246
ijobiy tomonlari ko`p bo`lgan. Oilaviy bir-birini qo`llash, ishonch kabilar mavjud
bo`lib, kompaniya, firmalar xatto oilaviy-klanlik asosida tashkil topishi kabilardir.
Birgalikda
ish tutish, har bir harakatning bir-biriga bog`liqligi, o`z vaqtida ijro
etishlik xususiyatlarining iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni albatta katta. Milliy
o`zgalikka qo`shni Xitoy va Koreyaning ta’siri katta bo`lgan. Ma’lumki, asriy
qo`shnilik diniy, urfiy umumiylik, iqtisodiy aloqalar albatta o`z izini qoldirgan. Shu
bilan birga bu mamlakatlarning Yaponiya asoratida bo`lishining ham ta’siri bo`lgan.
Iqtisodiy islohatlar juda qiyin axvolda amalga oshgan.
Chunki Yaponiya
iqtisodiyoti to`la harbiy izda bo`lib, barcha narsalar chegaralangan, qat’iylik
sharoitida bo`lgan. Markazlashgan rejalashtirish, barcha narsalar oldindan qat’iy
belgilangan xolatda edi. Xatto haq to`lash oldindan aniq ko`rsatilgan, baholar
o`zgarmaydigan qat’iy belgilangan tarzda edi. Ishlab chiqaruvchilar ham oldindan
bir-biriga majburiy bog`langan, mol beruvchi va mol oluvchilar
oldindan aniqlangan
hamda iqtisodiy aloqalarni qat’iy bajarish tartibi o`rnatilgan edi.
Yaponiya iqtisodiy taraqqiyotida va raqobatbardoshlilikni yuzaga keltirishda
ishlab chiqarish menejmenti va o`zgi xos rahbarlik uslubining yaratilishi muhim o`rin
egallaydi. 70 – yillargacha uzoq davom etgan arzon ish kuchi va yonilg`i – xomashyo
past baholi importga asoslangan raqobatbardoshlik mavjud edi. Dollarga nisbatan
iena pas kursda bo`lib, yapon mahsulotlari eksporti ham boshqa rivojlangan
mamlakatlarga nisbatan past edi. YOnilg`i – xomashyo narxining,
ayniqsa neftning
narxini baland bo`lib ketilishi, katta o`zgarishlarga olib keldi. Yaponiya sanoati
o`zida tezda o`zgarishlar yasab, kam resurs sig`imli tarmoqlarga o`tishni ta’minlay
oldi va resurs tejamli, mehnat tejamli texnologiyalarni ishlab chiqib, sanoatda qo`llay
boshladi.
Yaponiya taraqqiyotida,
uning iqtisodiy
“mo`jiza”sida
ilmiy-texnik
taraqqiyotning o`rni beqiyosdir. 90 – yillarga kelib Yaponiya
kapital xarajatlari
AQSH darajasiga yetdi. Agar buni aholi jon boshiga hisoblaganda AQSH darajasidan
ikki barobar yuqoridir. Aytish mumkinki, kapital xarajatlar bo`yicha Yaponiya
dunyoda liderlik qiladi. Amortizatsiya ajratmalari ham yuqori darajada bo`lishga
qaramasdan investitsiyaning asosiy qismi mashina, jixozlar va texnologiyaga sarf
247
etilib, raqobatdoshlikka qaratiladi. Yaponiya sanoatchilarining
diqqati doimo ilmiy-
texnik rivojiga qaratilgan. Bunda asosiy o`rinni ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik
ishlari investitsiyasi egallaydi (ITTKI). Buning asosiy maqsadi ilmiy g`oyalarni
ishlab chiqish va tadbiq etishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: