232
ijobiy tomonlari ko`p bo`lgan. Oilaviy bir-birini qo`llash, ishonch kabilar mavjud
bo`lib,
kompaniya, firmalar xatto oilaviy-klanlik asosida tashkil topishi kabilardir.
Birgalikda ish tutish, har bir harakatning bir-biriga bog`liqligi, o`z vaqtida ijro
etishlik xususiyatlarining iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni albatta katta. Milliy
o`zgalikka qo`shni Xitoy va Koreyaning ta’siri katta bo`lgan. Ma’lumki, asriy
qo`shnilik diniy, urfiy umumiylik, iqtisodiy aloqalar albatta o`z izini qoldirgan. Shu
bilan birga bu mamlakatlarning Yaponiya asoratida bo`lishining ham ta’siri bo`lgan.
Aytish
mumkinki, bu xususiyatlar Yaponiya iqtisodiy “mo`jiza”da ijtimoiy
hayot ta’siri sifatida yuz bergan. G`arbdagilarning bunday xolatga “yagona oila” deb
nom berishida albatta jon bor. Chunki Yaponiya “mo`jiza”sida milliy birlik ta’siri
bo`lib, Yaponiya kompaniyalari buni yapon xalqiga xos sinfiy dunyo tariqasida
foydalanishga urinilgan va g`oyaviy turtki sifatida ishlatilgan. Ma’lumki, G`arb va
Amerika bilan raqobatda albatta millatni birlashtirish, jipslashtirishda qo`l kelgan.
Yaponiya kompaniyalari esa bundan o`z manfaatlariga qaratgan xolda korxonalarini
“ikkinchi oila” sifatida foydalanib, ishchi-xizmatchilarni o`ziga
jalb etishda bu
g`oyani keng qo`llashga harakat qilganlar. “Ikkinchi oila” g`oyasi yapon
menejmentida katta o`rin egallaydi. Buning natijasi shuki, yollanuvchi kopaniyada
deyarli umrbod band bo`lishi kerak. Ish joyini almashtirish faqat kompaniya ichida
bo`lib, kompaniyadan chiqib ketmasligi kerak, ya’ni u kompaniyani oilaga o`xshatib,
doimiy bog`langan bo`lishligi talab etiladi. Bunday tartib G`arbda tushunilishi qiyin.
Chunki bu yerda ishchi-xizmatchilarning ish joylarini o`zgartirishi odatiy tusda
bo`lib, erkin xolda kompaniyalarni
almashtira oladilar, kompaniyalarni o`z istagi
bo`yicha o`zgartiraberadilar va ularni shaxsiy bog`liqlik tomonlari yo`q.
Yaponcha “ikkinchi oila” tartibining qo`llanilishida katta ustunlik mavjud.
Chunki kompaniya ichida ish joyini o`zgartirish kompaniya bilan yaxshi tanishish,
uni maqsadini, tizimini to`liq tushunish imkonini beradi. Kompaniya faoliyatini to`la
xolda bilish, ayniqsa boshqaruvchi menejerlar uchun zarurdir. Yirik Yaponiya
“Ma
ц
usita Denki» kompaniyasining asoschisi Ma
ц
usita
bu sohada quyidagilarni
ta’kidlaydi:
233
1.Siz bilan ishlaydigan odamlarni oilangiz a’zolari deb biling. Muvaffaqiyat
avvalo ish bilan bog`liq bo`lgan odatlarning bir-birini yaxshi tushunishlariga
bog`liqdir.
2.Tovarlarni
sotilgandan
keyingi
ko`rsatiladigan
xizmatlar
undan
oldingilariga qaraganda qadrliroqdir. Chunki bunday xizmatlar doimiy mijozlarni
shakllantira oladi.
3.Iste’molchiga o`zini jalb etadigan tovarlarni emas, balki ularga foydali
tovarlarni soting.
4.Faqat xalol ishlashning o`zi kifoya emas. Qanday ishni bajarishdan qat’iy
nazar, o`zingizning ishingiz uchun yagona javobgar ekanligingiz to`g`risida
o`ylashingiz kerak.
5.Agar
foydasiz ishlasak, bu jamiyat oldidagi jinoyatdir. Jamiyat kapitali,
uning odamlari, uning materiallaridan foydalanamiz, foydasiz ularni bekorga sarf
etamiz, boshqa joyda bo`lsa ulardan samarali foydalanishgan bo`lishar edi.
Albata bunday tartib o`z vaqtida samarali bo`lib, G`arb kompaniyalariga ta’sir
ko`rsatgan. Davr o`zgarishi bilan erkin bozor munosabatlarining ta’siri kuchayib,
bunday odatlar ta’siri ham o`zgarib, takomillashuvi kerak.
O`z vaqtida yaponcha monopoliyalarning asosini klan-oilaviy firmalar tashkil
etib, ularning har biri o`nlab kompaniyalarni birlashtirgan. So`ngra
ular Ikkinchi
Jahon urushidan keyin Amerika va G`arbiy yevropa kompaniyalari tamoyili asosida
o`zgartirilgan xolda tashkil etilgan.
Yaponiya moliya tizimida aholi jamg`armalarining o`rni katta. Banklarga
ishonch yuqoriligi natijasida ular bank jamg`armalarining 20 foizini tashkil etadi va
kredit tizimida salmog`li o`rinni egallab, iqtisodiy rivojlanishda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: