9.3. Demokratik kapitalizm modeli
Yaponiya iqtisodiyotidagi “mo`jiza”da va uning qudratli darajasida Ikkinchi
Jahon urushidan keyingi islohatlar tufayli amalga oshirilgan chora-tadbirlarning
234
ahamiyati kattadir. Bunda Amerika okkupatsiya ma’muriyatining tashabbusi asos
hisoblanadi.
Iqtisodiy islohatlar juda qiyin axvolda amalga oshgan. Chunki Yaponiya
iqtisodiyoti to`la harbiy izda bo`lib, barcha narsalar chegaralangan, qat’iylik
sharoitida bo`lgan. Markazlashgan rejalashtirish, barcha narsalar oldindan qat’iy
belgilangan xolatda edi. Xatto haq to`lash oldindan aniq ko`rsatilgan, baholar
o`zgarmaydigan qat’iy belgilangan tarzda edi. Ishlab chiqaruvchilar ham oldindan
bir-biriga majburiy bog`langan, mol beruvchi va mol oluvchilar oldindan aniqlangan
hamda iqtisodiy aloqalarni qat’iy bajarish tartibi o`rnatilgan edi.
Shu bilan birga taqsimot ham qat’iy o`rnatilgan tartibda bo`lib, iste’mol
buyumlari kartochkalar bo`yichyaa taqsimlangan. Iqtisodiyotda qat’iy davlat tartibi
o`rnatilib, bunda hech qanday ihtiyoriylikka yo`l qo`yilmas edi. Davlat monopoliyasi
to`la hukmronlik qilib, iqtisodiyot militarizatsiya (harbiylashtirilgan) asosda davom
etar edi.
Yirik-yirik konsernlar mavjud bo`lib, asosan harbiy sanoatdan iborat bo`lgan.
Markazlashtirilgan harbiy mazmundagi iqtisodiyot mavjud bo`lib, bu tub
o`zgarishlarni talab etar edi. Sanoat yo`nalishini, moliyani, iqtisodiy tashkililikni
tubdan boshqacha usulda o`zgartirish zaruriyati tug`ilib, Yaponiya rivojini harbiy
izdan chiqarib, sog`lom iqtisodiyot yo`liga o`tkazish talab etilgan.
Bu o`zgarishlar demokratik kapitalizm modeli asosida amalga oshirilgan.
Bundagi birinchi navbatli masala Yaponiya harbiy mashinasini sindirib,
militarizatsiyani barbod qilish va uning iqtisodiy asosini yo`q qilib, erkin bozor
iqtisodiyoti taraqqiyotiga yo`naltirishdan iborat edi.
Buning uchun iqtisodiyotda keskin o`zgarishlarni amalga oshirish talab etildi.
Mehnat munosabatlari o`zgartirilib, harbiycha majburiylik o`rniga yollanishga
asoslangan munosabatlarga o`tish bilan bog`liq tadbirlar amalga oshirildi.
pomonolistik iqtisodiy siyosat qo`llanilib, monopoliyalar yo`q qilina boshladi. Yirik
xajmda konversiya qo`llanilib, harbiy mahsulotlarni o`rniga tinchlik hayotiy talab
mahsulotlari ishlab chiqarishga o`rnatila boshladi. Harbiy korxonalar bitirildi va
bundan keyin uning imkoniyatlarini yo`q qilish uchun davlat konstitutsiyasida qattiq
235
chegaralanish belgilanib, umuman mamlakat mudofaaa xarajatlari milliy mahsulotga
nisbatan 1 foiz bilan belgilanadi.
Byudjet islohatlari amalga oshirilib, pul muomalasi mustahkamlashtirildi va
valyuta kursi qat’iylashtirildi. Solig` siyosati o`zgartirilib, iqtisodiy normal
rivojlanish darajasiga qaratildi va shunga mos shalklari qo`llanila boshladi.
Natijada harbiy sanoat asoslari bo`lgan yirik konsernlar bitirilib, ularning
aksiyalari sotilib, juda katta konsernlar, ya’ni oilaviy xolding (“dzayba
ц
u”)
kompaniyalar bitirildi, monopol xolatdan chiqarildi, tinch mazmunli iqtisodiy
taraqqiyotga yo`l ochildi.
Bu islohatlar sobiq agressorning qurolsizlantirishga va demokratik iqtisodiy
taraqqiyotga yo`l ochib berdi. Normal iqtisodiy taraqqiyot sharoitlari yaratilib,
militarizatsiya o`rniga ishonchli muxit tug`ildi. Tashqi iqtisodiy strategiya o`zgarib,
eksport va import rag`batlantirila boshlandi. Davlat bilan biznes o`rtasida
kooperatsiya paydo bo`ldi.
Agrar islohatlar natijasida yirik yer egaligi bitirilib, ommaviy ravishda
yerlarni sotish amalga oshirildi. Natijada mustaqil fermer xo`jaliklari yuzaga keld. Bu
esa qishloq xo`jaligida normal rivojlanish asoslarini paydo qildi.
Okkupatsiya hokimiyati davlat korxonalari tizimini ham o`zgartirdi va
xususiy korxonalar moliyasini sog`lomlashtirish tadbirlarini qo`lladi. Moliyaviy
islohatlar esa korxonalarga jamg`arishning ichki manbaalirini tug`dirish imkonini
berdi.
Amalga oshirilgan islohatlarning tadbirlari yuqori malakali ish kuchining
mavjudligi, iqtisodiyotda ilmiy-texnik progressning keng qo`llanishning boshlanishi
kabilar Yaponiya demokratik kapitalizm modelini shakllantirib iqtisodiy “mo`jiza”
asosini yaratib berdi.
Iqtisodiy o`sishning tezlashuvi rivojlangan mamlakatlarga texnik jixatdan
yetib olish va texnologik o`zgarishlar davriga to`g`ri keladi. Chunki Yaponiya o`tgan
asr 50 – yillarida xomashyo va yoqilg`i resurslarini ommaviy qayta ishlash
texnologiyasini o`zlashtira boshlagan edi. Bu vaqtga kelib qora metullurgiya, ko`mir
konlari, elektrostansiyalar rekonstruksiya qilinib, savdo floti qayta qurilgan edi. 60 –
236
yillarga kelib harbiy korxonalarni konversiyalash asosida va yangi qurilish hisobiga
maishiy tovarlar, radioapparaturalar, avtomobil sanoati tarmoqlari yaratiladi. Shu
bilan birga neft-ximiya, sintetik va smola tolasi, elektronika tarmoqlarining urushdan
keyingi avlodlari yuzaga keladi. Raqobatbardoshligi bo`lmagan ko`mir shaxtalari
yopiladi va arzon import nefti energetik xo`jalikning yoqilg`i asosini tashkil etadi.
Tarmoqlar tuzumining qayta qurilishda yangi texnika asosida ishlov berish
sanoati tarmoqlarini yaratish asosiy yo`nalish hisoblangan. Buning asosiy sabablari
arzon va yaxshi o`rgatilgan serob ish kuchi mavjudligi, xomashyo va energetika
bo`yicha o`z manbaining yo`qligi, yangi texnologiyaga yo`l ochiqligi, ichki
jamg`armalar manbai mavjudligi, kapital xarajatlarni moliyalash mexanizmlarining
ta’minlanganligi kabi omillardan iboratdir.
Bu vaqtlarda Yaponiya ichki qarzlarga muxtoj emas edi. Tashqi qarzlari ham
asosan yo`q edi. Yirik tashqi qarzlardan foydalanilmagan. Pul tizimining
mustahkamligi bunda ancha qo`l kelgan. Korxonalarning moliyalashuvi assoan
banklar tomonidan bajarilgan.
Urushdan keyingi bolalar tug`ilishining yuqori darajada bo`lishi 1955-1970
yillar ichida mamlakat aholisining 90 mln.dan 104 mln. gacha yetkazdi.
Industrlashtirish qishloqlardan ish kuchi oqimini kuchaytirdi. Noqishloq xo`jaligidagi
bandlik 17 mln.dan 36 mln.gacha ko`tarildi, ya’ni 2 barobardan ortiqroq ko`paydi.
Bu jarayonlar yollanma ishlovchilarning daromadini juda tez o`sishi bilan
davom etdi. Mayda ishlab chiqarish juda tezlik bilan ko`paydi va mayda korxonalar
soni 1,5 barobar oshdi. Tez o`sish davri Yaponiyada hozirgi o`rta sinfni shakllantirdi.
Makroiqtisodiy darajada aholi talabidagi o`zgarishlarni aloxida ko`rsatish mumkin.
Chunki bu iqtisodiy o`sishning asosini tashkil etgan, ya’ni shu vaqtlarga kelib yalpi
mahsulot o`sishining 60 foizi shaxsiy iste’molga to`g`ri kelgan va 30 foizginasi
iqtisodiy o`sishga sarf etilgan. Shundan 18-20 foiz ishlab chiqarish qurilishi va
jixozlarning investi
ц
yaisini tashkil etgan.
Yaponiya yangi texnika asosida raqobatbardosh eksport tarmoqlarini
qurguncha o`sishning eng muhim cheklovchisi chet hisoblash xolati bo`lib kelgan.
237
Bu davr uchun dalvatning sanoat siyosati tavsifli bo`lib, bunda resurslarni
tarmoqlar o`rtasida taqsimlash, muayyan sanoat tuzumini tashkil etishda davlatning
faol aralashuvi mavjud bo`lgan. Zaruriy import to`lovlaridagi moliya kvotalari
muhim uskuna hisoblangan. Shu bilan birga chet investitsiyalaridan foydalanish faqat
individual tarzda qo`llanilib, amalda kartochka taqsimoti hukm surgan. Bu bilan ichki
bozorda chet raqobati minimumlashtirilgan. Demak, o`z vaqtida sanoat siyosatining
asosini proteksionizm tashkil etgan.
O`tgan asr 70 – yillaridagi ikki marta yuz bergan jahon neft inqirozi
Yaponiyada chuqur inflyatsiyani yuzaga keltirib, iqtisodiy o`sishni keskin
pasaytiradi. Qayd qilganimizdek, import nefti yaponiya energetikasining asosini
tashkil etar edi. Shu bilan birga 70 – yillarga kelib io` kuchining yangi resurslari
tugab, ekstensiv o`sish rezervi tamomlangan edi. Sanoat mahsuloti tovar
nomenklaturasining yangilanishi resursi ham tugagan edi. Bu kapital qurilishning
qimmatlashuvi, ish haqining ko`tarilishi, yangi ish joylarining jixozlarinishi
qimmatlashtirgan edi. Natijada iqtisodiy resurslarni tejash va kapital xajmli
o`sishning pasayishiga olib keladi. O`sish darajasi ikki barobar pasayishiga
qaramasdan jamg`arish normasi yuqoriligicha qolib, YAIMning 30 foizini tashkil
etgan.
Bu Yaponiya iqtisodiyotini borgan sari ilmiy sig`imli tarmoqlarga e’tibor
berishni kuchaytiradi. Bunda elektron mashinasozlik, zamonaviy aloqa vositalarini
ishlab chiqarish tarmoqlari yetakchilik qiladi. Erkin taraqqiyot kuchayishi bilan
davlatni iqtisodiyotni shatakka olishi qisqarib, uning sanoat siyosati o`z kuchini
yo`qotib boradi. Raqobatbardoshlikni yo`qotib borayotgan ichki ishlab chiqarish
mahsulotlari o`rnini import egallay boradi.
Bu Yaponiya iqtisodiyotining borgan sari jahon xo`jaligiga qo`shilishini
tezlashtirdi. Lekin tashqi iqtisodiy aloqalar erkinlashuvining uzoqqa cho`zilishi ichki
bozordagi kuchli raqobat sharoitida halqaro bozor raqobatiga chuqur tayyorgarlik
ko`rish imkonini tug`diradi.
Lekin dunyoda bunga boshqacha baho berish mavjud bo`lib, Yaponiya
iqtisodiyotini berk iqtisodiyot deb tushunish mavjud edi. Amalda esa ichki
238
iqtisodiyotni himoyalash va proteksionizm siyosati qo`llangan edi. Bunday chegaralar
olib tashlanib halqaro raqobatga to`la qo`shilish yuz berdi. 80 – yillarning o`rtalariga
kelib AQSH va G`arbiy yevropa mamlakatlari bilan bo`lgan savdoda katta ijobiy
savdoning yuzaga kelishi o`tkir kelishmovchiliklarga va Yaponiya uchun davlatlararo
iqtisodiy munosabatlarda muhim masalaga aylanishiga olib keladi. 1986 – yili
Yaponiya hukumati ijobiy saldoni iqtisodiyotning kuchli eksport tuzumining natijasi,
deb tushuntiradi va bunga tuzumiy disproportsiya mavjudligi sabab, deb aytiladi.
Importga imtiyozlar qo`llanila boshlab, chetga kapital chiqarish ko`chayadi va
Yaponiyaning chet mamlakatlardagi aktivi ikki barobar ko`payadi. Bu asosan ish
joylarini ko`payishi hisobiga bo`ladi. Natijada eksport tovar hisobiga emas, balki ish
kuchi o`rinlari hisobiga yuz beradi.
Yaponiyaning tashqi savdodagi o`rni katta. Jahon savdosida Yaponiyaning
hissasi 7,3 foiz (1997 yil)ni tashkil etadi. Dunyoning oltin rezervlarining esa 12,8
foiziga to`g`ri keladi. Mamlakatlarning jahon savdosiga tortish darajasi
iqtisodiyotdagi eksport va import kvotasi bilan belgilanadi. Yaponiyaning YAIMdagi
eksport kvotasi 10,5 foizga teng, ichki provordgi iste’moldagi import hissasi 10 foizni
tashkil etadi. Bu G`arbiy yevropa mamlakatlari ko`rsatkichlaridan ikki barobar past
va AQSHga yaqin.
Yaponiyaning tashqi savdo aylanishi eksporti 46,1 foiz rivojlangan
mamlakatlarga, shundan 27,8 foiz – AQSHga to`g`ri kelsa, rivojlangan
mamlakatlarga – 44,8 foizga to`g`ri keladi. Importning 45,7 foizi rivojlangan
mamlakatlarga, shundan 22,3 foizi – AQSHga, rivojlangan mamlakatlarga – 39,1 foiz
to`g`ri keladi.
Yaponiya eksportida 59,8 foiz ishlab chiqarish jixozlariga, uzoq muddatli
iste’mol buyumlariga esa – 17,7 foiz to`g`ri keladi. Importda esa 43,3 foiz xomashyo,
yonilg`i, yarimfabrikatlarga to`g`ri keladi, ishlab chiqarish jixozlari esa – 24,0 foizni
tashkil etadi.
Tashqi savdodagi eng yirik sherik AQSHdir. Ilgari neft ishlab chiqaruvchi
mamlakatlar asos bo`lib, ularning hissasi 19,6 foiz (1980 yil)dan 6,4 foiz (1996 yil)ga
239
tushib qoldi. Osiyodagi Janubiy Koreya, Tayvan, Malayziya, Tailandlarning ham
hissasi ortib bormoqda.
Tashqi investitsiyada birinchi o`rinda AQSH turadi va bundagi hissa 40
foizdan oshadi, 18 foizga yaqini Osiyo mamlakatlariga to`g`ri keladi. Umuman
Yaponiyaning tashqi investitsiyasi keyingi 6 yil ichida ikki martaga oshgan.
Yaponiyaning
tashqi
iqtisodiy
aloqalarida
o`tuvchi
iqtisodiyotli
mamlakatlarning o`rni ham ortib bormoqda. Buning ichida O`zbekistonning hissasi
ham sezilarli darajadadir.
Yaponiya hozirgi vaqtda G`arbiy yevropa Ittifoqi va AQSHdan keyingi
dunyoda uchinchi qudratli iqtisodiyot mamlakati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |