Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 XX – asr birinchi yarimida bozor iqtisodi rivoji



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

5.3. XX – asr birinchi yarimida bozor iqtisodi rivoji 
AQSH bozor iqtisodiyotida XX – asr birinchi yarmida keskin o`zgarishlar yuz 
beradi. Bundagi asosiy turtki 1929-1933 yillarda yuz bergan iqtisodiy inqiroz – 
depressiyadir. Bunda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 1/3 qismga 
qisqargan edi. Ishsizlik esa 
¼
qismga yetgan edi. Bu inqiroz iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini egallab, ayniqsa ishlab chiqarish va savdoga katta zarar keltirgan. Ko`p 
xo`jalik turlarini ishdan chiqargan, chuqur iqtisodiy tushkunlik yuz bergan, katta 
zararlar yetkazilgan.
Bevosita iqtisodiy tushkunlik katta ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirgan. 
Chunki ishsizlik ko`pchilikni daromad manbaidan maxrum qilib, katta hayotiy 
qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan. Ommaviy noroziliklar kelib chiqqan. 
Iqtisodiy aloqalar buzilib, iqtisodiy muvozanat izdan chiqqan. Albatta bu 
katta talofatlarni keltirgan. Inqirozni oldini olish va depressiyadan chiqish tub 
o`zgarishlarni talab etar va katta matonat, kuch va iroda zarurligini yuzaga ketiradi. 
Bundagi muhim narsa milliy birlikni ta’minlash, inqirozdan chiqish yo`llarini 
belgilash va bor imkoniyatlarni tiklanish uchun qaratish zaruriyati talab etilib, 
Amerika davlati va hukumati bu og`ir va taqdiriy masalalarda yetakchi rolini 
bajarishi zaruryaiti tug`ilgan edi.
Katta iqtisodiy islohotlar o`tkazilib, buning negizida o`sha vaqtdagi AQSH 
Prezidenti Franklin Ruzvelt islohoti bo`lib, bu “yangi kurs” deb nomlangan. Bunda 
“biznes hukumatdan yuqori bo`lishi mumkin emas” degan tamoyil asos bo`lgan. Bu 
islohotda iqtisodiyotning asosiy tomonlariga tub o`zgarishlar kiritilib, yangi 
yo`nalishlar belgilangan. Iqtisodiy islohotlarda 400 mingdan ortiq dasturlar tuzilib, 
amalga oshirilgan. Bularning ichida yangi aerodromlar, temir yo`l va avtomobil 
yo`llari, shosselar, maktablar va boshqa bir qancha infratuzilmalar qurilishi ko`zda 
tutilgan. Bularni amalga oshirishda mehnat bilan yordam berib, safarbarlik usullari 
qo`llanilgan. Albatta bu davlat tomonidan to`lanib turilgan. Buning uchun maxsus 
mehnat lagerlari tuzilib, bunga asosan ishsizlar jalb etilgan. 
Energetika sohasida katta ishlar olib borilgan. Energetika Amerika 
iqtisodiyotida negizli sohalardan bo`lib, buning bandlikka va mamlakatga XX – asr 


135
30-yillarida iste’mol talabini jonlantirishda, yangi joylarini tashkil etishda ahamiyati 
katta bo`lgan. Shuning uchun yirik xajmda davlat gidroelektrostansiyalari qurilishi 
amalga oshirilgan. Bu boshqa iqtisodiy masalalar bilan birga raqobat muxitini 
yaratishga ta’sir ko`rsatgan. Federal Komissiya tuzilgan bo`lib, bu o`z navbatida 
shtatlar o`rtasida energoresurslarni taqsimlanishi nazoratini bajargan. Shtatlardagi 
tuzilgan muayyan komissiyalar elektroenergiya baholari, energiyaga esa neft 
mahsulotlari, tabiiy gaz va shunga o`xshashlarni ham baholashni nazorat etish 
vakolatiga ega bo`lgan.
Bu orqali umuman eng muhim iqtisodiy sohalardan hisoblangan 
energetikadagi amalga oshirilgan asoslar iqtisodiyotning barcha tomonlarini 
jonlantirish va rivojlantirishga katta ta’sir ko`rsatgan va qudratli energetika negizi 
barpo etilib, bu mamlakat salohiyatida kuchli asosga aylangan. 
Iqtisodiy islohotda moliyaviy o`zgarishlar ta’sirli bo`lgan, chunki u 
iqtisodiyotning qon tomirlari sifatida ahamiyatlidir. Bunda eng muhim va ta’sirlisi 
banklar to`g`risidagi tasodifiy qonun bo`lgan. Bu qonun bo`yicha banklar 
qimmatbaho qog`ozlarning egalari bo`lishi taqiqlangan va ular bularning omonat 
saqlanishi sifatidagi xizmat bilan chegaralanishi talab etiladi. Shu bilan birga 
banklarning tadbirkorlik bilan shug`ullanishi ham taqiqlanib, o`z bevosita vazifalari 
bilan chegaralanish tartibi o`rnatiladi. Bunda moliya-kredit faoliyati bo`yicha 
qimmatli qog`ozlar komissiyasining ishlari ta’sirli bo`lgan. 
Iqtisodiy tuzilmalar bo`yicha qo`lanilgan tadbirlar ham muhim bo`lib, ichki 
ishlab chiqarishni jonlantirishga ijobiy ta’sir etgan. Bunda milliy mahsulotga talabni 
oshirish bilan uni himoyalash qo`llanilib, importni qisqartirgan xolda milliy sanoatni 
rag`batlantirish siyosati olib borilgan. Aytaylik, Amerika mahsulotlarini sotib olish 
shiori ostida o`z ishlab chiqarishi uchun bozorni kengaytirish ham ijobiy rol 
o`ynagan. Bundan tashqari qishloq xo`jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish 
bilan kurash olib borish va bunga taalluqli tadbirlar qo`llash amalga oshirilib, agrar 
sohani tartiblashtirish choralari qo`llanilgan. 
Inqirozdan chiqishga qaratilgan usullardan yana bir muhimi ijtimoiy sohaga 
taalluqlidir. Bunda avvalo ishsizlikni oldini olish juda muhimdir. Chunki ahvolni 


136
og`irlashtiradigan, notinchlikka olib keladigan muhim sabablardan bo`lgan inqiroz 
natijasidan iborat ommaviy ishsizlik eng dolzarb muammodir. Aytganimizdek, 1929-
1933 yillar inqirozida 1/3 qism ishchilar ishsizlikka duchor bo`lgan edi. Buning 
asosida ishsizlik to`g`risidagi qonun katta ahamiyat kasb etib, bundagi tadbirlar bilan 
bevosita 4 mln. kishi jalb etilgan. Ko`p sonli dasturlarning bajarilishi, alohida mehnat 
lagerlarining tashkil etilishi bu muammoni xal qilishda juda qo`l kelgan. 
Bundan tashqari to`g`ridan-to`g`ri moddiy yordam ko`rsatish ham keng 
miqyosda qo`llanilib, bunga hukumat ttomonidan 5 mlrd. dollar ajratilgan va bevosita 
muxtojlarga, kamxarj shaxslarga, avvalo ishsizlar, o`rtasida taqsimlangan. 
Ruzveltning “yangi kurs” siyosati inqirozdan chiqishda va iqtisodiyotni 
sog`lomlashtirishdagi barcha tadbirlarni amalga oshirilishida konsolidatsiyaga 
erishish, bunda milliy birlikni ta’minlay olish, vatanparvarlik tuyg`usini uyg`ota 
olishlik xal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Amerikacha milliy birlik, g`urur bundan 
keyin ham Amerika jamiyatining taraqqiyotida ko`p ahamiyatli rol o`ynagan. Chunki 
chuqur inqirozdan chiqish, depressiyaning oldini olish ko`p yo`qotishlarni talab etib, 
talofatlardan qutilish, barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirish tufayli taraqqiyotga 
yo`l ochishni talab etadi.
Iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, raqobatdoshlikni ta’minlash, ish o`rinlarining 
qimmatlashib borishi kabilar va shuningdek ayniqsa xomashyolarga jahon narx-
navolarining ko`tarilib borishi yangi resurslarni saqlovchi texnologiyani qo`llash, 
mehnat unumdorligining o`sishini ta’minlovchi texnika va ish usullarini qo`llagan 
xolda ishlab chiqarishni yangilab borish ilg`or iqtisodiyotni yuzaga keltirishda asos 
bo`lib xizmat qilgan. Bu esa ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish va yangi serunum 
texnika va texnologiyalarga talabni kuchaytirib bordi. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish