М иллий
иқтисодий
модел
“
ижтимоий
бозор
хўжалиги
”
деб
аталади
.
Бу
мавжуд
собиқ
тоталитар
иқтисодга
қарши
қаратилган
.
Бунинг
асосчиси
Л
.
Эрхард
ҳисобланади
.
Бундаги
энг
муҳим
томонлар
қуйидагилардан
иборат
:
бозор
иқтисодиёти
асоси
бўлган
хусусий
мулк
,
эркин
рақобат
,
эркин
баҳо
шаклланиши
ишлаб
чиқариш
ресурсларидан
оптимал
фойдаланиш
имконини
туғдириб
,
аҳоли
талабини
тўла
қондириш
шароитини
яратади
;
давлатнинг
фаол
роли
ва
фуқаронинг
эркин
иқтисодий
фаолиятини
таъминлаб
,
пул
муомаласини
ташкил
этиш
,
иқтисодий
инқирозларни
олдини
олиш
,
ижтимоий
одилликни
таъминлаш
,
иқтисодий
монополияга
йўл
қўймаслик
ва
рақобат
учун
тенг
шароитлар
яратишни
амалга
оширади
.
6.3.1.-
чизма
Германия
и тисодий
модели
6.3.1- chizma
Germaniya iqtis
о
diy modeli
Milliy iqtis
о
diy model “ijtimoiy bozor xo`jaligi”
deb
ataladi, Bu sobiq totalitar iqtisodga qarshi qaratilgan.
Buning asoschisi L.Erxard hisoblanadi. Bundagi eng
muhim tomonlar quyidagilardan iborat:
bozor iqtisodiyoti asosi bolgan hususiy mulk, erkin
baho shakllanishi ishlab chiraqarish resusrlaridan
optipal foydalanish imkonini tug`dirib, aholi talabini
to`la qondirish sharoitini yaratadi;
166
Bu siyosat o`zining yuqori samaradorligini ko`rsatib aholisi uchun juda
yoqimli edi. Shu bilan birga urushdan keyingi Germaniyaning iqtisodiy juda qiyin
axvoli xo`jalikning markaziy tartiblashtirilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini
davlat qo`liga topshirishni taqozo etar edi. Shu bilan birga g`olib mamlakatlarda
davlat tartiblashtirishi g`oyasini oldinga suruvchi Keyns ta’limoti ommaviy bo`lib,
har tomonlama qo`llanilar edi. Eng muhimi shuki, bu siyosatda iqtisodiy o`sish bilan
boylikni teng taqsimlashga urinish o`rtasida kelishuvchanlik xosil qilinar edi.
Erxardning fikricha “Bozor iqtisodiyoti faqat erkinlik sharoitida kuchga
kiradi. Bu iste’mol, kasb tanlash, ish joyini tanlash, tadbirkorlik faoliyatini tanlash,
xususiy mulkni tasarruf etishni tanlash, ayniqsa ishlab chiqarish vositalarini tanlash,
shartnomalar tuzish erkinligi kabilardan iborat. Siyosiy erkinlik kabi iqtisodiy
erkinlik ham juda zarur”, deydi.
Iqtisodiy jonlanish shaxsiy tashabbuskorlik va raqobatning xo`jalik hayotda
dalvat faolligi bilan bog`lashni taqozo etadi. Erxard kuchli davlat g`oyasini asos bilib,
davlatning konstitutsiyalashtiruv, tartiblashtiruv kuchlariga ega bo`lishi va jamiyatni
shakllantirishga layoqatligi g`oyasini oldinga suradi.
Erxard islohotlari ko`zlagan past narx-navo, past soliqlar, erkin baho, antitrest
va antikartel farmonlari, xususiylarga ko`rsatiladigan imtiyozlar, ichki bozorni tashqi
raqobatdan himoyalash kabilar mo`jiza kuchiga ega edi. Bular iqtisodiy tiklanishni
jonlantirib, ajoyib natijalarga olib kelgan edi. Aqlli ravishda ichki bozorni himoya eta
bilish va o`z muhitida erkin harakat qila olish yaxshi muvaffaqiyatlar bergan edi.
Islohat tadbirlari avvalo pul va bahodan boshlanib, mustaxkam valyutani
yaratishga qaratiladi. Yangi davlat markasi davlat puli sifatida kiritilib, juda
ehtiyotkorlik bilan eskisini almashtiradi va muomalaga kiritiladi. Bunda ish haqi va
nafaqalarga zarar keltirmay, himoya qilishga katta e’tibor beriladi. Emissiya banki
ta’sis etiladi va shu bilan birga uning xususiy banklar bilan bo`ladigan
munosabatlarini belgilovchi Nizomi tasdiqlanib, baho erkinligi kiritiladi. Resurslarni
ma’muriy tarzda taqsimlash bekor etilib, shu vaqtgacha iqtisodiy munosabatlarni
belgilovchi xujjatlar ham harakatdan to`xtatiladi. Kreditlar to`g`risida yangi normativ
davlatning faol roli va fuqoroning erkin iqtisodiy erkin
iqtisodiy faoliyatini taminlab, pul muomalasini tashkil
etish, iqtisodiy monopoliyaga yol qoymaslik va
raqobat uchun teng sharoitlar yaratishni amalga
oshiradi.
167
xujjatlar qabul qilinadi. Soliq siyosatlariga yangiliklar kiritiladi. Antimonopol va
antikartel normativ xujjatlar qabul qilinadi.
Iqtisodiy islohotdagi har bir tadbir juda aniqlik, o`rinli va maqsadli ravishda
bajarilishini ta’minlanishiga katta e’tibor qaratiladi. Masalan, reyxs markaning
kiritilishini olsak, barcha tomonlarni puxta o`ylab hisobga olgan xolda ish yuritiladi.
Bunda ayniqsa bozorda tovar – pul muomalasining normal xolda bo`lishiga ahamiyat
kuchli bo`ladi. Buning uchun yangi pulni almashtirish qattiq chegaralanib, oldin 40
marka, so`ngra esa 20 marka belgilanadi. Bozorda tovarlar mavjudligini ta’minlash
uchun xatto ulgurji savdogarlar shaxsan safarbar etiladi. Hukumat “har kishi uchun
tovar” degan dastur qabul qilib, unda arzon iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
belgilanadi.
Bu tadbirlar narx-navoni muntazamlash, so`ngra uni pasaytirish, reyxs
markaning qudratli qilish amalga oshirilib, iqtisodiyotni jonlantirish va tiklash
amalga oshirilgan xolda aholi ta’minotini yaxshilash ta’minlangan edi. Hukumat xalq
noroziligiga yo`l qo`ymaslikka harakat qilib, bu bilan ikkinchi tomondan
okkkupasion hokimiyatga nojo`ya harakatlar uchun sabab-bahona bermaslikka urinar
edi.
Bunday harakatlar juda tez o`z natijasini berdi va birinchi yilning o`zidayoq
ishsizlik kamayadi va mehnat unumdorligi 30 foizga oshadi. Xonavayron bo`lgan
iqtisodiyot tez tiklanib, keyingi o`sishga asos solina boshlaydi. Shu bilan birga
boshqacha asosdagi iqtisodiyot yaratila boshlandi. Pul islohatining muvaffaqiyati
iqtisodiyotni liberallashtirish nafaqat bahoni, shuningdek xo`jalikni erkinlashtirish
bilan iqtisodiyotning barcha tomonlarini ishga solib yubordi.
Yangi xo`jalik tamoyillari va ijtimoiy tartib yuzaga kela boshladi. Maxsus
ijtimoiy bozor xo`jaligi tizimi yuzaga kelib, bu hozirgacha davom etmoqda.
Germaniya namunasidagi ijtimoiy bozor xo`jaligi Erxard islohoti bo`yicha yuzaga
kelib, u liberal asosdagi xususiy erkinlikka mo`ljallangan va kuchli davlat
tartiblashuviga asoslangan bo`lib, u avvalo raqobatni ta’minlovchi va kuchli ijtimoiy
siyosatni o`tkazuvchi hamda ijtimoiy haqqoniyatga asoslanuvchi, muntazamlik
tamoyilidan kelib chiquvchi tizimdir. Ijtimoiy bozor xo`jaligi davlatning huquqiy
168
himoya tartibini ta’minlash va shuningdek jamiyat farovonligini ko`tarish bilan birga
qo`shimcha muhim vazifalarni bajaradiki, bular vaqt va iqtisodiy taraqqiyot
sharoitlari bilan belgilanadi.
Erxard islohoti natijasida iqtisodiy o`sish yuqori darajada davom etdi va
“nemis mo`jizasi” nomini oldi. 15 yil ichida Germaniya ilg`or iqtisodli davlatga
aylanib, yevropada birinchi o`ringa chiqdi.
Islohotning birinchi ikki yili ichida tovarlar ishlab chiqarish ikki barobar o`sdi
va yillik o`sish 10-15 foizga teng bo`ldi. Yashirin bozor va chayqovchilik yo`q
bo`ldi. 1950 – yilga kelib 1939 yil darajasi qo`lga kiritildi, sanoat ishlab chiqarish
bo`yicha AQSH va Angliyadan keyingi uchinchi o`ringa chiqdi. Oltin zahirasi
bo`yicha ikkinchi o`rinni egalladi. Asosiy kapital to`la yangilandi. Kapital xarajatlar
yuqori darajaga yetdi. 1956 – yilda chetga kapital chiqarish 9 mlrd. markani tashkil
etdi. Harbiy xarajatlar keskin qisqarib, katta iqtisodiy yuksalish yuz berdi.
Islohotlarning o`ninchi yilida yevropa umumiy bozorida ko`mir qazib chiqarishning
60 foiz, po`lat eritishning 50 foiz, eksportning 40 foiz, importning 35 foizi GFRga
to`g`ri kelar edi.
60 – yillarga kelib urushdan keyingi iqtisodiy rivojlanish omillari zaiflashuvi
natijasida o`sish pasaya boshlaydi. Bu vaqtga kelib rivojlangan mamlakatlar ichida
o`sish darajasi eng yuqori va
ц
iklik tebranishlarni tekislashtirishga erishgan
mamlakatlarga aylangan edi. Lekin ortiqcha ishlab chiqarish tushkunligi boshlanadi
va GFRning jahon ishlab chiqarishdagi hissasi pasaya boshlaydi. Shakliy tuzilma
inqirozi ham qo`shilib, an’anaviy tarmoqlarga ham tarqaladi. Germaniya davlatining
tartiblashtiruvi
makroiqtisodiy
darajada
kuchayishi
talab
etilib,
iqtisodiy
taraqqiyotning dasturini ishlab chiqish, moliyaviy rejalashtirishni qo`llash kabilar
yuzaga kelib, bu GFR taqdirida birinchi shart edi. Davlat iqtisodiy siyosatida joriy va
qisqa muddatli, o`rta va uzoq muddatli yoki tashkiliy tuzumiylik yuzaga keladi.
70 – yillar o`rtasiga kelib Germaniya iqtisodiyotida ikkinchi inqiroz yuz
beradi. Bankrotlik keskin o`sadi, inflyatsiya kuchayadi va ishsizlik o`sadi. Bu inqiroz
boshqa rivojlangan mamlakatlardagi inqirozga qo`shilib ketib, iqtisodiy vaziyatni
ancha chuqurlashtiradi.
169
80 – yillar boshida GFRda uchinchi iqtisodiy inqiroz yuz beradi. Bunda ham
ц
ikllilik tashkiliy-tuzumiylik inqirozi bilan ulashib ketadi. Ishsizlik o`sib, aholining
real ish haqi darajasi pasayadi. Germaniyaning tashqi iqtisodiy aloqalari ancha
zarbaga uchraydi. Germaniyaning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, ilm sig`imli
mahsulotlar eksporti keskin qisqaradi. Bular xo`jalik mexanizmi inqirozidan xabar
berar edi.
Bunday xolat hukumat o`zgaruviga olib keladi va iqtisodiy siyosatda yangi
burilish yuzaga keladi.Bunda xususiylashtirishni amalga oshirish birinchi vazifa
bo`lib, bu bozor kuchlarini mustaxkamlash, bandlik muammosini yechish, iqtisodiy
o`sish va davlat moliyasini tartiblashtirish kabilar bilan bog`langan edi. Iqtisodiy
siyosatdagi burilish soliqlar islohotini ham o`zi ichiga olgan edi.
GFR iqtisodida to`rtinchi inqiroz 90 – yillar boshida yuz beradi. Bu asosan
integratsiya bilan bog`langan bo`lib, birlashuv qiyinchiliklari asosiy sababchi edi. Bu
eng og`ir inqirozlardan bo`lib, navbatdagi
ц
iklik iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum
bosqichi bo`ldi. Bu inqiroz ham muvaffaqiyatli xal qilinib, qo`shilish og`irliklari
yengilgan edi.
Yuqorida ko`rib o`tilgan iqtisodiy inqirozlar tavsifi shuni ko`rsatadiki, bular
tabiiy xususiyatli bo`lib, tasodifiy va kutilmagan inqirozlar emas. Chunki bular
asosan
ц
ikllik taraqqiyot va tashkiliy-tuzumiy o`zgarishlar zaruriyati bilan
bog`langan iqtisodiy tushkunlik mazmuniga ega edi. Natijada Erxard islohoti asos
solgan ijtimoiy bozor xo`jaligi tizimi o`zgarmasdan takomillasha borgan va asosiy
iqtisodiy yo`nalish davom etgan. Umuman Germaniya iqtisodiyoti o`zining
rivojlangan, ilg`or va jahonda yetakchi iqtisodiyot ekanligi mustahkamlanib
borayotganini ko`ramiz.
Germaniya iqtisodiyoti erishilgan muvaffaqiyatlarning darajasini ko`tarib,
o`ziga xos ijobiy tomonlarini boyitib, ko`pchilik mamlakatlarga o`rnak vazifasini
bajarib kelmoqda va bundagi tajribani o`rganish foydadan xoli emasdir.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |