Risolat 1-ma’ruza: moliyaviy savodxonlik fanining maqsadi va ijtimoiy zaruriyat ekanligi. Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘G‘risida nizom. Reja


Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlar ish vaqtining taqsimlanishi va mehnatga haq to‘lash. Ish haqi



Download 83,84 Kb.
bet4/23
Sana30.04.2022
Hajmi83,84 Kb.
#595627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy savodxonlik

Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlar ish vaqtining taqsimlanishi va mehnatga haq to‘lash. Ish haqi — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorida kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, tashkilot, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromadi manbai hisoblanadi.
Ish haqi — yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish qobiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish shakli. Shu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haq ishlab chiqarish harajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi.
Kishining mehnat faoliyati turli-tuman bo`lganligi uchun, uning mehnatiga haq to`lash ham turlicha shakllarda namoyon bo`ladi. Ish haqining ikki shakli qabul qilingan:

  • ishbay haq to`lash;

  • vaqtbay haq to`lash.

Mehnatga ishbay haq to`lash – xodimlarning haqiqatda bajargan ishi yoki yetishtirgan mahsulotiga to`lanadigan ish haqidan iborat. Ishbay haq to`lash bajariladigan ishga yoki mahsulotga me’yor belgilash imkoniyati bo`lgan va uni aniq hisobga olish mumkin bo`lganda keng qo`llaniladi. Ish haqi to`lashning bu shakli xodimlarni ishni bajarishdagi moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi asosiy omillaridan hisoblanadi.
Vaqtbay haq to`lash bu xodimlarning sarflangan ish vaqti, ya’ni soat, smena, kun uchun to`lanadigan ish haqidan iborat. Mehnatga haq ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga yoki bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulot uchun to`lanishi mumkin. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga ish haqi yakka tartibda yoki mayda guruh, guruh tartibida bo`lishi mumkin. U yoki bu haq to`lash tartibini qo`llash, ekin turlari, mahsulot yetishtirish texnologiyasi, mehnat jarayonining shu jarayon pirovad oqibat natijasi bilan qanchalik bog`langanligiga, ya’ni mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi qanchalik darajaga yetganligiga bog`liq. Bundan tashqari mehnatga haq to`lash o`z vazifasiga ko`ra:

  • asosiy ish haqi to`lashga;

  • qo`shimcha haq to`lashga bo`linadi.

Asosiy ish haqi –agrotexnika, zootexnika hamda tashkiliy xo`jaligi talablariga ko`ra, belgilangan ish, mahsulot yetishtirish me’yorini bajarganligi uchun oldindan belgilab qo`yilgan stavka yoki rassenka, lavozim okladi to`lanadigan ish haqidan iborat. Bu kafolatlangan ish haqini tashkil qiladi.

Download 83,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish