NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Smeta-davlat ish faoliyati tizimidagi ahamiyati nimalardan iborat ekanligini tushuntiring.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlar ish vaqtining taqsimlanishi va mehnatga haq to‘lash qay tartibda amalga oshiriladi?
Bolalarni “Ovqatlantirish xarajatlari” moddasi asosida taomnoma tuzishda qanday normalarga amal qilinishi lozim?
Haq to‘lash, Stavka masalasi bo‘yicha qanday ma’lumotlarni bilasiz?
FERUZA
3-MA’RUZA: DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK ASOSIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI.
Reja:
1. Xususiy sherikchilikning mazmuni.
2. Davlat-xususiy sherikchilik loyihasini taklif etish tartibi.
3. Davlat-xususiy sherikchilik loyihasini amalga oshirishda tomonlarning huquq va majburiyatlari.
Tayanch so‘zlar: davlat-xususiy sheriklik, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim, davlat-xususiy sheriklik loyihasi, davlat sherigi, xususiy sherik
Xususiy sherikchilikning mazmuni.
Prezidentimiz tomonidan 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qaror qabul qilindi.
Hujjatda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikning (DXSh) quyidagi shakllarini joriy etish nazarda tutiladi:
nodavlat MTM binolarini qurish uchun tekin asosda yer uchastkalarini, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan davlat MTM hududidagi yer uchastkalarini doimiy foydalanishga taqdim etish – 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga;
keyinchalik otaliqqa olish bilan mavjud davlat MTMni rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan nodavlat bolalar bog‘chalari ob’ektlarini qurish uchun yer uchastkalarini tekin asosda taqdim etish – 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga;
konsessiya (davlat tomonidan yer uchastkalariga, binolarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqining konsessiyachi foydasiga voz kechish shartnomasi)asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish – 15 yilgacha;
bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari, jumladan, faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat MTM binolarini “nol” xarid qiymatida sotish – 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga;
davlat MTMning foydalanilmayotgan binolari yoki to‘ldirilmagan korpuslarini – 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga maqsadli ravishda uzoq muddat tekin foydalanish uchun xususiy sheriklarga taqdim etish;
xususiy sherik mulki asosida tashkil etilgan nodavlat MTMni moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta’minlash – 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga;
oilaviy nodavlat MTMni moddiy-texnik va metodik ta’minlash –3 yildan kam bo‘lmagan muddatga;
otaliqqa olish ko‘rinishida filantropik faoliyat – 1 yildan kam bo‘lmagan muddatga.
Sheriklikning boshqa shakllari ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |