157
aholisi soni ancha ko`paydi. Bundan tashqari ikki urush o`rtasida
chetdagi nemislar
immigratsiyasi natijasida aholi qo`shilgan. Lekin keskin rivojlanish davrlarida ish
kuchiga talab oshib, chet ishchilar hisobiga ham aholi oshib bormoqda.
Yuqori
maosh, turmush darajasi chetdan keluvchilarni o`ziga jalb etadi. Bu qo`shni Italiya,
Yugoslaviya, Gretsiya, Turkiyadan kelganlar hisobiga yuz beradi. sobiq SSSR,
Polsha, Ruminiya kabilardan nemislarning qaytishi ham katta o`rin egallagan.
Shunday qilib, aholi 90 – yillarning oxiriga kelib 6,5 mln.ga ko`paydi.
Uzoq vaqt ichida ishsizlik muammoga aylanmagan
va bandlik yuqori
darajada saqlanmoqda. Lekin 90 – yillar oxiriga kelib ishsizlik orta boshladi va
G`arbda 11 foiz, Sharqda 17,7 foizga yetdi. Bu
ц
iklik va tuzumiy o`zgarish
natijasidir. Bunda tarmoqlar o`zgarishi, Sharq va G`arb birlashuvining hissasi
kattadir.
Ish o`rin bahosi yuqori va ishchi sifati ham eng yuqorilardan hisoblanadi. Bu
bilim
darajasi, ijtimoiy tizim, sog`lomligi, yangilikni tez o`zlashtirish qobiliyati
kabilar bilan belgilanadi. Germaniyada yuqori malakali ishchilar 50
foizni tashkil
etadi. Bunda bilim, tibbiyot, kasaba bilimlik katta o`rin egallaydi.
Ko`pchilik tabiiy boyliklar, energiya xomashyolari asosan chetdan keltiriladi.
Xududlari asosan to`la o`zlashtirilgan va shahar aholisi 90 foizni tashkil etadi.
Milliy iqtisodiy model “ijtimoiy bozor xo`jaligi” deb ataladi. Bu mavjud
sobiq totalitar iqtisodga qarshi qaratilgan. Buning asoschisi L. Erxard hisoblanadi.
Bundagi eng muhim tomonlar quyidagilardan iborat:
-bozor iqtisodiyoti asosi bo`lgan
xususiy mulk, erkin raqobat, erkin baho
shakllanishi ishlab chiqarish resurslaridan optimal foydalanish imkonini tug`dirib,
aholi talabini to`la qondirish sharoitini yaratadi;
-davlatning faol roli va fuqaroning erkin iqtisodiy faoliyatini ta’minlab, pul
muomalasini
tashkil etish, iqtisodiy inqirozlarni oldini olish, ijtimoiy odillikni
ta’minlash, iqtisodiy monopoliyaga yo`l qo`ymaslik va raqobat
uchun teng sharoitlar
yaratishni amalga oshiradi.
“Ijtimoiy bozor xo`jaligi” siyosati 50 yil ichida 4 marta tushkunlikka uchradi.
Bular tuzumiy o`zgarishlar, moliyaviy takomillashuv, ijtimoiy o`zgarishlar tufayli
158
oldi olinib, rivojlanishga yo`l ochilgan. Oxirgisi konsolidatsiya bilan bog`lanib, bu
ham tub o`zgarishlarni talab etgan.
GFR iqtisodiy siyosatining ustuvor maqsadi farovon jamiyat shakllanishidir.
O`tgan asr 50 – yillaridayoq yuqori turmush darajasi qo`lga kiritilgan edi. 80 –
yillardan boshlab intensiv iqtisodiy o`sishga o`tilgan.
Hozirgi vaqtga kelib, haqiqiy
postindustrial jamiyat shakllangan va axborot jamiyatining asosi yuzaga kelgan. Shu
bilan birga mamlakat bir qancha xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: