Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


Monopoliyaga qarshi qonunchilikning kon



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

Monopoliyaga qarshi qonunchilikning kon
ц
eptual asoslari 
20 asr iqtisodiyotni erkinlashuvi, bozorlarni ochilishi va tovarlar va xizmatlarni 
ishlab chiqarish va taqsimlashda ko`pchilik rivojlangan mamlakatlar davlat 
boshqaruviga emas, balki bozor kuchlariga suyana boshlaganiga guvoh bo`ldi. 
Raqobat siyosati iqtisodiy erkinlikni rag`batlantirish, ba’zida esa mustaqil xaridorlar 
va sotuvchilar o`rtasida raqobatni talab qilish yo`li bilan qo`llab-quvvatlaydi. Shu 
sababli barcha rivojlangan mamlakatlar o`zlarining raqobatga qarshi qonunlarini 
yanada kuchaytirdilar, shu vaqtni o`zida ba’zi mamlakatlar savdo-sotiqqa to`sqinlik 
qiluvchi, va keyinchalik boshqa xatti-harakatlar bilan qaytadan vujudga keltirilishi 
mumkin bo`lgan to`siqlarni barataraf etadigan yangi qonunlarni kiritdilar. 
Azaldan, raqobat siyosati avvalambor iqtisodiyoti rivojlangan, ichki raqobat tijoratda 
muhim omil hisoblangan mamlakatlardagi raqobat jarayonini himoya qilish uchun 
qo`llanib kelingan. Shundan kelib chiqqan holda, eng jiddiy raqobat siyosati AQSH
Germaniya va yeH kuzatiladi. 
Qonunning maqsadi 
«Raqobat siyosatining oliy maqsadi – resurslarni yanada samarali taqsimlashga 
erishish uchun samarali raqobat jarayonini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirishdir» 
GFR ”Raqobatni cheklashga qarshi qonun” hajmi katta va mazmunan teran 
bo`lgani bilan (ushbu qonun oltita bob va 131 moddadan iborat) mazkur qonunning 
maqsadini oydinlashtirmagan. Raqobatni cheklashni keltirib chiqaruvchi holatlarni 
ko`p sonli turlari va holatlari juda aniqlik bilan ta’riflanganligi sababli GFR sudlari 
va Federal kartel organi raqobat siyosati borasida barcha siyosiy va iqtisodiy 
maqsadlarni chetlab o`tgan holda ushbu qonunga so`zsiz itoat qiladilar. Lekin 
ma’lum bir holatda raqobatni cheklanishi iqtisodiyot uchun yoki jamiyat uchun foyda 
keltirishi isbotlab berilsa, u holda Iqtisodiyot Vazirligi ushbu bitim/kelishuvlarga 
istisno tariqasida ruxsat berishi mumkin va bu qonunda qayd qilingan. 
Shunga qaramasdan, qonunda kichik va o`rta biznes sub’ektlarini himoya 
qilishga alohida e’tibor qaratadi. Buning sababi nemislar kichik va o`rta biznes 
sub’ektlarini nemis iqtisodiyotining ishonchi poydevori, innovatsiyalar va bandlik 
uchun qulay deb hisoblaydilar. Shu sababli ushbu sub’ektlarga ma’lum darajalarda 


176
kartel bitimlarini tuzishga ruxsat berilgan, masalan, agarda ushbu bitimlar ularni yirik 
raqobatchilariga nisbatan egallagan pozitsiyalarini kuchaytirishga yordam bersa. 
Qonun shuningdek monopolistga nisbatan preferentsiyalarni qo`llash orqali ustun 
mavqeni suiiste’mol qilishni qat’iyyan taqiqlaydi. 
GFRning “Raqobatni cheklashga qarshi” qonuni Federal Iqtisodiyot 
Vazirligiga istisno holatlarda qonunning alohida normalaridan (8 modda) ozod qilishi 
mumkin. Intellektual mulk va patentlardan foydalanish huquqi ushbu huquqlar 
qanday taqdim qilingan bo`lsa shu holicha qonun ta’siridan ozod qilinadi (17 modda). 
Ba’zi bir monopoliyaga qarshi normalardan ozod qilingan va alohida tartibga 
solinadigan sohalarga: qishloq xo`jaligi, sug`urtalash, intellektual mulk sohasi, sport 
kiradi (Qonunning V moddasi). 
Telekommunikatsiyalar sohasidagi raqobat “telekommunikatsiyalar to`g`risida 
qonun”(1996 g.) va ushbu sohada maxsus vakolat berilgan organ tomonidan tartibga 
solinadi. 
Barcha turdagi mulk shakliga ega bo`lgan korxonalarga teng sharoitlarda 
yondashish Qonunning 130 moddasida qayd qilingan. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish