Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


AQSH ning raqobat va monopoliyalar xaqida qonunchiligi



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

 
AQSH ning raqobat va monopoliyalar xaqida qonunchiligi
 
Xorijiy mamlakatlarning qonunchiliklaridagi tafovutlar turlicha va nihoyatda 
kengdir. Shuning uchun ushbu tahlil birinchi navbatda ushbu tafovutlarni aniqlash va 
tushuntirib berishga qaratildi. Tahlil uslubiyoti O`zbekiston Respublikasida raqobat 
to`g`risida yangi qonunni ishlab chiqishda amaliy foydalanish mumkin bo`lishi nuqtai 


137
nazaridan tanlab olindi. Shu munosabat bilan, mualliflar o`tkazilgan ushbu tahlil 
natijalarini O`Rda amalda bo`lgan raqobatga qarshi qonunni xorijiy mamlakatlardagi 
qonunlar bilan moddalar bo`yicha taqqoslash foydali va samarali bo`ladi deb 
hisoblaydilar. Bunda dastlabki qadam bo`lib O`R “Tovar bozorlarida monopolistik 
faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi Qonunidan foydalanildi. 
Ushbu ishni amalga oshirish uchun Qo`mitaning Hay’ati yig`ilishida bir qator 
mamlakatlar tanlab olindi va ularning qonunchiliklari o`rganib chiqildi. Bular: 
AQSH, yevropa Hamjamiyati, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Buyuk Britaniya, 
Vengriya, Vetnam. Quyida nima sababdan aynan shu mamlakatlar tanlab olinganligi 
qisqacha sharhlab berilgan: 
• AQSH: AQSHning monopoliyaga qarshi qonunchiligi eng birinchi bo`lib qabul 
qilingan qonun bo`lib hisoblanadi. U shuningdek, eng ko`p o`rganilgan va amaliyotda 
foydalanilgandir. Bundan tashqari, AQSH jahonning eng yirik milliy iqtisodiyoti 
hisoblanadi. 
AQSHda trestlarga qarshi qonunning barcha normalarini belgilovchi yagona 
qonun yo`q. Asosiy qonunlar yuqorida aytib o`tilgan qonunlardan iborat. Ushbu 
qonunlarning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning matnida maqsad 
to`g`risida xech nima aytilmagan. Ushbu qonunlarni har birini maqsadi, shuningdek 
ulardan olingan alohida normalarning maqsadlari, odatda ishni ko`rib chiqish 
davomida sud tomonidan qaror, xususan AQSH Oliy sudi qarori e’lon qilinadi va 
umumiy Huquqqa asosan yuridik ta’rifi qabul qilinadi. 
Masalan, Oliy Sud Norzern Pasifik AQSHga (1958) qarshi ishni ko`rib 
chiqishda Sherman qonuni maqsadini quyidagicha bayon qilgan: 
Sherman qonuni savdo-sotiq qoidasi sifatida erkin raqobatni saqlab qolishga 
yo`naltirilgan keng hajmli iqtisodiy erkinlik huquqidan iboratdir. U bozor kuchlarini 
o`zaro erkin harakatlanishi bizning iqtisodiy resurslarimizni to`g`ri taqsimlashga, past 
narxlarga, yuqori sifatga va keng ma’noda moddiy taraqqiyotga olib keladi degan 
g`oyaga asoslanadi, shu vaqtni o`zida bizni demokratik, ijtimoiy va siyosiy 
institutlarimizni saqlash uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Lekin ushbu g`oya shubha 


138
ostida bo`lgan taqdirda ham, Qonunda bayon qilingan siyosat raqobatga aynan 
taalluqlidir. 
AQSH raqobat to`g`risidagi qonunlari matnlarida qonunni qo`llash sohasi aniq 
aks ettirilmagan. 
Savdo-sotiqni ba’zi sohalarida federal va mahalliy hokimiyatlar erkin va ochiq 
raqobat to`g`risidagi qonun g`oyalari va normalariga zid holda, o`ziga xos 
xususiyatga ega bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni qabul qiladilar. Ba’zi hollarda 
ushbu ziddiyat Kongress darajasida hal qilinadi. Bunda, qonunchilik asosida odatda 
sektorial (tarmoq) “erkinlik” (istisno) beriladi. Shunisi qiziqki, shu kabi istisnolar 
O`zbekiston Respublikasida “Tabiiy monopoliyalar to`g`risida”gi qonun bilan 
tartibga solinadigan sohalarga taalluqli bo`ladi, yoki umuman “Tovar bozorlarida 
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi qonun amal qilinadigan 
sohalarga kirmaydi. AQSHda sektorli “erkinliklarga” quyidagi tarmoqlarga berilgan : 
• Qishloq xo`jaligi 
• Davlat kontraktlari 
• Sog`liqni saqlash 
• Sport 
• Telekommunikatsiyalar* 
•Energetika* (jumladan, neft, gaz, elektr energiyasi, atom energiyasini 
transportirovkalash) 
• Moliya institutlari va bozorlar* 
• Sug`urtalash* 
• Mehnat bozorlari* 
• Transport* (temir yo`l, havo transporti, dengiz transporti) 
Mahalliy hokimiyatlar darajalarida sudlar ushbu siyosatni cheklashga harakat 
qiladilar va bunga sabab qilib “ushbu siyosat raqobatni asossiz cheklaydi va unga 
zarar yetkazadi” degan fikrni bildiradilar. 
Qonunda ta’rif berilmagan. Amerika yurisprudensiyasi odatda “tovar” deganda 
faqat aniq tovar nazarda tutiladi, ya’ni tovar sifatidagi xizmat tovar sifatida tan 
olinmaydi. 


139
Agarda xizmat tovarni sotishni o`z ichiga olsa, u holda sudlar diqqat-e’tiborni 
“bitimni ustunlik tusiga” qaratadilar. Masalan, sug`urta polisini sotish (yozma hujjat) 
ko`proq xizmat sohasiga tegishlidir. Sug`urta polisi oddiy qog`oz emas, balki uni 
egasiga ma’lum bir huquqlarni beruvchi hujjat. Shu vaqtni o`zida, gazeta sotish 
xizmati mohiyatiga ko`ra ko`proq seziladigan tovar – gazetani sotish bo`yicha bitimni 
o`z ichiga oladi. 
Ma’lum darajalarda bir-birini o`rnini bosadigan tovarlar odatda o`zaro 
raqobatlashadi va shu sababli yagona (mahsulot/tovar) bozorlariga kiritiladi. Tovarlar 
shuningdek agarda bitta tovarni ishlab chiqaruvchilar boshqa tovarni narxi oshganligi 
sababli ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga oson o`tishlari mumkin bo`lsa ham yagona 
bozorga kiritilishi mumkin. 
AQSH qonunida shunga o`xshash ustun mavqe degan ta’rif yo`q. AQSH 
yurisprudensiyasida ishlatiladigan o`xshash tushuncha – monopol ( yoki bozor) 
hukmronlik, u qonun matnida yo`q bo`lsada, Oliy Sud tomonidan belgilangan 
(AQSH\/Dyu-Pont, 1956): Monopol hukmronlik – bozor narxlarini yoki raqobatni 
nazorat qiladigan hukmronlikdir. 
Ta’rif berilmagan. Uni o`rniga raqobatni cheklovchi yoki monopollashishga 
qaratilgan yo`nalishlar deganda quyidagilar ko`zda tutilgan: 
Monopol hukumronlikni mavjudligi + raqobatga qarshi oldindan o`ylash 
elementi (yirtqich, chiqarib tashlovchi, insofsiz cheklovchi, o`z mavqesini suiiste’mol 
qilish). 
Oldindan o`ylash elementi xozirda savol ostida. Ba’zi sudlar monopolistning xatti-
harakati oldindan o`ylab qilinganmi, yo`qmi qat’iy nazar raqobatga yetgan zararga 
e’tiborini qaratmoqdalar. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish