishi
bilan bu muammoga aylanmoqda.
Yaponiya hukumati bunga e’tibor berib, sabablarini o`rgangan xolda umuman
ilmiy-tadqiqot tizimi, ta’lim tuzumlari kabilarni takomillashtirish chora-tadbirlarini
qo`llashga qaratilgan dasturlar tuzishga qaratilgan katta xajmdagi islohotlar amalga
oshirilishini kutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: