Raqobatga qarshi bitimlar va kelishib qilingan harakatlar
Sherman Qonunining 1 moddasida shunday deyiladi:
Trest shaklidagi har xil bitim (kontrakt) yoki birlashish, yoki bir nechta
shtatlar, yoki millatlar o`rtasidagi savdo-sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida
boshqa turdagi kelishib olishlar qonuniy emas deb hisoblanadi
Shu bilan AQSHning raqobatga qarshi kelishib qilinadigan harakatlarini man
qiladigan qonunchilik normasi tugaydi. Modda esa barcha kerakli elementlarga ega:
1) Har xil shakldagi harakatlar kelishilgan hisoblanadi (shartnoma, trest
ko`rinishida yoki boshqacha birlashish, kelishish, jumladan yashirincha va h.k.).
2) Kelishilgan harakatlar raqobatni cheklaydi.
Ushbu modda ta’siriga tushgan harakatlar ro`yxati Sherman Qonuni amalda
bo`lgan vaqt davomida o`zgarib kelgan va Umumiy huquq (sud pretsendenti) asosida
shakllantirilgan. AQSHning huquqni qo`llash amaliyoti xozirgi kunda raqobatga
qarshi kelishilgan harakatlarni gorizontal va vertikal harakatlarga, shuningdek
noqonuniy per se harakatlar to`g`ri yondashish qoidasi asosida ko`riladi. (yuqoriga
qarang, 6-8 betlar).
143
Rer se noqonuniy kelishilgan harakatlarga asosan narxlarni belgilash,
bozorlarni taqsimlash va bo`lib olish, vertikal kelishuvlarda narxlarni bog`liqligi,
ya’ni bitta shaxs bozorga salbiy ta’sir ko`rsatadigan hukmronlikka ega bo`lishini
keltirib chiqaradigan gorizontal kartel kelishuvlar kiradi. To`g`ri yondashish
qoidasiga binoan ko`rib chiqiladigan kelishilgan harakatlar ro`yxati (qachon
raqobatga qarshi harakatlar samarasi ijobiy samara ehtimoliga qarama-qarshi
tortiladi) birmuncha kengdir.
AQSHda iqtisodiy fikr nazariyasini rivojlantirish orqali raqobat huquqini
rivojlantirish
1980 yilda Sherman qonuni qabul qilinishidan oldin, Amerika sudlari Umumiy
Huquqni qo`llaganlar. Umumiy Huquq raqobatga ko`rsatadigan samarasi va
asoslanganligiga qaramasdan, raqobatchilar o`rtasidagi barcha kelishuvlarni
(kontraktlar) umuman taqiqlaganlar. Ular, jamiyat manfaatlariga zid bo`lgan, va
monopollashish yoki tovarlarni olib qo`yishda namoyon bo`ladigan trestlarni man
qilishga uringanlar.
19 asrning ikkinchi yarmidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvollar,
shuningdek Umumiy Huquqqa binoan trestlarning maqomi va ushbu trestlarni neft,
po`lat va shakar ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ayovsiz faoliyati kichik ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilarni yirik tijorat manfaatlariga nisbatan noroziligiga
sabab bo`lgan. Ushbu ommaviy g`ulg`ula 1888 yildagi prezident saylovi bo`sag`asida
ham Respublikachi ham Demokratik partiyalar platformalarida trestlarga qarshi
qonunchilikni qo`llab-quvvatlanishiga sabab bo`ldi.
1890 yilda AQSH Kongressi Sherman (qonunni ko`rib chiqish uchun kiritgan
kongressmenning nomidan olingan) Qonunini qabul qildi. Ushbu qonun “bir nechta
shtatlar, yoki xorijiy millatlar o`rtasida har xil kelishish (kontrak), trest shaklida
birlashish yoki o`rtasida savdo-sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida kelishib
olishlar”ni taqiqlaydi. Sherman qonuni uni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni va
zarar ko`rgan shaxslarga uch barobar miqdorda kompensasiya to`lashni taxmin
qilgan.
144
Sherman qonunini qabul qilgan Amerika qonunshunoslari iste’molchilarni
manfaatlariga qaraganda ko`proq raqobatchilarni manfaatlarini ko`zlaganlar. Kichik
korxonalarga salbiy ta’sir ko`rsatadigan bitimlarni keng ko`lamda qabul qilinishini
man qilish maqsadida, Kongress savdo-sotiqni tartibga soluvchi norma sifatida emas,
balki konstitutsiya moddasi sifatida o`qiladigan qonunni qabul qildi. Sherman
qonunini keng talqin qilish imkoniyati sudlarga tobora o`zgarib borayotgan siyosiy va
iqtisodiy nazariyaga javob sifatida qo`llash va shu bilan Kongressni dastlabki
maqsadiga kam e’tibor ajratish imkonini yaratdi.
20 asrning dastlabki dekadalarida sudlar Sherman qonunini mayda
raqobatchilarni yirik xamkorlar tomonidan insofsiz raqobatlashuvidan implitsit
himoyalovchi (yaqqol emas) sifatida tushunganlar.
Chuqur Turg`unlik (depsinishlar) sodir bo`lgunga qadar, sudlar iqtisodiy
tafakkurni klassik va neoklassik nazariyalariga muvofiq, ko`pchilik mayda firmalar
o`rtasida atomistik raqobatni afzal ko`rganlar. Shu vaqtni o`zida, “to`g`ri yondashish
qoidasi” tug`ildi, unga muvofiq faqat savdo-sotiqni asossiz cheklashi mumkin
bo`lgan xatti-harakatlar qoralangan.
Xuddi shunday, atomistik raqobatga nisbatan hayrixohlik va iqtisodiy
hukmronlikni xolding kompaniyalari qo`lida jamlanishi maqsadga muvofiq emasligi
to`g`risdagi fikrlar 1914 yilda Kleyton Qonunini qabul qilinishi bilan yakunlandi.
Ushbu qonun monopolistik faoliyatni, kamsituvchi shartlar, eksklyuziv dilerlik va
boshqalar xillarini taqiqlaydi. (Kleyton Qonunining 3 moddasi).
Eng sezilarli oqibatlar Kleyton Qonunini 7 moddasini qo`llash natijasida
yuzaga keladi. Ushbu modda bir korporatsiyani boshqa korporatsiyaning aksiyalarini
sotib olish va shu bilan sotib oluvchi va sotuvchi tomonlar o`rtasidagi raqobatni
kamaytirishi nuqtai nazaridan man qilgan. Bundan tashqari, sudlar 7 moddani ta’rifini
endigina paydo bo`lish bosqichida qo`shilib ketishlar raqobatga ko`rsatishi mumkin
bo`lgan zararni, Sherman Qonuniga binoan ishlarni ko`rib chiqishda raqobatga
yetadigan sezilarli zararni mavjudligini isbotlash kerakligi to`g`risida sudlarni
ta’kidlashlaridan farqli tarzda birmuncha kengaytirdilar.
145
1914 yilda qabul qilingan yana bitta trestlarga qarshi qonun – Federal Savdo
Komissiyasi (FSK) AQSH Hukumatiga bo`ysunmaydigan, mustaqil vakolatli organni
tuzdi. U erkin va insofli savdo-sotiqni ilgari surishga javob bergan. FSK to`g`risidagi
Qonunning 5 moddasi raqobatni insofsiz usullarini … qonundan tashqari deb e’lon
qilgan. Ushbu modda ta’siriga tushadigan xatti-harakatlar bir necha o`n yilliklar
mobaynida kengayib borgan. Kongress ataydan ushbu qonundagi tushunchaga ta’rif
keltirmagan, buning sababi FSK ushbu xatti-harakatlarni ko`rib chiqishida kengroq
vakolatlarga ega bo`lishi va ularga nisbatan tez chora ko`rishi uchun shunday
qilingan.
1927 yilda Oliy Sud “per se ” doktrinasini kiritilishi haqida e’lon qildi. Ushbu
qoidaga binoan, sudlar “per se” qoidasiga binoan chora ko`riladigan xatti-harakatlar
toifalarini kengaytirib borganlar, ya’ni mazkur xatti-harakat raqobatga zarar
yetkazadimi yoki yetkazdimi qat’iy nazar ko`rib chiqmasdan hukm chiqarganlar.
Ushbu tendentsiya Keynsian iqtisodiyotini keyingi vaqtlarda keng tarqalishi va
iqtisodiyotni neoklassik nazariyasidan voz kechish bilan bog`liqdir. Ushbu davrda
sudlar “per se” ta’siriga tushmaydigan bitimlar va harakatlarni raqobatga
ko`rsatadigan ta’sirini iqtisodiy tahlil qilishga unchalik chuqur yondashmaganlar.
1936 yilda Kongress Robinson-Petman Qonunini qabul qildi, ushbu qonun
ma’lum sharoitlarda narx sohasida kamsitishni taqiqlagan. Ushbu qonunning ta’siri
“faqat Amerika Qo`shma Shtatlarida sotiladigan, iste’mol qilinadigan yohud qayta
sotiladigan” tovarlar yoki mahsulotlarga taalluqli bo`lgan bitimlarga tegishli bo`lgan.
1970 yillar Xarta-Skotta-Rodinoni Trestlarga qarshi O`zgartirishlar to`g`risida
qonunni qo`llanilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu qonun agar bitim tomonlar hajmi va
bitim hajmi sinov shartlarini qondirsa, u holda ushbu bitim to`g`risida oldindan
ma’lum qilish tartibini belgiladi. Bitim to`g`risida ma’lum axborotni ilova qilgan
qolda tuzilgan bildirishnoma (buyurtmanoma) FSK yoki Yustitsiya Departamentini
Trestlarga qarshi Boshqarmasiga topshiriladi. Trestlarga qarshi O`zgartirishlar
to`g`risida qonun shuningdek Kleyton Qonunini 7 moddasiga binoan ko`rib
chiqiladigan qo`shilib ketishlar to`g`risidagi bitimlar bo`yicha da’volar sonini keskin
kamaytirgan.
146
Trestlarga qarshi O`zgartirishlar to`g`risidagi qonun keyinchalik ko`p sonli
mamlakatlar tomonidan qabul qilingan qonunlarda qo`shilib ketishlar to`g`risida
oldindan xabardor qilish to`g`risidagi tartiblarni kiritishiga sabab bo`ldi.
XX asrning 70-yillari iqtisodiy nazariyaning Chikago maktabi keng tarqalgan
davr bo`ldi. Ushbu maktab namoyondalari trestlarga qarshi qonunchilikni maqsadi
iste’molchilarni manfaatlarini ko`zlagan holda raqobatchilarni emas, balki raqobatni
himoya qilish deb ishonganlar. Yangi iqtisodiy tafakkurni paydo bo`lishi natijasida
sudlar raqobat bilan bog`liq masalalar va xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan ma’lum
tartib-qoidalarni qayta ko`rib chiqa boshlaganlar. Masalan, sudlar “per se” doktrinasi
ta’siriga tushadigan xatti-harakatlar ro`yxatini qisqartira boshladilar va ularni
iqtisodiy tahlil qilishni boshladilar. Lekin narxlarni gorizontal cheklash yoki savdo-
sotiqdagi insofsizliklar “per se” noqonuniy tarzda (yashirincha) qolgan.
Bozorlarni iqtisodiy tahlil qilishga boshqa yondashuvlar 1990 yillarda paydo bo`ldi.
Ular yangicha iqtisodiy usullarni taklif qildilar va Chikago maktabi tomonidan taklif
qilingan an’anaviy usullarni inkor qildi. Qisqasi, yangi tafakkur samaradorlikni
oldinga surilishiga qarshi emas, lekin bozorlarni tahlil qilishda avval qo`llanilmagan
emperik jihatlarni kiritadi.
Iqtisodiy nazariyani butun dunyo miqyosida tarqalishi va rivojlanishiga
qaramasdan, AQSHning siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixi butun jahon miqyosida
eng rivojlangan, noyob hisoblangan trestlarga qarshi yurisprudentsiyani vujudga
keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |