Davlat-xususiy sherikchilik loyihasini taklif etish tartibi. DXSh Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijasiga asosan tuziladigan bitim asosida amalga oshiriladi.
Bunda xususiy sheriklarga investitsiya majburiyatlarining quyidagi turlari yuklanadi:
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar tarbiyalanuvchilarining muayyan miqdorini o‘qitish va ular uchun ota-onalar to‘lovining imtiyozli miqdorini belgilash (mazkur joydagi davlat MTM uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan miqdorda);
xususiy sherikka biriktirilgan davlat MTMni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
Xususiy sheriklarni moliyalashtirish
Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi – davlat MTMning bitta tarbiyalanuvchisi uchun xarajatlar summasining 50%igacha. Moliyalashtirish mablag‘lari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasining alohida ochiladigan hisobvarag‘ida jamg‘ariladi. Jumladan Jahon banki va Osiyo taraqqiyot bankining kreditlari maxsus hisobvaraqni shakllantirish manbalariga aylanadi.
Maxsus hisobvaraq mablag‘lari tijorat banklariga foizsiz asosda nodavlat MTMni tashkil etish maqsadida ko‘chmas mulk sotib olishni imtiyozli kreditlash uchun, aynan:
ko‘p xonadonli uylarning I-II qavatlaridagi xonadonlarni sotib olish uchun taqdim etiladi.
Shuningdek, kreditlar DXSh to‘g‘risidagi bitim ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ham uchun ajratiladi.
Maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar tijorat banklari tomonidan maktabgacha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga yillik 1% stavka bo‘yicha 15 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilanajratiladi.
DXSh bo‘yicha loyihalarda qanday tashabbus ko‘rsatiladi va tanlov qanday o‘tkaziladi?
Nodavlat maktabgacha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish istagida bo‘lgan sub’ekt Maktabgacha ta’lim vazirligiga tegishli arizani beradi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
xususiy sherikning nomi va joylashgan joyi – yuridik shaxslar uchun, shaxsiy ma’lumotlari va yashash manzili – jismoniy shaxslar uchun;
loyihani amalga oshirish maqsadlari;
nazarda tutilayotgan bitim ob’ekti yoki yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Kelib tushgan ariza Vazirlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Ulardan ijobiy xulosalar olinganidan keyin tanlov e’lon qilinadi. Tanlov, shuningdek, vazirlik tashabbusi bilan ham o‘tkazilishi mumkin.
U boshlanishidan 30 kun oldin vazirlikning sayti va boshqa OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda tanlov savdolari o‘tkazilishi haqidagi e’lon joylashtiriladi. Tanlovda ishtirok etish uchun xususiy sherik quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Vazirlikka buyurtma topshiradi:
yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasport nusxalari – jismoniy shaxs uchun;
buyurtma taqdim etilishidan ko‘pi bilan 1 oy oldin muddatda soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
loyihani amalga oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini tasdiqlovchi - sof aktivlar, loyiha qiymatining kamida 25%i miqdorida boshqa tashkilotning kafilligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ariza maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi, tanlov taklifi loyihani amalga oshirish uchun eng maqbul deb topilgan ishtirokchi tanlov g‘olibiga aylanadi. 10 kun ichida u bilan DXSh to‘g‘risidagi bitim tuziladi
Xususiy sherikchilikning mazmuni quyidagi tushunchalardan iborat