Avtotransport tarmog‘i korxonalarining turlari va vazifalari
Reja:
1.Avtotransport tarmog‘i korxonalarining tasnifi
2.Avtoekspluatatsion korxonalar
3. Xizmat kо‘rsatish korxonalari
4. Avtota’mirlash korxonalari
5. Yordamchi korxonalar
Avtotransport tarmog‘i korxonalarining tasnifi
Avtomobillarning ishlash sharoitida yuqori texnik tayyorligi ishlab chiqarish texnika negizi tomonidan ta’minlanadi.
Avtomobillar texnik tayyorligini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan korxonalar majmuiga avtotransport tarmog‘i korxonalari (ATTK) deyiladi. Avtotransport tarmog‘i korxonalari ish bajarish funksiyalariga kО‘ra quyidagi 4 guruhga bО‘linadi:
-Avtoekspluatatsion
-Xizmat kО‘rsatish
-Avtota’mirlash
-Yordamchi
1. Avtoekspluatatsion korxonalar avtomobillarning ekspluatatsiya qilinishini ta’minlaydi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) yuk yoki yО‘lovchi tashish;
b) Avtomobillarni saqlash;
v) TX va T xizmati kО‘rsatish;
g) Yonilg‘i - moy mahsulotlari va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash.
Agar yuqoridagi 4 ta funksiya tО‘liq bajarilsa, kompleks korxona deb ataladi, agar bironta funksiya yoki uning bir qismi bajarilmasa u nokompleks korxona hisoblanadi va kooperatsiyalashgan korxona deb ataladi.
Avtomobillar soniga qarab avtoekspluatatsion korxonalar quyidagilarga bО‘linadi:
avtotransport korxonalari (tarkibida 100-500 avtomobili bО‘ladi);
avtokombinatlar (tarkibida 800-1500 avtomobili bО‘ladi);
ishlab chiqarish avtotransport birlashmalari (shahar va viloyatlarda 600 dan 3000 gacha avtomobili bО‘ladi).
Avtokombinatlar bosh korxona (kompleks) va shО‘balardan (nokompleks) tashkil topadi. SHО‘balarda TX-2 va katta О‘lchamdagi JT ishlari О‘tkazilmaydi, ular bosh korxonada bajariladi.
Korxonalar, О‘z navbatida, avtomobil turiga qarab quyidagilarga bО‘linadi:
Yuk; 2. Avtobus; 3. Yengil avtomobil; 4. Aralash; 5. Maxsus.
Mulkiy taqsimlanishiga kО‘ra korxonalarning quyidagi turlari bor:
1. Davlat; 2. Xissadorlik; 3. Xususiy.
Avtotransport tarmog‘i korxonalari ichida ishlab chiqarish texnika negiziga sarflangan moddiy mablag‘lar salmog‘i bО‘yicha (70-85 %) avtoekspluatatsion korxonalar birinchi О‘rinda turadi.
II. Xizmat kО‘rsatish korxonalari quyidagilarga bО‘linadi:
1. Avtomobillarga xizmat kО‘rsatish korxonalari (texnik xizmat kО‘rsatish stansiyalari, markazlashgan texnik xizmat kО‘rsatish va ta’mirlash bazalari, servis xizmati kО‘rsatish markazlari, yoqilg‘i quyish shaxobchalari, tashxislash markazlari, saqlash joylari).
2. YО‘lovchilarga xizmat kО‘rsatish korxonalari (avtovokzal, avtostansiya, dispetcherlik punktlari).
3. Yuklarga xizmat kО‘rsatish korxonalari (transekspeditsiya korxonalari, yuk stansiyalari, mexanizatsiyalash bazalari).
4. Aholiga xizmat kО‘rsatish korxonalari (transport ekspeditsiya korxonalari, prokat punktlari).
5. Sayyohlarga xizmat kО‘rsatish korxonalari (motellar, kempinglar).
Xizmat kО‘rsatish korxonalari ichida eng kО‘p tarqalgani avtomobillarga texnik xizmat kО‘rsatish stansiyalari bО‘lib, ulardagi ishchi postlari soni bittadan (xususiy tadbirkorlar) 50 tagacha (toshkent shahridagi "VAZ" avtomobil Markazi, "Avtotexxizmat" bosh korxonasi va boshqalar) boradi.
III. Avtota’mirlash korxonalari (avtota’mirlash zavodlari, avtota’mirlash ustaxonalari, agregatlarni ta’mirlash zavodlari).
IU. Yordamchi korxonalar (markaziy dispetcherlik, hisoblash-ma’lumot markazi, loyiha-texnologiya byurosi, moddiy ta’minot bazalari, О‘quv markazlari).
Adabiyotlar
1.G.M.Hapolskiy "Texnologicheskoye proyektirovaniye ATP i STO", Uchebnik dlya vuzov. - M., Transport, 1993.
2.L.L.Afanasyev i dr. Garaji i stansii texnicheskogo obslujivaniya avtomobiley. M., Transport, 1980.
3."О‘zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakatdagi tarkibining texnik xizmat va ta’miri hakidagi Nizom" - Toshkent, korporatsiya "Uzavtotrans". 1999.
4.Rukavodstvo po remontu i obslujevaniyu avtomobiley NEKSIYA, Interkarta, 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |