Ma`naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
REJA
1. Iqtisodiyot tushunchasi. О‘zbekiston Respublikasining о‘ziga xos bozor iqtisodiyoti yо‘lidan rivojlanishi.
2. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyatning yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishish sharti ekanligi.
3. О‘zbekiston milliy mustaqilligining iqtisodiy va ma’naviy ma’rifiy asoslari.
3.1. «Iqtisodiyot» sо‘zining lug‘aviy ma’nosi – sarf – harajatda ehtiyotkorlik, tejamkorlik mazmunini berib, mazkur tushunchaga adabiyotlarda turlicha ta’riflar berib kelinmoqda. Shulardan ba’zilarini havola etamiz: «Iqtisodiyot odamlar faoliyatining о‘zlari iste’mol qiladigan ne’matlarni ishlab chiqarish, uning natijalarini о‘zlashtirish, mavjud moddiy va mehnat imkoniyatlaridan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munsabatlarning juda muhim tomonidir. Iqtisodiyot qiziq bir olam bо‘lib, turli kasbdagi, millat va jinsdagi, qarashlar va ruhiyatidagi, turli mintaqa va qit’alardagi odamlarning tirikchilik vositalarini yaratish va iste’mol qilish bо‘yicha amalga oshiradigan aloqalari va bog‘liqlarining ifodasidir,»- deyiladi. A. Abdullayevning “Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur” asaridagi ta’rifda esa: «Iqtisodiyot deganda kishilar hayotini ta’minlaydigan moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va uning iste’moli bilan bog‘liq barcha sohalarning yig‘indisi va ayni jarayonda ishtirok etayotgan odamlarning faoliyati, ular о‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlar, munosabatlarning yaxlit birligini tushunmoq kerak,»- deyilgan. Berilayotgan ta’riflarning barchasida ham, insonlar faoliyati, insonning moddiy noz-ne’matga bо‘lgan talab va ehtiyoji, uni qondirish uchun mahsulotlarni ishlab chiqarishi, ularning taqsimoti masalalarini ifodalaydi. Iqtisodiyotga inson hayoti va moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyati bilan uyg‘un holda qarash tо‘g‘ri bо‘ladi.
Kishilar hamisha va har doim oziq-ovqat, kiyim – kechak, turar joy, ishlab chiqarish qurollari va vositalariga muxtoj. Hayvonot dunyosi ham oziq-ovqatga muxtojlik sezadi. Inson ishlab chiqarish orqali о‘z ehti-yojlarini qondiradi, hayvonlar esa hech nima ishlab chiqarmaydilar. Insonlarning moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va bu borada yuzaga keladigan munosabatlarni iqtisodiyot fani о‘rganadi.Abu Ali ibn Sino va Abu Abdulloh al Xorazmiylar fanlarni tasnif qilar ekanlar, iqtisodiyotni xо‘jalik yuritish sohasidagi fanlar qatoriga kiritganlar.
Ishlab chiqarishning о‘sishi va kishilar, mamlakatlar, xududlar о‘rtasidagi turli aloqalar, avvalo iqtisodiy aloqalar bozor munosabatlarini keltirib chiqargan. Markaziy Osiyoda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllangan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, bundan ming yillar muqaddam Buxoro va Xiva savdogarlari odamlar kо‘zini quvnatib, hayron qoldirgan turli-tuman buyum va tovarlarni Hindiston va Xitoyga, Rossiya va g‘arbiy Ovrо‘pa mamlakatlariga qadar yetkazib borganlar. Markaziy Osiyoda bozor munosabatlarining qadimdan rivoj topganiga «Buyuk Ipak yо‘li» yaqqol misol bо‘la oladi. Bozor bu insonlar, mamlakatlar, xududlararo iqtisodiy aloqalar va ularni amalga oshirish maydonidir. Shunday ekan, hozirgi zamon tilida ishlatilayotgan bozor iqtisodi tushunchasi va uning mohiyati nima? Uni qisqacha ifodalaydigan bо‘lsak, u quydagilarni anglatadi:
Bozor iqtisodi degan sо‘z birinchi navbatda muloqot, gaplashish, kelishish, savdolashish orqali ikki tomon manfaatlariga mos keladigan, qoniqtiradigan umumiy narxni, raqamni, xulosani topish demakdir. Bozor iqtisodi insonni, ishlab chiqaruvchini ya’ni tadbirkorni о‘ylashga, aql-zakovatini, farosatini ishlatishga majbur qilishi bilan qimmatlidir.
Bozor iqtisodining asosiy sharti va talabi-kishilar ehtiyojini qondiradigan mumkin qadar kо‘proq va mumkin qadar sifatliroq, arzonroq, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Huddi shu talablarni amalga oshirishning eng qulay sharoitlarini kapitalizm davri yuzaga keltirdi. Natijada insoniyat keyingi besh asr ichida о‘zidan oldingi hamma jamiyatlardan kо‘ra kо‘proq moddiy va ma’naviy qadriyatlar yarata oldi. Bozor iqtisodi hukmron mamlakatlar moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarishning haqiqiy qaynar bulog‘iga aylandi. Bu davrda insoniyatning haqiqiy aqliy salohiyati, yaratuvchilik imkoniyatlari tо‘la namoyon bо‘ldi.
Jahon tajribasi, shu ju jumladan о‘zimizning mamlakatimiz tajribasi ham iqtisodiyot faqat uning о‘zigagina xos bо‘lgan qonunlar asosida rivojlanib borganligini kо‘rsatadi. Bozor munosabatlarining qonunlarini nazar – pisand qilmaslik, buzish iqtisodiyotni og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunonchi, sobiq Ittifoqda 70 yildan ortiqroq davr mobaynida bozor iqtisodiyotiga aloqasi bо‘lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib kо‘rildi. Bu sobiq mustabid tuzumga va uning xalqiga juda qimmatga tushdi. Oqibatda mazkur tuzum tanazzulga uchradi.
О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‘ng, u qaysi yо‘ldan borishi kerak, degan masala oldimizda kо‘ndalang bо‘lib turdi. Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillikka erishishimizning birinchi kunlaridanoq jahondagi turli mamlakatlarning tajribalarini chuqur va har tomonlama о‘rganib, Mustaqil О‘zbekistonning bundan buyongi taraqqiyoti yо‘li bozor iqtisodiyoti munosabatlari yо‘lidan borish ekanligiga qat’iy ishonch hosil etdi.
Ammo bozor munosabatlarining qaysi yо‘li, qaysi shakli, qaysi andozasi biz uchun maqbul, qaysi birini о‘zimizning bundan buyongi taraqqiyotimiz uchun tanlab olishimiz kerakligi masalasi oldimizda turgan muammo edi. Bozor munosabatlariga о‘tish Angliyada 200 yil, boshqa mamlakatlarda 100-150 yil mobaynida, Yaponiya, Quriya va boshqa janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida 20-30 yil davomida shakllangan.
Bozor iqtisodiyoti va islohotlarning negizini tashkil qiluvchi yо‘llar, usullar va andozalarning xilma-xilligi, erkin bozor raqobatchiligi, iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi bilan qay daraja va yо‘sinda qо‘shib olib borilishi, ularning ijtimoiy yо‘naltirilganligi, hal qilinayotgan iqtisodiy muammolarning ustivorligi bilan bog‘liqdir.Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov katta shijoat kо‘rsatdi. Bozor munosabatlariga о‘tishning jahonda orttirilgan barcha ijobiy tajribalarni о‘rganib, ulardan tо‘la foydalangan holda xalqimizning tarixiy taraqqiyotiga, ruhiyatiga, mentalitetiga, milliy xususiyati, iqlim shart-sharoitlariga, mamlakatimizning jug‘rofiy mavqeiga asoslangan о‘zimizga xos va mos yо‘lni belgilab oldik.
Ushbu yо‘lning, konsepsiyaning qoidalari Prezidentimiz kitoblarida, maqolalarida va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda, xususan Islom Karimovning «О‘zbekistonning bozor munosabatlariga о‘tishining о‘ziga xos yо‘li» asarida har tomonlama asoslanib, bayon qilib berilgan. Bu «О‘zbekiston yо‘li»-«Islom Karimov yо‘li» sifatida jahon bо‘yicha yuksak baholanib kelinmoqda. О‘zbekiston о‘zi uchun tanlab olingan maxsus yо‘l ijtimoiy sohaga yо‘naltirilgan, respublikaning manfaatlari, shart-sharoitlari va xususiyatlariga kо‘p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir.
Ushbu tanlangan yо‘lning mohiyati О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov ishlab chiqqan va ilgari surgan bozor munosabatlariga о‘tishning besh tamoyilida о‘z ifodasini topgan. Ularda Respublika aholisining turmush tarzi, faoliyati hisobga olindi. Bu tamoyillar faqat bizning mamlakatimizda emas, endilikda boshqa mamlakatlarda ham tan olinmoqda. Mazkur tamoyillar quydagilar:
Birinchidan, iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi;
Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi
Uchinchidan, qonun ustivorligi;
Tо‘rtinchidan, kuchli ijtimoiy himoya;
Beshinchidan, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishdir.
Prezidentimiz ishlab chiqqan mazkur tamoyillar zaminida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ma’naviy barkamollik zarurligi о‘z ifodasini topdi. Ya’ni islohotlar isloxatlar uchun emas, balki inson uchun, uning farovonligini ta’minlashga hizmat qilishi belgilangan. Insonlarda va jamiatda ma’naviyat taraqqiy qilsagina, islohotlarni amalga oshirish ham yengillashib boraveradi. Shuning uchun Prezidentimiz ma’naviyatni kо‘tarish masalasini islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishining muhim sharti sifatida belgilab bergan. U «Bozor munosabatlariga о‘tish hayotiy yetuklik va sabr matonatni sinovdan о‘tkazuvchi о‘ziga xos imtihondir. Bunda ma’naviy bо‘shliqqa yoki kо‘ngilga kelgan ishni qilaberishga mutlaqo yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi . Shu sababli biz ma’naviy- ruhiy tiklanish va poklanish muommolariga alohida ahamiyat beryapmiz», - deb kо‘rsatgan edi.
Ma’naviy-ruhiy inqiroz mavjud bо‘lgan joyda, iqtisodiy taraqqiyotga erishib bо‘lmasligi bu haqiqatdir. Ma’naviyati yuksak inson, vaqtinchalik mavjud bо‘lgan iqtisodiy qiyinchiliklar oldida dovdirab qolmaydi, u istiqbol bilan harakat qiladi, farzandlari, millati va mamlakatning porloq kelajagi yо‘lida samarali mehnat qilishni о‘zining turmush tarzining asosiy tamoyiliga aylantira oladi.
Bu О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tishda ma’naviy omilning iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri borasida olib borilgan yо‘lning mazmunini tashkil qiladi.
3.2. Insonning ishlab chiqarish faoliyati nafaqat iqtisodiy, balki о‘zining ma’naviy jihatlariga ham ega. Iqtisodiyot bilan ma’naviyat rivojiga bir xil katta ahamiyat bergan jamiyat о‘zining yirik ijtimoiy ziddiyatlarisiz va qarama – qarshiliklarsiz barqaror taraqqiy etishi uchun zamin yaratadi.
Iqtisodiyot va ma’naviyat uyg‘unligi, hamoxangligi ta’minlangan mamlakatda rivojlanish, taraqqiyotda kо‘zlangan maqsadga erishish oson kechadi. Tarix saboqlaridan shu narsa aniq va ravshanki, qaysi bir davlat yoki jamiyat asosiy e’tiborni faqat moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va kо‘paytirishga qaratib, uni yaratuvchi insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishni о‘ylamasa, u albatta tanazzul va inqirozga yuz tutadi. Ma’naviyatsiz iqtisod va iqtisodiyotsiz ma’naviyat yuksak bosqichga kо‘tarila olmaydi.
Oldin iqtisodiy masalalarni, vazifalarni hal qilib, sо‘ng ma’naviyat bilan shug‘ullanish lozim deguvchi ba’zi bir siyosatchi va nazariyotchilarning fikrlari mutlaqo xato bо‘lib, yangi jamiyat, yangi hayot qurish jarayonida faqat zarar yetkazishi mumkinligini bugun hayotning о‘zi har qadamda tasdiqlab bermoqda.
Yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida iqtisod va ma’naviyatning о‘zaro uyg‘unligi jamiyat taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillaridan biri ekanligini kо‘rsatib shunday degan edi:
“...insonga xos orzu- intilishlarni rо‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bо‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak... о‘rinli bо‘ladi.
Qachonki ana shu ikki muhim omil о‘zaro uyg‘unlashsa, tom ma’nodagi qо‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida о‘sish- о‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bо‘ladi.”
Mamlakatimizda islohotlarni amalga oshirish jarayonida iqtisodiy va ma’naviyatning о‘zaro uyg‘unligi asos qilib olinganligi hamda ahamiyati haqida Prezidentimiz: “Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni о‘zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og‘ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bо‘lgan muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda... faqat moddiy boylik ortida quvish – xalqimizning azaliy orzu intilishlariga ham, insoniylik bilan yо‘g‘rilgan milliy qadriyatlarimiz mohiyatlariga ham tо‘g‘ri kelmas edi. Shu bois islohotlarni amalga oshirishda ma’naviyat va iqtisodiyot bir-birini inkor etmaydi, aksincha, bir birini quvvatlab, о‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi, degan qoidani о‘zimiz uchun dasturi amal sifatida belgilab oldik”, - degan edi. Chunki har qanday iqtisodiy masalalarni ma’lum ma’naviyat va ma’rifat sohiblari hal etadilar. Mamlakat qanchalik iqtisodiy rivojlangan bо‘lsa, bu mamlakatda ma’naviyat va ma’rifat shuncha yuksak bо‘ladi. Yuksak ma’naviyat va ma’rifatga ega bо‘lgan mamlakatning iqtisodiy kuch-qudrati ham yuqori bо‘ladi. Demakki, ma’naviyati va ma’rifati yuksak inson yurt, mamlakat, xalq oldida о‘ziga yuklatilgan ma’suliyatni chuqur his etadi. Shu yurt, mamlakat, xalq uchun halol, fidokorona yaratuvchilik, bunyodkorlik mehnati bilan uning yuksaklikka parvozi uchun о‘z hissasini qо‘shishi kerakligini teran his etadi. Shunday qilib, yuksak ma’naviyat va ma’rifat yuksak iqtisod bilan, yuksak iqtisod esa yuksak ma’naviyat va ma’rifat bilan bog‘lanib ketgan jamiyatda taraqqiyot oson kechadi..
Ayrim kishilar erkin bozor iqtisodi sharoitida ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy qadriyatlarning qiymati tushib ketadi, madaniyat va ma’naviyat ikkinchi darajali narsaga aylanadi, ma’naviy qashshoqlik avj oladi, deb da’vo qiladilar. Erkin bozor iqtisodiyoti bilan ma’naviyatni bunday qarama – qarshi qо‘yish mutlaqo о‘rinsiz, aksincha yuqorida aytganimizdek ular bir-birlarini tо‘ldiradi, chunki faqat ma’naviy sog‘lom, kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bо‘lishi mumkin.
Mustaqillik yillari iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarning о‘zaro mutanosib uyg‘un tarzda rivojlanib kelayotganligi mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bо‘lib xizmat qilmoqda.
Mana shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish XXI asr arafasi va uning dastlabki yillaridagi ustivor yо‘nalishlardan biri ekanligi ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisning birinchi sessiyasida belgilab qо‘yildi. Yurtboshimiz I.A.Karimov «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz» kitobida ta’kidlaganidek, har qaysi ijtimoiy toifa va qatlamning о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, umumiy gaplar bilan emas, amaliy ishlar bilan ma’naviyatni yuksaltirish diqqatimiz markazida bо‘lishi shart. Demak, ma’naviyat va iqtisod bir birini inkor etmaydi, balki bir- birini quvvatlab,о‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi. Hozirda iqtisodiy islohotlarning yangi, yuqori bosqichiga о‘tayotgan ekanmiz, demak ishlab chiqarish tarmoqlari ishga tushib, iqtisodiy yuksalish yuz beradi. Bu esa fan, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. Xususan, bunga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uni amalga oshirish borasidagi ishlar yaqqol misol bо‘la oladi.
Chunonchi, mamlakatimizda о‘tgan davr mobaynida 1200 dan ziyod akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4600 dan ortiq umumta’liim maktabi yangidan bunyod etildi, rekonstruksiya qilindi va zamonaviy о‘quv-labaratoriya jihozlari bilan ta’minlandi.
Kadrlar tayyorlash va maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturining ijrosi 2009 yilda tо‘liq yakunga yetgach, zamon talablariga javob beradigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 1.1million о‘quvchi, umumiy ta’lim maktablarida esa 3 million о‘quvchi ta’lim olish imkoniga ega bо‘ladi.
Ma’naviyatning birinchi о‘ringa qо‘yilishiga ikkita sabab bor:
Birinchidan, rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot tajribalari qо‘rsatdiki, faqat yuksak ma’naviyatgina yuksak iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashi mumkin. Ma’naviyat, yaratuvchanlik va faollikning asosiy manba’i hisoblanadi.
Ikkinchidan, respublikamiz iqtisodiy rivojlanishini orqaga surayotgan, unga tо‘siq bо‘layotgan sabablardan eng muhimi-ma’naviyatsizlik ekanini anglab yetdik. Bu haqiqat achchiq bо‘lsa ham, ammo uni tan olmasdan ilojimiz yо‘q.
Iqtisod, ma’naviyat va ma’rifatning о‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligini bizning ota-bobolarimiz tо‘g‘ri tushunib yetganlar. Shunga tayangan holda ular komil, ma’naviyati yuksak inson haqida butun bir axloqiy talabalar majmuasini, boshqacha aytganda axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Undagi asosiy о‘zak, jihat kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasaiz isyon bо‘lishi, bozor munosabatlarida insof va diyonat, xaridorga munosabatda samimiylik, yumshoq muomala, xaridor kо‘nglini topishga intilish asos qilib olingan.
Ma’naviyati yuksak kishi birovning haqiga, davlat, jamoa mulkiga hiyonat qilmaydi, sadoqatli bо‘ladi, Vatani, eli, yurti, xalqi uchun jonini fido etishga о‘zini ayamaydi. Buning aksi о‘laroq, ma’naviyati qashshoq kishilar nopok, firibgar, poraxо‘r, о‘g‘ri, qallob, Vatan va millat manfaatlariga befarq qaraydi.
Kelajakda О‘zbekiston yuksak darajada rivojlangan iqtisodiyoti bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviyati yetuk farzandlari bilan ham jahonni hayratga solishi va unga yuz tutishi lozim. Bunga esa iqtisod va ma’naviyat, ma’rifatni birga, о‘zaro mutanosib, mushtarak rivojlanishiga ahamiyat berganimizdagina erishishimiz mumkin.
Ma’naviyat va ma’rifatli, iymonli kishilargina о‘zining halol-pok mehnati bilan boylik yaratuvchi, izlanuvchi, insofli, mehnatsevar, tadbirkor, el-yurt dardiga malham bо‘luvchi haqiqiy vatanparvar bо‘ladi. Shunday fuqarolarga ega bо‘lgan mamlakat, jamiyat iqtisodiy taraqqiyot pog‘onalarida uzluksiz yuqoriga kо‘tarilib boradi.
Kelajak yoshlarniki bо‘lgani uchun ham mamlakatimizda ularning ma’rifatli, tadbirkor, zukko va о‘z kasbining ustasi, iymon-e’tiqodli, zamon talablari darajasida yetuk, ma’naviy barkamol bо‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berilmoqda. Ilm-fan, ta’lim – tarbiya, hunar egallashni izchillik bilan amalga oshirish iqtidorli yoshlarga ochilgan keng imkoniyatdir. Bu boradagi olib borilgan ish Oliy Majlisning IX sessiyasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risidagi» qonunini qabul qilinganligidan hamda bu masala ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasida ustivor yо‘nalishlardan biri qilib belgilanganligida о‘z ifodasini topgan.
2010 yilning yurtimizda “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi mamlakatimiz aholisining 64 foizini tashkil etgan yoshlarimiz kelajagi, ularning kim bо‘lib yetishi, ma’naviyati haqidagi masala ustivor vazifa sifatida belgilab olindi. Bu vazifani amalga oshirish uchun mamlakatimizda ta’lim sohasini bosqichma – bosqich, aniq maqsadga yо‘naltirilgan holda isloh qilish bо‘yicha uzoqni kо‘zlagan dasturlar amalga oshirib kelinmoqda. Buning natijasida yoshlarimizning eng yuksak talablar darajasida umumta’lim olishi bilan bir qatorda ularning о‘z qobiliyatini rо‘yobga chiqarishi, jamiyatda munosib va mustahkam о‘rin egallashi uchun aniq mutaxassislikka ega bо‘lish imkonini beradigan yaxlit, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi yaratildi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bizning kelajagimiz, mamlakat kelajagi о‘rnimizga kim kelishiga bog‘liq. Bugun yoshlarimiz qanday qadriyatlar sari intilayotgani, qanday orzu-niyat va о‘y-hayollar bilan yashayotganiga aslo loqayd va befarq qaramasligimiz kerak. Ota-ona, ustoz-murabbiy, yetakchi –rahbar sifatida bu jarayonni chetdan turib kuzatishga haqqimiz yо‘q, chunki ma’naviyat sohasida bо‘shliq bо‘lmaydi.
Mamlakatimizda bozor islohotlarni amalga oshirishda aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilash, uning farovonligini oshirish, qolaversa iqtisodiyotimizni rivojlantirishning eng muhim yо‘nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat kо‘rsatish va kasanachilik sohalarini qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag‘batlantirish ustivor yо‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Chunki, ayni shu sohalar biz uchun eng о‘tkir bо‘lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda, ichki bozorimizni iste’mol tovarlari bilan tо‘ldirishga salmoqli hissa qо‘shishda о‘ziga xos lakomativ vazifasini bajarib kelmoqda. Shu fikrlardan kelib chiqib 2011 yil Prezidentimiz tashabbusi bilan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili »deb e’lon qilindi.
Bozor iqtisodiyoti va uning rivojlantirishining asosida tadbirkor va uning faoliyati yotadi.Zotan, bozor iqtisodiyotining talabi tadbirkorlik va ishbilarmonlikdir. Tadbirkor va tadbirkorlik nima? Tadbirkor ma’naviyati qanday bо‘lishi kerakligi masalasi hech birimizni, xususan unga intilayotgan bugungi yoshlarimizni befarq qoldirmasligi lozim.
Tadbirkor- bu dadil, muhim va murakkab maqsadlarni rо‘yobga chiqarish uchun jazm etib, yangi g‘oyalarni amalga oshirishi bilan bog‘liq bо‘lgan, butun ma’suliyatni о‘z zimmasiga olib tavakkal ish yurituvchi shaxsdir.
Tadbirkorlik esa- bu mulkchilik subektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida ishlab chiqarishning biron-bir sohasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat yuritishdir. Soddaroq qilib aytganda tadbirkor jamiyat xayotida iqtisodiy sohaning tashkilotchisidir.
Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, kishilarga kuch-g‘ayrat bilan birga, bilim va tajribasi, aql-idroki, kasb malakasi yetarli bо‘lgan, qonunlarni, о‘z haq-huquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilgan, ya’ni ma’naviyati yuksak odamgina tadbirkorlik yoki fermerlik bilan shug‘ullanishi, о‘z xususiy ishini oqilona va samarali tashkil etishi mumkin.
Ilm va insof, riyozat va farosat, halollik va tо‘g‘rilik, faollik va ishning kо‘zini bilish, tejamkorik va boshqalar bugungi kun tadbirkorlarining ma’naviy fazilatlari bо‘lib qolmog‘i lozim. Tadbirkorning bosh fazilati- farosat, aql-zakovat bilan ish yuritishdir. Farosat, avvalo, о‘zini anglash, о‘z avholini, imkoniyatlarini tо‘g‘ri idrok etishdir. Ikkinchidan, о‘zgani tushunish, о‘zgalarning ehtiyoji, hoxishi, imkoni xaqida tо‘g‘ri tasavvur hosil qila bilishdir.
Hozirgi kun tadbirkori quyidagi yuksak ma’naviylik qirralariga ega bо‘lishi zarur:
Ma’naviy pok, ma’rifatli bо‘lishi kerak;
Vatan oldidagi burchini tо‘g‘ri anglashi ;
Halol va xaromni ajrata bilishi, xaromdan xazar qilishi;
Ma’rifatli, dunyoqarashi keng qamrovli, bir yoqlamalilikdan holi bо‘lishi;
О‘zi boshlagan ishga qat’iy ishongan bо‘lishi, aniq maqsadni о‘z oldiga qо‘ygan va uning natijalarini aniq tasavvur eta bilgan bо‘lishi;
Yо‘l qо‘ygan о‘z xatolarini tan ola bilishi va uni о‘z vaqtida tо‘g‘irlashga intilishi, tavakkalchasiga ham ish yuritishi va unga bora bilishi;
Farosatli, insofli, mehnatsevar bо‘lishi;
Dunyoviy bilimlarga va о‘z dunyoqarashiga ega bо‘lishi;
О‘z sohasiga oid qonun va qarorlarni mukammal bilishi va ularga qat’iy amal qilishi;
Boylikka, shaxsiyatparastlikka, manmanlikka berilmasligi, kamtar, oliyjanob, sofdil, odob-axloqli bо‘lishi;
Xorijiy tillarni bilishi;
Adolatli, mard, qat’iyyatli, sabr-toqatli, xozirjavob va boshqa fazilatlarga ega bо‘lish.
Jamiyat va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi kishilar farovonligining oshishida tadbirkorlik muhim omil ekan, demak tadbirkorning ma’naviyati haqida ham qayg‘urish lozim bо‘ladi.Chunki, bu muammolarni yuksak ma’naviyat soxibi bо‘lgan tadbirkorlar hal qiladilar. Ular shu davlat va shu mamlakat menga nima berdi? deb emas, balki men mamlakatga, kishilarga nima berdim, ularga qanday yaxshilik qildim, qanday foydam tegdi? degan ma’naviylik asosida ish tutadilar.
Xullas, mustaqil О‘zbekiston tanlab olgan bozor iqtisodiyoti yо‘li shuning uchun ham istiqbollikki, u har bir kishidan о‘ta tadbirkorlikni, hozirjavoblikni, tejamkorlikni, uddaburonlikni, vaqti-soati kelganda sabr-toqatlilikni, sovuqqonlikni, har bir vaziyatda ishning kо‘zini bilishni, muomalada nihoyatda ehtiyotkorlikni, har bir sо‘zning shakli va mazmunini ajratishni va farq qilishni va boshqalarni talab etadi.
3.3. Mamlakatimiz о‘zining kо‘p asrlik davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirish tarixiga egadir. Uning davlatchilikni vujudga keltirish tajribalari mustaqillikni mustahkamlashimizga о‘zining ijobiy ta’sirini о‘tkazib kelmoqda. Ayniqsa, о‘zbek davlatchiligi tajribalarida ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan siyosatning ahamiyati nihoyatda kattadir. О‘zbekiston milliy mustaqilligining iqtisodiy asoslari tо‘g‘risida sо‘z ketganda uning noyob tabiiy-xom ashyo imkoniyatlari haqida alohida aytib о‘tish lozim. “О‘zbekiston kelajagi buyuk davlat”, “О‘zbekiston boy imkoniyatlar mamlakati” deyilganda xuddi shu imkoniyatlar ham nazarda tutilganini yoddan chiqarmasligimiz kerak.
Yurtboshimiz Islom Karimovning «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «О‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati», «О‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”nomli asarlarida bu haqda batafsil fikr yuritilib mustaqilligimizning iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy asoslari nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Yurtboshimiz Islom Karimov haqli ravishda ta’kidlaganidek, О‘zbekistonda tabiiy boyliklar, unumdor yer, katta iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, insoniy va ma’naviy salohiyat mavjud. Eng muhimi, bu diyorda mustaqillikni asrab avaylash, mustahkamlashga, farovon hayotni о‘z kuchi, о‘z aql zakovati bilan barpo etishga qodir bо‘lgan mehnatsevar va iste’dodli xalq yashaydi.
О‘zbekistonda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari istiqbolli joylar aniqlangan. Ularning birgalikdagi qiymati mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislar bahosiga kо‘ra 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotir.
Har yili Respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda.
Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, vol’fram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bо‘yicha О‘zbekiston dunyoda yetakchi о‘rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bо‘yicha О‘zbekiston dunyoda 4-о‘rinda, qazib olish bо‘yicha 7-о‘rinda, mis zahiralari bо‘yicha 10-11-о‘rinda, uran zahirasi bо‘yicha 7-8-о‘rinda turadi.
О‘zbekiston noyob yoqilg‘i – energetika resurslariga ega ekanligi bilan xam ajralib turadi. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kub metrga yaqin, kо‘mir zahiralari – 2 milliard tonnadan ortiq, 350 million tonnaga yaqin neft zahiralari mavjud.Demak mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashda yetarli darajada iqtisodiy manbalar mavjud.Shu manbalarni ishga tushirish inson saloxiyatiga, ma’rifatiga bog‘liq.
О‘zbekistonning yirik sanoati 200 tarmoqni о‘z ichiga oladi. 2000 dan ziyod zavod va fabrikalarda juda kо‘p sohada qо‘llaniladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Respublika rivojlangan ichki transport va aloqa tizimiga egaligi bilan ham ajralib turadi. Chunonchi, temir yо‘llar tarmog‘i uzunligi 6700 km, avtomobil yо‘llarining uzunligi 80 ming kilometrdan ortiq.
О‘zbekiston qudratli ilmiy-ma’naviy potensialga ham egadir. Respublika hududida Fanlar akademiyasi, 120 dan ziyod ilmiy tadqiqot institutlari, 65 dan ortiq Oliy о‘quv yurtlari, 1200 dan ziyod akademik litsey va kasb-xunar kolleji, 4600 dan ortiq umumta’lim maktablari mavjud.Ilmiy xodimlar soni 100 mingdan ortiq bо‘lib, ular orasida 200 dan ortiq akademik, 2200 ga yaqin fan doktorlari va professorlar, 14600 dan ziyod fan nomzodlari va dotsentlar bor. Binobarin, ushbu sohalarning hammasi aholini yuksak ma’naviyat sari yetaklashda muhim omil hisoblanadi.
О‘zbekistonning mehnatsevar, iste’dodli va mehmondо‘st xalqi Respublikaning chinakam boyligidir. Markaziy Osiyodagi barcha mehnat resurslarining 40% ga yaqini О‘zbekiston hissasiga tо‘g‘ri keladi.
Mustaqillik yillari О‘zbekistonda barqarorlik va tinchlik,fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo totuvlik saqlanib turibdi.О‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari bо‘lgan 25 milliondan ortiq kishi yashaydi. Tinchlik, ijtimoiy totuvlik va adolat g‘oyalari bizning ajdodlarimiz qoldirib ketgan ma’naviy meros hisoblanadi.
Jamiyatning ulkan boyligi, taraqqiyoti xalqning abadiy qadriyatlari, urf-odatlariga, ajdodlar qoldirgan boy ma’naviy merosiga, ma’naviyatiga borib taqaladi. Chunonchi, о‘tmishdagi beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan va hozirda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qо‘lyozma asarlar bizning beqiyos ma’naviy merosimiz sanaladiki, ular bugungi kunda mustaqilligimizning ma’naviy-ma’rifiy asosi sifatida xizmat qilmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz xududida mavjud bо‘lgan va umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO rо‘yhatiga kiritilgan tо‘rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obidalar ham О‘zbekiston milliy mustaqilligining ma’naviy asoslarini tashkil etadi. Bu meros xalqimizni о‘zligini anglashga xizmat qilib kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bino qanchalar baland bо‘lsa, uning poydevori ham shu qadar chuqur bо‘ladi. Biz buyuk davlat qurishni о‘z oldimizga maqsad qilib qо‘ygan ekanmiz, buning uchun zamonaviy siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy imkonlarimiz bilan bir qatorda tarixiy asosimiz, ya’niki 2700 yillik buyuk davlatchilik tariximiz, bundan 3000 yillar avval yaratilgan « Avesto»dek buyuk ma’naviy merosimiz kabi boy ma’naviy-ma’rifiy asoslarimiz mavjud.
Xullas, yuqorida kо‘rganimizdek juda katta tabiiy boyliklar zahirasi mavjudligi, qudratli sanoat bazasi, ilmiy va intellektual salohiyati, ma’naviy fazilatlar, davlat suvereniteti yangi jamiyat barpo etish, О‘zbekistonni rivojlangan, gullab yashnayotgan davlatga aylantirish uchun zarur bо‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy asos bо‘lib qoladi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish, iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, bozorga o’tishning tamoyillari, islohot, iqtisodiyot, ma'naviyat bog’liqligi va uyg’unligi, jamiyat taraqqiyoti, «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi», iqtisodiy va ma'naviy ustuvorlik, ma'naviyat va ma'rifatning yuksak iqtisodiy taraqqiyotiga erishish sharti, milliy mustaqillikning iqtisodiy va ma'naviy – ma'rifiy asoslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |