Takrorlash uchun savollar
1.Yaponiya iqtisodiyotining jahondagi yetakchiligi nimalarda o`z ifodasini
topadi?
2.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”ning mazmuni nimada?
3.Yaponiyaning yangi texnologiya, avtomatikada jahondagi yetakchiligini
aytib bering.
4.Yaponiya tadbirkorligida milliylikning mazmuni nimadan iborat?
5.Yaponcha menejment deganda nimani tushunasiz?
6.Yaponiya militarizmini Ikkinchi Jahon urushidan keyin demokratik
kapitalizm bilan almashuvining bozor iqtisodiyoti rivojidagi ahamiyati nimalardan
iborat?
7.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”da ilmiy-texnik taraqqiyotning o`rni qanday
bo`lgan?
8. Yaponiyaga jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozining ta’sir doirasi qay
darajada bo`ldi?
9. Yaponiyaning jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qarshi qo`llayotgan
choralari xaqida nimalarni bilasiz?
10. Yaponiyada iqtisodiyotda raqobat va monopoliyalarni tutgan o`rni xaqida
tushuntiring.
248
10-BOB. JANUBIY-SHARQIY OSIYODAGI YANGI INDUSTRIAL
MAMLAKATLARDA BAZAR TAJRIBASI
10.1. Osiyo “Ajdaholari” va “Yo`lbarslari”
XX – asrning ikkinchi yarmida Sharqiy-Janubiy Osiyoda tez rivojlangan va
industrial mamlakatlar paydo bo`lib, o`z iqtisodiy salohiyati bo`yicha rivojlangan
mamlakatlar qatoriga qo`shilgan va yaqinlashayotgan mamlakatlar yuzaga keldi.
Bulardagi yirik muvaffaqiyatlarni bozor munosabatlariga o`tish va uning
mexanizmlaridan keng va chuqur foydalanish tufayli yuz berib, davlat iqtisodiy
siyosatlarining oqilona amalga oshilirishining natijasi, deb tushuntirish mumkin.
Osiyo “Ajdaholari” qatoriga Janubiy Koreya, Singapur,, Tayvan va Gonkong
davlatlari kiradi. Janubiy Korea, Tayvan va Gonkong Sharqiy Osiyoda joylashgan
bo`lsa, Singapur Sharqiy-Janubiy Osiyodadir. Bularda iqtisodiy taraqqiyot darajasi
yuqori bo`lib, rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi va o`z iqtisodiy salohiyati bilan
shu mazmunga to`la muvofiq keladi.
Osiyo “Yo`lbarslariga” Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlari
kirib, bular asosan Sharqiy-Janubiy Osiyoda joylashgan, iqtisodiy darajasi bo`yicha
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`shilishga yaqinlashib qolgandir.
Bu mamlakatlar Iikkinchi jahon urushidan keyin ham qoloq agrar
mamlakatlar hisoblanib, boyligi asosan sholi yetishtirish va biroz qazilma
boyliklariga ega, mahsulot ishlab chiqarish esa past darajada va qoloq xoldagi qishloq
xo`jaligiga ega bo`lib, agrar mamlakatlardan iborat edi.
Lekin juda qisqa vaqt ichida qoloqlikdan chiqib, qashshoqlikning oldi olinib,
iqtisodiy ravnaq yo`nalishini qo`llay oldilar. Bunda davlat barcha imkoniyatlarni to`la
hisobga olgan xolda iqtisodiy ochiqlik, erkin taraqqiyot siyosatini qo`llagan xolda
oqilona ish yuritib bozor munosabatlariga o`tishni tezlashtirgan tarzda taraqqiyot sari
intila boshladilar. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini keng va maksimal ravishda
foydalanilib, ularning yordamlarini ishga solgan xolda, iqtisodiyot harakatini
erkinlashtirdilar.
Hozirga kelib bu mamlakatlar tez rivojlanuvchi va xatto AQSH, Yaponiya va
G`arbiy yevropa mamlakatlarigacha mahsulotlar yetkazib beruvchi hamda yuqori
249
sifatli va xalqaro standartlarga to`g`ri keluvchi tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlar
qatoriga qo`shilgandir. Bunda ilg`or texnologiyaning keng qo`llanishi, ishlab
chiqarishning ekologikligi darajasida bo`lishligi rivojlanish darajasiga yanada aniqlik
kiritadi.
Birinchi to`rtlik, ya’ni “”Ajdaholar” shu bilan birga, aytganimizdek,
rivojlangan mamlakatlardan hisoblanib, jahonda eng yirik moliya markazlaridan va
jahon eksporterlaridandir. Osmon o`par binolar, zamonaviy aeroportlar, sun’iy
yo`ldoshlar kabilar bularning muvaffaqiyatlaridan dalolat beradi. “Yo`lbarslar” ham
qolishmaslikka, oldinga intilishmoqda. Dunyoda eng baland, osmon o`par binolar
Tayvan va Malayziyadadir.
Albatta haqqoniy savol tug`iladi, qanday qilib bu mamlakatlar shunday
darajaga erisha olishdi, buning asosiy xususiyatlari nimada? Albatta ilohiy kuchda
emas, balki asosiy kuch, sabablar yer usti voqe’ligida, odamlar harakatida.
Hozirgacha dunyoda qoloq mamlakatlar oz emas, ochlik, qashshoqlik muammolari
ko`pchilikni o`ylatadi va qoloq mamlakatlar ham shular qatoriga qo`shilishni istaydi.
Demak, bu va bunga o`xshagan oldin yoki keyin rivojlanish yo`liga o`tgan
mamlakatlar tajribasini o`rganish va ular erishgan darajaga yetish uchun yo`l axtarish
juda muhim, olamshumul vazifalardandir.
Albatta har bir mamlakatda bozor munosabatlariga va bu asosda iqtisodiy
taraqqiyotga erishish o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Avvalo bu Sharqiy Osiyo
mamlakatlari madaniyati bilan bog`liqdir. Milliy madaniyat, urf-odat albatta o`z
ta’sirini ko`rsatadi, mentalitetning o`rni katta. Bularning ichida insonlarning bir-
biriga hurmati, o`z davlatiga munosabat, davlatga itoatkorlik, uning ko`rsatkichlarini
gap so`zsiz bajarish, milliy birlik va g`urur kabilarni sanab o`tish mumkin. Bunda
yana oilaviy munosabatlar, katta yoshdagilar hurmati, ota-ona va bolalar o`rtasidagi
munosabatlar, ishonchlikka o`xshagan xususiy mentalitetning o`rni bor. Bir-birini
qo`llash, jamoatchilik xususiyatlari, mehnatsevarlik, boshliqning, kattaning obro`-
e’tiborliligi, oilaviy va qarindosh-urug`chilikka bog`liqlik, oilavyiy va urug`chilik
asosidagi rejalarning mavjudligi kabilar ham bu sohada kam ahamiyat kasb etmaydi.
250
Milliy birlikda va mamlakatni ma’lum maqsadga qarata bilishda bu milliy
xususiyatlardan foydalana bilish albatta g`alabaga erishuvda qo`l keladi.
Bundan tashqari bu mamlakatlarda aholi bilim darajasi juda yuqoridir. Bilim
standarti bo`yicha olinsa, jahonda eng yuqori o`ringa ega bo`lgan mamlakatlar
Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiyava Gonkongdir. Ma’lumki, inson resursi hozirgi
davr taraqqiyotida xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu eng muhim va qudratli “inson
kapitalidir”.
Hayotdagi topshiriq berish va ijrochilik ruhi kuchliligi, oilaviy qo`llash,
himoyani sezish kabi xususiyatlar Sharq xalqlarida, ayniqsa bu Sharqiy yangi
industrial mamlakatlar xalqlarida kuchlidir.
Qo`shni Yaponiya tajribasi, uning yaponcha, “”iqtisodiy mo`jiza” ta’siri ham
o`z kuchiga ega bo`lgan va ma’lum darajada turtki vazifasini o`tagan hamda
to`g`ridan-to`g`ri o`rganish nuqtasi vazifasini bajargan. Ko`p tomondan bevosita
Yaponiya yordamidan foydalanilgan.
Industriallashtirishning boshlang`ich davrida qoloq to`qimachilik sanoati
negiz bo`lib hisoblangan. Bu o`tgan asr 50 – yillarga to`g`ri kelib, deyarli past
bahodagi tovarlar o`z tashqi ko`rinishi bilan o`ziga tortadigan bo`lishligi, keng
assortimenti bilan jahon bozorida o`ziga yarasha joy topa bilgan. Shu yo`l bilan eng
boshlang`ich miqdorda valyutaga ega bo`lishlikka muyassar bo`lgan. Eksportdan
tushgan sarmoya avvalo mavjud qoloq korxonalarning asbob-uskunalarini yangilash,
imkon darajada yangi texnika kiritish maqsadlarida foydalanilgan. Bunda albatta
Yaponiya tajribasi qo`l kelgan.
Industrlashtirishda davlatning roli juda katta bo`lgan va barcha jarayonlar
davlat ishtiroki, qovushtirish faoliyati tufayli amalga oshgan. Investitsiya uchun keng
sharoit yaratilib, chet kapitalining kiritilishi uchun rag`batlantirish usullari samarali
ravishda qo`llanilib borilgan. Bunda albatta arzon ish kuchining serobligi juda qo`l
kelib, chet kapitali foydasini yuqori darajada bo`lishini ta’minlagan.
Asta-sekin importning o`rnini bosuvchi tarmoqlarni yaratishga e’tibor
kuchayib, yangi-yangi sanoat tarmoqlari yuzaga kela boshlaydi. Bunda hukumatning
oqilona ish tutish, ustuvor tarmoqlarni tanlay bilish, jahon bozori kon’yukturasini
251
tezda seza bilib ish tutish albatta hukumat harakatiga bog`liqdir. Albatta o`rinli
darajada proteksionizm siyosatini qo`llay
bilish, bunda
mahalliy ishlab
chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga qarata bilish, hamda bundagi bog`liqlikni
ta’minlash juda o`rinlidir.
Umuman davlat sanoat siyosatining mavjudligi va buni o`z vaqtida tezlik
bilan amalga oshira olish talab etilgan. Yangi tarmoq va korxonalarning davlat
tomonidan qo`llab-quvvatlanishi, moliyalashtrishni ta’minlash va bunda zaruriyat
talabiga ko`ra o`zgaruvchanlikning bo`lishi muhim rol o`ynagan.
Sanoat tashkiliy tuzumini shakllantira borish ahamiyatli bo`lib, bu jahon
bozori talabi asosida olib borilgan va bunda mavjud imkoniyatlardan yuqori samarali
foydalanish talab etilgan. O`tgan asr 50 – yillarida to`qimachilik va shishasozlik
tarmoqlari rivojlantirilgan bo`lsa, 60 – yillarda
ц
ement, mineral o`g`itlar, neftni qayta
ishlash, po`lat quyish, sintetika sanoat tarmoqlari rivojlantirilgan. 70 – yillarga kelib,
kemasozlik, investision tovarlar, uzoq muddat foydalaniladigan jixoz, avtomobil
kabilar ishlab chiqarishga ahamiyat kuchayadi. 80 – yillarga kelib esa elektronika,
telekommunikatsiya, axborot texnika tarmoqlari paydo bo`la boshladi. 90 – yillarda
asosiy e’tibor yangi materiallar va texnologiya, aerokosmik texnikaga qaratiladi.
Ko`rinib turibdiki, industrlashtirish oddiydan murakkabga tomon amalga
oshib, pravardida eng yuqori texnika va texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish
yaratiladi. Shu bilan bu ketma-ketlik va maxsus sharoitlar yaratilishi asosida
rivojlanish davom etadi va natijada yuqori cho`qqilarga chiqiladi hamda
murakkablashib boradi.
Boj haqi yuqori darajada bo`lib, iqtisodiy siyosatni qo`llashda katta qurol
bo`lib xizmat qilgan. Boshida maxalliy tovarlar asosan past narxli bo`lib, bozorga
yo`l ochishni yengillashtirgan. Kreditlar imtiyozli bo`lib, foizlar deyarli past bo`lgan.
Iqtisodiyotning muntazam rivojlanishini ta’minlash uchun zarur kapitalning
yetishmovchiligi muammosini xal qilish uchun e’tibor doimiy tusda bo`lgan. Shu
bilan birga hukumat iqtisodiy siyosatida iqtisodiyotdagi diktatura o`rniga
dekmokratik usullarni qo`llab borishga to`xtovsiz e’tibor qaratiladi.
252
Davlatning iqtisodiy siyosatida bevositalik asos bo`lmay, bilvositalik ustunlik
qilgan. Bunda asosiy urg`u iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishga qaratilgan.
Bu mamlakatlarda hozirgi davr taraqqiyot vazifasi ekstensivlikdan
intensivlikka o`tishdir. Bu ayniqsa rivojlangan hisoblanuvchi “Ajdaholar” deb
atalmish to`rtlik mamlakatlariga taalluqlidir. Bundagi yo`nalishlar albatta yangi
texnologiya, ilmiy sig`imli mahsulot yetishtirish, nomoddiy ishlab chiqarish
tarmoqlarining ustunlik bilan rivojlanishini ta’minlashdir. Ma’lumki, bu ishlab
chiqarishda tub o`zgarishlarni amalga oshirish va umuman yuqori darajaga
ko`tarishni talab etadi.
Yuqori malakali mehnat asosida ichki bozorning o`sib borishini ta’minlash
amalga oshiriladi. Aytaylik, Tayvanda kompyuter texnikasi ko`p negiz yaratish va
samolyot qismlarini tayyorlash uchun Janubiy Korea Respublikasida asos solish
kabilardir.
Industrlashtirishning yuqorilashuvi, ishlab chiqarishning yuqori darajada
bo`lishi iqtisodiy o`sishni tezlashtirish natijasida xizmat ko`rsatish sohasining
rivojlanishiga olib keladi va bu moddiy ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan
o`sib boradi. Bu mamlakatlarda oldin ham xizmat ko`rsatish past darajada bo`lmagan.
Endi esa buning zamonaviy tarmoqlarini yuzaga keltirgan xolda yuqori texnika
aosida yangi xil xizmatlar hisobiga tezlik bilan o`sish yuzaga keladi. Ayniqsa axborot
texnologiyasi, turizm va moliyaviy xizmat ko`rstaish tarmoqlari keng quloch yoza
boshlaydi.
Bu Osiyo mamlakatlari uchun ITIKI (ilmiy-tadqiqot va ilmiy-konstruktorlik
ishlari)ning takomillashuvida katta rol o`ynaydi. Ayniqsa 80 – yillardan boshlab
bunga katta ahamiyat berila boshladi. Qisqa muddat ichida ilmiy-tadqiqot institutlari,
oliy o`quv yurtlari, amaliy muammolar bo`yicha laboratoriyalarning keng tarmog`i
yaratilgan edi. Bunda ITIKIning milliy loyixalari amalga oshirilib, bular asosan
yarim o`tkazgichlar, AESlarga jixozlar tayyorlash (atomelektrostansiyalari),
kompyuterlar, ishlab chiqarishga qaratilgan loyixalar edi. Ilmiy-texnik siyosatning
asosiy
yo`nalishi
miqroiqtisod,
sof
kimyo,
axborot,
ishlab
chiqarishni
253
avtomatlashtirishlardan iborat edi. ITIKI rivoji uchun qaratilgan xarajatlar yildan-
yilga ko`payib, YAIMdagi ularning hissasi xatto AQSHdan ham yuqori bo`ladi.
Bu mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining muhim tarkibiy
qismi hisoblangani radikal agrar islohatlardir. An’anaviy yer munosabatlarining
o`zgarishi irrigatsiya ishlarini keng xajmda olib borish, bu bilan unumdorlikni
ko`tarish, qishloq xo`jaligi infratuzilmasini yaxshilash, agrokompleksning qismlarini
yaxshilash ishlarini olib borish imkonini beradi. Bular esa o`zidan-o`zi iqtisodiy
o`sish omillariga aylanishi, shuningdek ichki jamg`arilishlarning qo`shimcha
manbaiga aylanishi va sanoatning ham o`sish manbaiga aylanishini belgilaydi.
Industrlashtirish uchun qishloq xo`jaligi hisobidan sarmoyalarning jamg`arilishida
1949-1952 yillardagi Janubiy Korea Respublikasida o`tkazilgan islohatlar, 1949-1953
yillarda Tayvanda o`tkazilgan agrar islohatlar bilan rag`batlantirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |