10.4.Tayvan va Gonkong bozor rivoji tajribasi
Tayvan va Gonkong asli Xitoy yerlari. Tayvan Xitoy Xalq Respublikasi
(XXR) yuzaga kelishi bilan Chankayshi boshliq oldingi Xitoy hukumati bu orolga
joylashib, mustaqil davlatga aylangan. Gonkong esa Buyuk Britaniya mustamlakasi
sifatida ajralib qolgan va hozir esa XXR yerida, biroq ma’lum vaqtgacha
avtonomiyalik saqlanib qolgan, asta sekin to`la qo`shilishi ko`zda tutilgan.
Tayvan va Gonkong haqiqiy rivojlangan
bozor iqtisodiyotiga ega. Bularning, ayniqsa
Gonkongning
jahon
bilan
Xitoyni
iqtisodiy
bog`lashda o`rni katta va katta xajmdagi Xitoy
G
о
ngk
о
ng
Та
shqi q
а
rz (yalpi ichki
m
ах
sul
о
tg
а
nisb
а
t
а
n, %): 224,7%
Yalpi t
а
shqi q
а
rz miqd
о
ri: 678,29
mlrd. $
Yalpi ichki m
ах
sul
о
t (2009):
301,8 mlrd. $
К
ishi b
о
shig
а
to`g`ri k
е
luvchi
t
а
shqi q
а
rz miqd
о
ri: 96 142 $
258
tovarlari shular orqali jahon bozorlariga chiqadi. Bular yirik moliya markaziga
aylangan. Tashqi iqtisodiy aloqalarda bularninng o`rni katta.
Gonkong iqtisodiyotining ochiqlik darajasi juda yuqori va jahon uchun har
tomonlama ochiq Xitoy xududi hisoblanadi. Chunki iqtisodiy faoliyat uchun dunyo
mamlakatlariga to`siqlik yo`q va iqtisodiy harakatlar chegaralanmaydi, keng xajmda
turli tarzdagi moliyaviy, savdo, investitsiyalarga to`la yo`l ochiq va erkinlik mavjud.
Xitoy Xalq Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalari uchun amaliy pog`ona
bo`lib, katta xajmdagi iqtisodiy harakatlar Gonkong orqali amalga oshiriladi hamda
yirik vositachilik vazifalarini bajaradi. XXR eksport va importlarida o`rni katta.
YAIM asosan xizmat ko`rsatishdan iborat bo`lib, 81 foizni tashkil etsa, sanoat va
qishloq xo`jaligi 19 foizdangina iborat. Orol bo`lganligi tufayli dengiz portlari rivoji
uchun imkoniyat katta. Xalqaro darajadagi aeroportlarga ega. Tayvan juda tez
rivojlanib, yirik iqtisodiy muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi va asosiy iqtisodiy
ko`rsatkichlar bo`yicha rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olgan.
Gonkong aholisi 7 mln. kishidan iborat, umr ko`rishi o`rtacha 80 yosh (bu
Shve
ц
ariya bilan teng), YAIM 174 mln. dollar, YAIM jon boshiga 25,6 ming
dollarga to`g`ri keladi. Tayvan ham juda tez rivojlanib, yirik iqtisodiy
muvaffaqiyatlarni egalladi. YAIM 90 mlrd. doll., aholi jon boshiga 15,0 ming dollar
to`g`ri keladi. Juda yirik eksportyor mamlakatlardan hisoblanib dunyoda birinchi
o`nliklar qatoridan o`rin egallaydi. Valyuta zaxirasi bo`yicha dunyoda Xitoy va
Yaponiyadan keyingi uchinchi o`rinda turadi. Eksportning 90 foizi sanoat mollariga
to`g`ri keladi, YAIM tarkibini olsak, qishloq xo`jalik mahsulotlari faqat 3,5 foiz
bo`lsa, sanoat mahsulotlari 40 foizni tashkil etadi.
Tayvan sanoati eksportga mo`ljallangan bo`lib, asosan to`qimachilik, kiyim-
kechak, elektronika, kimyo buyumlari ishlab chiqariladi. Iqtisodiyotda davlat sektori
ancha ta’sirli hisoblanib, sanoatni 1/6 qismini tashkil etadi, tovar aylanishning esa 50
foizini tashkil etadi.
Tayvan bozor iqtisodiyoti rivojlanishda ochiqlik siyosati ijobiy o`rinni
egallab, jarayonni tezlashtirgan. Ayniqsa, bunda AQSHning roli kattadir. Bu albatta
AQSHning XXRga qarshi siyosati bilan bog`langan bo`lib, Tayvanning kuchli
259
bo`lishida manfaatdor bo`lgan. Shuning uchun Tayvan rivojlanishi uchun AQSH har
tomonlama qo`llab-quvvatlab, barcha chora-tadbirlarni ayamagan va tez vaqt ichida
XXRga qarshi rivojlangan mamlakatga aylanishga erishgan. Tayvan o`z taraqqiyoti
yillari avvalo iqtisodiy tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshirib, bunda murakkab
texnologiyali tarmoqlarga asosiy ahamiyat qaratilgan. Bu esa birinchi navbatda ish
kuchining yuqori malakali bo`lishini talab etgan. Yangi tarmoqlar ichida ilm sig`imli
va katta kapital xarajatlari talab etadiganlari tezroq rivojlangan.
Eksportga qaratilgan tarmoqlarga diqqat-e’tibor kuchliligi natijasida Tayvan
Osiyoda birinchi bo`lib kapitalni netto-eksportyori darajasiga erishgan. Ayniqsa
“inson kapitali” aloxida o`rin egallaydi. Bu esa Tayvanda ta’lim siyosatiga katta ta’sir
ko`rsatadi. Ta’lim, fan, madaniyat rivoji uchun davlat xarajatlarining 15-20 foizi
sarflanadi. Bu esa YAIMning 3-5 foizini tashkil etadi. Aholini boshlang`ich va o`rta
ta’limga tortilishi bo`yicha Tayvan rivojlangan mamlakatlardan qolishmaydi. Oliy
ta’lim darajasi bo`yicha liderlar qatoridadir.
Import o`rnini bosish yo`nalishi iqtisodiy taraqqiyotda qolgan yangi industrial
mamlakatlari qatori sinov bosqichi bo`lgan. Buning sababi xususiy sektorga yordam
berish deb ataladi. Chunki tashqi firmalar raqobatiga qarshi tura olish zarurati tug`ilar
edi. Bundan tashqari to`lov balanslaridagi yetishmovchilikning oldini olish talab
etilar edi. Chunki xomashyoga narxning pasayishi, import qilinadigan tayyor
buyumlarga narxning ko`tarilishi kabilar doimo shunday xolatlarga olib keladi.
Avvalo bunday vaziyat oziq-ovqat, poyabzal, to`qimachilik kabi tarmoqlarda
yuz bersa, so`ngra industriallashtirish kengayishi bilan ishlab chiqarishga atalgan
tovarlar bilan bog`liq bo`lib boradi.
Valyuta kursini o`zgartirib turish ham keng qo`llanilib boriladi, xatto
provardida bu milliy valyutaning devalvatsiya qilinishigacha olib keladi. Valyuta
kursining tez-tez o`zgarib turishi va ularning turli xilligi chayqovchilikning avj olishi
va chet iqtisodiy aloqalar ishtirokchilariga muammolar tug`diradi. Tayvanda o`z
vaqtida hatto turli tovarlar uchun turli xil valyuta kurslari bo`lib, pullarning
almashtirilishida turli kurslar bilan amalga oshirilgan. Aytaylik, davlat sektori import
qiladigan tovarlarni olish uchun sarf etiladigan valyuta maxsus joriy past darajali
260
valyuta kursi bo`yicha amalga oshirilar edi. Shuningdek jixozlar, muhim xomashyo
materiallari va o`rtalik buyumlari ham shu tarzda yuz bergan. Boshqa tovarlar uchun
esa ancha yuqori kurs bo`yicha amalga oshirilgan. Bunda importga qo`shimcha soliq
qo`yish qo`llanilgan. Ko`rinib turibdiki, import o`rnini bosish siyosati valyuta
nazorati asosida emas, balki yuqori samarali bo`lgan tashqi savdo harakatlarini
tartiblashtirish, birinchi navbatda importni litsenziyalash, kvotalash va boj
proteksionizmini qo`llash orqali amalga oshirilgan.
Bu siyosatda shuningdek, xomashyolar va pul resurslarini taqsimlash tizimlari
ham qo`llanilgan. Masalan, Tayvan to`qimachilik ishlab chiqarish Kengashi
to`qimachilik sanoatini zarur xomashyo va boshqa resurslar bilan ta’minlash yo`li
bilan qo`llab turilgan. Bu ayniqsa AQSH yordamidagi kanallardan foydalanishga
taalluqli edi.
Rivojlanish strategiyasini o`zgartirish eksport mo`ljalini kuchaytirish bilan
to`g`ri keladi. Bunda boshqa shunga o`xshash mamlakatlar kabi ko`p mehnat sig`imli
tarmoqlardan kapital xajmli va ilm sig`imli tarmoqlarga o`tish ham turtki bo`lgan.
Aniqrog`i neft mahsulotlari narxlari ko`tarilishi tufayli ishlov berish sanoati
tarmoqlarini rivojlantirish va bu bilan bog`liq bo`lgan jihozlarga talab o`sishi ro`y
beradi. Ilm sig`imli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishini ko`paytirish
ITIKI xarajatlarining o`sishi tufayli bu bilan bog`liq tashkilot, muassasalarning
rivojiga olib keladi.
Tayvanda agrar islohatlar ham o`z xususiyatiga ega. Bu asosan 1949-1953
yillardagi o`zgarishlardan iborat. Industriallashtirishning boshlang`ich yillarida
sanoatga qishloq xo`jaligidan resurslarning tashlanishi davlatning agrar mahsulotlarni
eksport qilish asosiy hisoblangan. “Yashirin guruch solig`i”, fermerlarning pul
jamg`armalarini kredit-moliya tizimi sanoatga qaratish orqali amalga oshirilgan. Shu
bilan birga yirik xususiy va davlat yer egaligidan ancha mahsuldor bo`lgan mayda
oilaviy yer egaligi tizimiga o`tila boshladi. Bunda yirik yer egalariga to`lov miqdori
2,5 yillik xosil qiymatidan oshmagan. Shu bilan birga to`lovning 70 foizi guruch
bilan va 30 foizi davlat sanoat korxonalarining aksiyalari bilan qoplangan.
261
Amalga oshirilgan agrar islohatlar ko`p masalalarni xal qilishga qaratilgan.
Bularning ichida davlat byudjetini to`ldirish, yer egaligining mahsuldor shaklini
tadbiq qilish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilishini maydalash, qishloq xo`jaligini
diversifikatsiyalash, monoekinchilikning oldini olish, agrar ishsizlikning bir muncha
yumshatish kabilar mavjud.
Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi eng og`ir muammolardan biri
dasturlarni resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir. Albatta tuzumiy o`zgarishlar va
modernizatsiyani amalga oshirish davrida moliyalashtirish faqat ichki manbaalar
bilan chegaralanmagan. Chet kapitalni iqtisodiy taraqqiyotga jalb etish zarur shart
bo`lgan. Ichki jamg`armaning qanchalik katta bo`lishiga qaramay, ayniqsa 70-80
yillari yangi tarmoqlarga chet investitsiyasi jalb etilib, bu hozirgacha davom etadi.
Yangi investitsiya nomini olgan moliyalashtirish kengaya boradi. Bu aralash
tadbirkorlik, moliyalashtirishning turli xillarini qo`llash, texnologiyalarni o`tkazish
xizmatlari, boshqaruv va maslahat xizmatlari, qurilish va jixozlarni o`rnatish bilan
bog`liq texnik xizmatlarni tashkil etish kabilardan iborat. Chet banklar kreditlaridan
foydalaniladi.
80 – yillarnng ikkinchi yarmiga kelib Tayvan dunyodagi eng boy
mamlakatlardan biri hisoblana boshladi. Hozirgi vaqtda uning oltin-pul zahirasi 100
mlrd. dollardan ko`p hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida davlatning o`rni va sektori davr talabiga qarab
o`zgarib turgan. Industriallashtirishning dastlabki yillari Tayvanda davlat sektori
sanoatda 57 foizni tashkil etib, 50 – yillardan boshlab xususiy sektorga berila
boshlaydi. Aytaylik,
ц
ement, ko`mir qazish, qog`oz ishlab chiqarish korxonalari,
o`rmon sanoati korxonalari qa qishloq xo`jalik korporatsiyalari shular jumlasidandir.
Xususiy tadbirkorlarda kapital yetishmovchiligi va xususiylashtiriladigan korxonalar
daromadi pastligi sababli davlat bularga xaridorlar topishda qiyinchiliklarga duch
kelar edi. Davlat ihtiyorida temir yo`l, kemasozlik, temi rva po`lat ishlab chiqarish,
kommunal sohalar saqlanib qoladi. Keyingi 20 yil ichida xususiy sektor juda tezlik
bilan o`sib, davlat sektori 20 foizga tushib qoldi. So`ngra yangi po`lat quyish zavodi,
eng yirik dengiz porti qurilishi bilan davlat mulki yana biroz o`sdi.
262
Tayvan orolidagi kichik biznesning rivojlanishi boshqa bunga o`xshash
mamlakatlar uchun namuna bo`lishi mumkin. Tayvanning mayda va o`rta
korxonalarga bo`lgan maxsus sharoitlariga hunar korxonalari va ishlov beruvchi
hamda mahsulotni qayta ishlash korxonalarini qo`shish mumkin. Bundagi o`z xususiy
kapitali 40 mln. va qo`shma aktiv 120 mln. tayvan dollaridan oshmasligi va tog`
qazilma sanoatida 40 mln. tayvan dollaridan kam o`z kapitaliga egalik, shuningdek,
eksport-import, transport hamda boshqa tijorat firmalarida yillik aylanish 40 mln.
tayvan dollari xajmida bo`lgan xususiy korxonalar mavjud. Mayda biznes va bularni
qo`llash uchun tuzilgan davlat organlari o`rtasidagi barcha munosabatlar ihtiyoriy
ravishda amalga oshadi.
Mayda biznes rivojini rag`batlantirishga qaratilgan Tayvan davlat faol siyosati
60 – yillarning o`rasidan boshlanadi. Bu bundan keyingi yillarda eksportni
kuchaytirish bilan bog`liq xolda olib borilgan. 60-90 yillar ichida kichik va o`rta
korxonalar soni xatto 98 foizgacha o`sgan va YAIM xajmining 99 foizigacha yetgan.
Tayvan sanoat mahsulotlari eksportining 60 foizi kichik va o`rta korxonalarga to`g`ri
kelib, o`z tushumlarining 70 foizigachasining hisobida bo`lgan.
Eksportga mo`ljallangan Tayvan mayda va o`rta korxonalarining yuqori
rentabelligining siri chaqqonlik bilan bozor siyosatini qo`llay bilishi, o`zgaruvchan
bozor kon’yunkturasiga tez moslasha olishi, xalqaro savdo kompaniyalari va chet
importchilar bilan birga ish tutishlari kabilardadir.
Mayda va o`rta korxonalarning tashkiliy tuzumi juda oddiy bo`lib, xodimlar
soni faqat boshliq va hisobchidan iborat bo`ladi. Maxsus organlar, murakkab
boshqaruv tuzilmalari bo`lmaydi. Menejerlikda qisqa muataxassislikka emas, balki
universalizmga asoslanadi. Mayda va o`rta korxonalardagi ijtimoiy himoyalash katta
biznesdan farqlanmaydi va ish beruvchi bilan yollanuvchilar o`rtasidagi munosabatlar
qonuniylik asosida olib boriladi.
Yuzaga keladigan kichik biznesdagi qiyinchiliklarni xal qilish bilan maxsus
tuzilgan mayda va o`rta biznes boshqarmasi shug`ullanadi. Bunda tez-tez maslahatlar
berish, maslahatchilarni taklif etish, seminarlar o`tkazish, tajribalar almashish kabilar
ham qo`llaniladi. Ayniqsa, yosh ish boshlovchi tadbirkorlarga yordam qilishi
263
diqqatga sazovordir. Bular uchun aloxida yoshlar komissiyasi tuzilgan. Keng
miqyosda bularga moliyaviy yordam uyushtirilgan. Bunga qaratilgan maxsus kichik
biznes banki ta’sis etilgan. Xattoki mayda va o`rta biznesning kredit – kafolat fondi
tashkil etilgan.
Bundagi xususiyat yana shundan iboratki, ko`pchilik mayda biznesda
oilaviylik hukmronlik qilib, bunday korxona boshida oila boshlig`i turadi va
qarindoshchilik munosabatlari kuchga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |