Toshkent
shahar hokimining
qarori
Toshkent shahrida 2017 — 2021-yillarda qurilgan arzon ko‘p qavatli uylardagi turar joylarni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi “2017 — 2021-yillarda Toshkent shahrida ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurilishi miqyoslarini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2824-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 161-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 161-F-sonli
farmoyishiga asosan, Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarni qurish va ularni sotish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash belgilanganligi inobatga olinsin.
2. Toshkent shahrida qurilgan ko‘p qavatli uylardagi turar joylarni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Yagona buyurtmachi xizmati” IK (S. Oripov):
Toshkent shahar hokimining 2017-yil 20-yanvardagi 51-sonli qarori bilan ko‘p qavatli turar-joylardagi uy-joylarni yosh oilalarga, eski uy-joylarda yashovchilarga hamda yashash sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand (kishi boshiga hisoblanganda uy-joy maydoni ijtimoiy normadan past bo‘lgan) bo‘lgan fuqarolarni belgilash masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman hokimliklaridagi komissiyalar tomonidan
belgilangan shuningdek, uy-joyni sotib olish istagini bildirgan davlat organi va budjet tashkilotlari xodimlari bilan Toshkent shahar hokimligi nomidan uy-joylarning oldi-sotdi shartnomalarini imzolash vakolati berilsin.
4. Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari (D. Xidoyatov), Moliya bosh boshqarmasi (L. Ismatullayev), “Yagona buyurtmachi xizmati” IK (S. Oripov):
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasidan “Yagona buyurtmachi xizmati” IKga maxsus hisob raqami ochilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasida ochilgan maxsus hisob raqamida jamlangan mablag‘lar ushbu uy-joylarni loyiha va qurilish ishlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilsin;
Loyiha va qurilish ishlariga yo‘naltirilgan qismidan ortgan qismi tegishlicha moliyalashtirilgan budjetga qaytarilishi ta’minlasin.
5. “Toshkent shahar uy-joylarga davlat ordyerlari va ma’lumotnomalar berish markazi” DUK tomonidan uy-joylarni tijorat banklarining talabgorlarga kredit ajratilishi haqidagi kafolat xati yoki uy-joyni sotib olish uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat hamda “Yagona buyurtmachi xizmati” IK va talabgor o‘rtasida oldi-sotdi shartnomalari nusxalari o‘rnatilgan tartibda taqdim etilgandan so‘ng mulk huquqini tasdiqlovchi Davlat ordyerlarini berilishi inobatga olinsin.
6. “Yagona buyurtmachi xizmati” IK (S. Oripov):
Toshkent shahridagi uy-joylarni xarid qilish bo‘yicha talabgor bilan oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgandan so‘ng, tijorat banklarining talabgorlarga kredit ajratilishi haqidagi kafolat xati yoki uy-joyni sotib olish uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat hamda “Yagona buyurtmachi xizmati” IK va talabgor o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarining nusxalari o‘rnatilgan tartibda “Toshkent shahar uy-joylarga davlat ordyerlari va ma’lumotnomalar berish markazi” DUKga taqdim qilinsin.
7. “Toshkent shahar uy-joylarga davlat ordyerlari va ma’lumotnomalar berish markazi” DUK (S. Aripov):
“Yagona buyurtmachi xizmati” IK tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida talabgorga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi rasmiylashtirib berilsin.
8. Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G‘. Rasulov):
Davlat orderi rasmiylashtirilgandan so‘ng uy-joylar o‘rnatilgan tartibda davlat kadastri ro‘yxatidan o‘tkazilsin.
9. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi (P. Xaliulin), Matbuot xizmati (X. Ergashev):
ushbu qaror rasmiy e’lon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi ta’minlansin.
10. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Shakirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J.
ARTIKXODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-iyun,
831-son
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 10-iyundagi 831-sonli qaroriga
ILOVA
Toshkent shahrida qurilgan ko‘p qavatli uylardagi turar-joylarni sotish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi “2017 — 2021-yillarda Toshkent shahrida ko‘p kvartirali arzon uylarni qurish ko‘lamini kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2824-son qarori ijrosi bo‘yicha Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylardagi turar joyni yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolarga hamda davlat xizmatchilari va budjet tashkilotlari xodimlariga sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: