5.4. Federal iqtisodiyotni boshqaruv xususiyatlari
AQSH iqtisodiyotining rivojlanishida mamlakat xududlarida iqtisodiy
rivojlanishning
bir
tekisligiga
erishishga
qaratilgan,
resurslardan
oqilona
foydalanishni ta’minlash, iqtisodiy muvozanatni saqlash kabilarda federal
boshqaruvning ahamiyati kattadir. Shu bilan birga mahalliy va markazlashgan
boshqaruvning mosligini ta’minlash muhim o`rin egallab keladi. AQSH davlat
organlarining erkin iqtisodiy faoliyatini mustaxkamlab borishi, tadbirkorlik
faoliyatini
rag`batlantirishi,
raqobatning
himoyalanishi,
monopoliyalarning
147
chegaralanishi
kabilarning
amalga
oshirib
borishi
iqtisodiy
siyosatining
tamoyillaridandir. Masalan, AQSHning nomonopolistik siyosati bozor xo`jaligi
tizimli davlatlarga namuna bo`lib hisoblanadi. 1890 yildayoq bu yerda Shermanning
antitrest qonuni qabul qilingan bo`lib, bu antimonopolistik siyosatning asosiy negizi
xizmatini bajarib keladi va hozirgacha bu sohada asosiy qonun hisoblanadi. Buning
raqobatga qarshi qaratilgan kelishuvlarini oldini olishdagi ahamiyati hozirgacha
saqlanib keladi. Bundan keyin ham monopoliyani cheklovchi bir qancha qo`shimcha
qonunlar qabul qilinib, bu sohada yaxshi samaralar keltirmoqda. 1914 – yilda Federal
savdo komissiyasi tuzilgan bo`lib, u erkin tadbirkorlik va raqobatning ta’minlanishi
nazoratini amalga oshiradi. Shu bilan birga bu komissiyaga Amerika korxonalarini
antitrest qonunchiligi evolyutsiyasiga oid huquqiy ma’lumotlar bilan ta’minlab turish
ham topshirilgan.
AQSH iqtisodiyotining o`sishida ish kuchining ortib borishi xususiyatining
ta’siri kam emas va bu sohada ham boshqa rivojlangan mamlakatalrga nisbatan
ustunlik qiladi. Ish kuchining o`sishi aholining o`sishiga nisbatan ko`pdir. Bu aholi
ichida ishga yaroqlilarni tezlik bilan ko`payishi va ayollarning ishga jalb etilishining
o`sib borishi natijasidir. AQSHdagi ishsizlik darajasini olsak, eng keyingi asr ichida
eng past hisoblanadi: 1992 – yildagi 7,5% o`rniga, 1997 – yilda 5% bo`lgan. Keyingi
o`n yillikda davlat byudjetining o`sishi xususiyatlidir. Bu AQSH davlatining iqtisodiy
va ijtimoiy funksiyalarining murakablashuvidan dalolatdir. AQSH iqtisodiy
siyosatidagi ijobiy tomonlardan yana biri harbiy xarajatlarning qisqarib borishidir.
AQSH davlat byudjeti xarajatlarida harbiy soha 1950 yilda 32,9 foiz bo`lsa,
1994 yilda 19,3 foiz va 2000 yilda 14,1 foizgacha pasaygan. Shu bilan birga ijtimoiy
ehtiyojlar uchun 1950 yildagi 12,6 foizdan 1994 yilda 57,4 foiz va 2000 yilda 62,2
foizgacha o`sgan. Bu ijtimoiy ta’minot, pensionerlar va nogironlarga yordam,
tibbiyot, bilim olish, bandlikni o`stirish, daromadlarni sug`urtalash kabilarga
qilinadigan xarajatlarning o`sishidan iboratdir.
Moliyaviy o`zgarishlarga federal soliqlarning ortishi, federal xarajatlarning
qisqartirilishi, byudjetdagi yetishmovchilikning yuqori darajasining oldini olish,
aytganimizdek, ijtimoiy xarajatlarni ko`paytirish kabilarni kiritish mumkin.
148
AQSH
iqtisodiyotining
xususiyatlaridan
yana
eng
muhimi
uning
baynalminallashuvidir. Bunda tashqi savdo va trans milliy korporatsiyalar
(TMK)larning o`rni kattadir. Ma’lumki, AQSH tashqi savdo bo`yicha dunyoda
birinchi o`rinni egallab keladi. Eksportda sanoat mahsulotlari asosiy o`rinni egallaydi.
Ularning hissasi 50 foizdan ortiqdir. Eng o`sib borayotganlari mashina-texnik
mahsulotlardir. Keyingi o`rinda iste’mol tovarlari turadi. Sanoat mahsulotlaridan
keyingi o`rinni qishloq xo`jalik mahsulotlari egallaydi – ularning hissasi 25 foizga
teng.
Jahon
bozorida
xizmat
ko`rsatish
mahsulotlarining ham o`rni katta va bu sohada
ham
Amerika
oldingi
o`rinda
turadi.
Aytganimizdek, axborot texnologiyasi bo`yicha
dunyoning
75
foiz
ma’lumotlari
banki
AQSHda jamlangan.
Borgan sari AQSH iqtisodiyotining
ehtiyojlarida
importning
o`rni
kengayib
bormoqda. Aytaylik, 90-yillarning oxiriga kelib
maishiy elektronika iste’moli, poyabzal va bir
qancha
boshqa
tovarlar
bo`yicha
ichki
iste’molda import 80 foizdan oshib ketdi,
metalga ishlov berish stanoklari va neft
bo`yicha 50 foiz, qora metal va to`qima mahsulotlar bo`yicha 20 foizni tashkil etdi.
XX – asr oxiga kelib kapital importi ham sezilarli ravishda o`sa boshladi.
Chet investitsiyasi shunchalik tezlasha bordiki, uning 4/5 qismi harakatdagi Amerika
korxonalariga sarf etilib, faqat 1/5 qismi yangi ob’ektlarga sarf etilgan. Hozirgi
vaqtda kapital eksportiga nisbatan import ortiqchadir. Bular rivojlangan mamlakatlar,
ayniqsa G`arbiy yevropa, Yaponiya va Kanada kapitallaridir. Buning asosiy sababi
Amerika iqtisodiyotining to`xtovsiz o`sishi kapital quyishning foydalilik darajasi,
dollarning doimiy qat’iyligi kabilardan iboratdir.
Ха
lq
а
r
о
iqtis
о
diy
а
l
о
q
а
l
а
rning ko’p
sh
а
kll
а
ri m
а
vjud bo’lib, ul
а
r q
а
t
о
rig
а
t
а
shqi s
а
vd
о
, k
а
pit
а
l chiq
а
rish, ilmiy -
t
ех
nik
а
h
а
yk
о
rligi,
k
о
mp
е
ns
а
siya
k
е
lishuvl
а
ri,
kr
е
dit
-
m
о
liya
mun
о
s
а
b
а
tl
а
ri, turli
х
il
х
izm
а
t ko’rs
а
tish
yo’ll
а
r,
ха
lq
а
r
о
turizm,
о
b’
е
ktl
а
rni
birg
а
likd
а
qurish v
а
b
о
shq
а
l
а
r j
а
h
о
nning
ko’pchilik m
а
yl
а
k
а
tl
а
ri uchun t
а
shqi
s
а
vd
о
t
а
shqi iqtis
о
diy
а
l
о
q
а
l
а
rning
а
s
о
siy
sh
а
klidir.
J
а
h
о
n
х
o’j
а
ligi
d
о
ir
а
sid
а
ха
lq
а
r
о
s
а
vd
о
ning bir n
е
ch
а
iqtis
о
diy
-
g
ео
gr
а
fik
yo’n
а
lishl
а
ri
sh
а
kll
а
ng
а
n. M
а
s
а
l
а
n, j
а
h
о
nning eng
k
а
tt
а
h
а
jmli s
а
vd
о
si G’
а
rbiy
Е
vr
о
p
а
,
А
QSH v
а
Yap
о
niya o’rt
а
sid
а
о
lib
b
о
ril
а
di v
а
ul
а
rning d
у
nyo t
о
v
а
r
а
yl
а
ny
а
sid
а
gi s
а
ly
о
g’i 70 % g
а
t
е
ng v
а
у
l
а
r
а
s
о
s
а
n
t
а
yyor
m
а
hs
у
l
о
tl
а
r
s
а
vd
о
sid
а
n ib
о
r
а
t.
149
TMKlar halqaro ahamiyatga ega bo`lib, bir necha mamlakatlarda faoliyat
ko`rsatadilar va iqtisodiy baynalminallashuv, milliy iqtisodiyotlarni jahon
iqtisodiyotiga qo`shilishida hissasi kattadir. TMK xajmida ham AQSH eng oldindadir
va ularning katta qismi shu mamlakatlarga taalluqlidir. Amerika TMKlarining chet
mamlakatlardagi korxonalarida 10 mln.dan ortiq ishlovchilar banddir. Ular asosan
milliy bozorlarni ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda Amerika ichki bozorlarida ham
ularning tovarlari ko`paymoqda.
Amerika TMKlari asosan G`arbiy yevropa rivojlangan mamlakatlari,
Kanadada to`g`ridan-to`g`ri chet investitsiyalarini amalga oshiradilar. Keyingi
yillarda bularning rivojlanayotgan mamlakatlardagi investi
ц
yasi ortib bormoqda:
1987-yilda 6,8 mlrd. dollar, 1990-yilda 7,6 mlrd, va 1996-yili 29,1 mlrd. dollarga
yetdi. Asosan bu Lotin Amerikasi mamlakatlaridan iborat.
Dollar pozitsiyalarining kuchliligi, uning doimo baquvvatligi, valyutalar
almashuvlik xususiyati, deyarli jahon puliga aylanganligi va jahon valyuta moliyaviy
tizimda eng muhim rezerv va hisoblashuv vositasi Amerika iqtisodiyotiga
qo`shimcha kuch bag`ishlaydi va uning jahon miqyosidagi ta’sirini oshiradi.
Amerika mustaxkam keng ichki bozorga ega. Bu avvalo yirik mustaxkam
baquvvat iqtisodiyot natijasi bo`lsa, asosan aholi daromadining yuqoriligi va turmush
darajasining xaridorlikni rivojlantiruvchi ta’sirining ifodasidir. Bunday xaridorlik
xususiyati iste’mol buyumlari va xizmatlarga bo`lgan talabning to`xtovsiz o`sib
borishini ta’minlaydi.
Bunday ichki qudratli ishlab chiqarishga ega bo`lishga qaramasdan importga
ehtiyojni oshirib boradi. Amerika federal iqtisodiyotidagi boshqaruv xususiyatlaridan
yana biri keyingi yillarda, ayniqsa 80-90 yillardan keyin, halqaro savdoning
erkinlashuvi natijasida Amerika bozorlariga boshqa mamlakatlardan tovar va
xizmatlar oqimini tezlashtirdi. Ayniqsa, bunda Xitoy, Tayvan, Gonkong kabi
mamlakatlardan tayyorlanishi murakkab bo`lmagan sanoat tovarlari oqimining
tezlashuvi yuz bermoqda. Ma’lumki, bu mamlakatlarda asosan ish kuchining
arzonligi tovarlar narxining past bo`lishi hisobiga raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.
Bu Amerikaning moddiy sig`imi va mehnat sig`imi tarmoqlarda jixozlarni
150
takomillashtirish, texnologik jarayonlarni kompyuterlashtirish, shu bilan birga
resurslarni iqtisodlovchi ilm sig`imli ishlab chiqarishga mutaxassislashuv
jarayonining
tezlashuviga
olib
keladi.
Bu
bilan
milliy
mahsulotlarning
raqobatbardoshlik darajasini ko`tarishga erishuv amalga oshiradi.
Dollar kursining ko`tarilishi eksportni qisqartirish va importni kuchaytirish
sharoitlarini tug`diradi. Bu yana davlat byudjetining taqchilligini pasaytirish imkonini
ham tug`diradi.
AQSH firmalarining tovarlar, xizmatlar savdosining rivojlanishi hozirgi
zamon
ilmiy-texnik
inqilobi
hosilasi
va
Amerika
iqtisodiyotining
kompyuterlashuviga asoslanishi kerak. Raqobatbardoshlik kengashi AQSHning jahon
bozorlarida egallaydigan yetakchi joyi kompozision materiallar va ularga ishlov
berish, forma
ц
evtika preparatlari, atrofni muhofaza qilish jihozlari, chiqindilarni
qayta ishlash, EHMlar yordamidagi konstruktiv ishlovlar, axborot texnologiyasi,
dvigatel qurilmalari, raketalar hisobiga bo`ladi, deb ta’kidlaydi.
Shu bilan birga Xalqaro savdo tashkilotining (XST) tariflarni bekor qilish va
pasaytirish natijasida ko`pchilik AQSHning yevropadagi korxonalari Osiyoga
ko`chishi kerak. Chunki bu yerda ish kuchi arzon va mahsulotlar joyida sotilishi
mumkin.
AQSH o`zining qudratli iqtisodiyoti salohiyatidan foydalangan xolda o`zining
manfaatiga xos davlatlarni rag`batlantirish va moliyaviy qo`llashda bevositalik bilan
jahon banki, Halqaro moliya fondi va qator halqaro tashkilotlar ta’sirli o`rin
egallagani uchun bularning imkoniyatlarini ham ishga solib, vositachilik usulidan
ham keng foydalanadi. Shu bilan birga Shimoliy Amerikada erkin savdo bo`yicha
kelishuv ham kelajakda AQSH iqtisodiyotiga katta naf keltirishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |