Sotuvchi — “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Talabgorlar — Toshkent shahrida yashaydigan, uy-joyga muhtoj bo‘lgan yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolar (kishi boshiga hisoblanganda uy-joy maydoni ijtimoiy normadan past bo‘lgan) shuningdek, Toshkent shahrida kamida 10 yil mobaynida doimiy ro‘yxatda turgan davlat organi va budjet tashkilotlari xodimlari.
to‘lov layoqati — umumiy daromadlarni tahlil qilishdan kelib chiqib aniqlanadigan qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish layoqati.
3. Uy-joyga muhtoj bo‘lgan yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolar (kishi boshiga hisoblanganda uy-joy maydoni ijtimoiy normadan past bo‘lgan)ni belgilash Toshkent shahar hokimining 2017-yil 20-yanvardagi 51-sonli qarori bilan ko‘p qavatli turar-joylardagi uy-joylarni yosh oilalarga,eski uy-joylarda yashovchilarga hamda uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolarni aniqlash masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman hokimliklarida tashkil etilgan tuman komissiyalari (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Toshkent shahrida kamida 10 yil mobaynida doimiy ro‘yxatda turgan davlat organi va budjet tashkilotlari xodimlarini belgilash davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda Tashkilotlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Talabgorlarni belgilash Nizomning 4-bandida keltirilgan hujjatlarni qabul qilgan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
4. Uy-joyga muhtoj bo‘lgan yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolar quyidagilar hisoblanadi:
a) Uy-joyga muhtoj bo‘lgan yosh oilalar (nikoh qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi hamda uy-joy sharoiti to‘g‘risida ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan holda);
b) eskirgan uy-joylarda istiqomat qiluvchilar (“Toshuyjoyloyiha” instituti tegishli xulosasini taqdim etgan holda);
v) yashash sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand fuqarolar:
turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bo‘lmagan fuqarolar (uyning kadastr pasporti, uy daftari nusxasi taqdim etgan holda);
o‘z uy-joyining yo‘q va ijara hamda bepul foydalanish shartlarida turar-joyda yashovchi fuqarolar (“Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining Toshkent shahrida fuqaroning nomida uy-joy yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etish).
5. Toshkent shahrida kamida 10 yil mobaynida doimiy ro‘yxatda turgan davlat organi va budjet tashkilotlari xodimlari (Ish joyidan birinchi rahbar imzosi bilan tavsiyanoma va xodimning Toshkent shahrida 10 yil doimiy ro‘yxatda turganligini tasdiqlovchi hujjat).
2-bob. Toshkent shahrida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish va belgilash tartibi.
6. Talabgorlar Nizomning 4, 5-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ariza;
b) pasport nusxasi;
v) Talabgorning to‘lovga layoqatliligini tasdiqlovchi hujjat (talabgorning, uning oila a’zolarining daromadlari manbalarini tasdiqlovchi hujjat).
Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand bo‘lgan talabgorlar va hujjatni taqdim etgan organ javob beradi.
7. Hujjatlar ariza bilan (keyingi o‘rinda — Ariza deb yuritiladi) ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasiga hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda talabgorlarga tilxat bilan topshiriladi.
Arizalar alohida jurnalda ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda elektron reyestrga kelib tushgan sanaga qarab ketma-ketlikda kiritiladi.
Arizalarni dastlab jurnaldan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ko‘rib chiqish taqiqlanadi.
Tuman komissiyalari tomonidan arizalar, jurnaldagi ro‘yxat tartib raqamiga ko‘ra arizalar kelib tushgan sanadan boshlab 10 kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
8. Tuman komissiyalari talabgorlarni o‘rnatilgan tartibda o‘rganadi, o‘rganish natijalari bo‘yicha talabgorlarni belgilaydi va bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ariza rad etilgan taqdirda, rad etishning aniq va asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi va arizachiga ma’lum qilinadi.
9. Talabgorni uy-joyga ehtiyojmand deb topishni rad etilgan taqdirda ikki ish kuni mobaynida talabgorlarga rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran taqdim etish mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan yozma bildirishnomani yuboradi (topshiradi).
Talabgorlar uy-joyga ehtiyojmand deb topilishi rad etilishi sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat, uy-joyga ehtiyojmand deb topilishini rad etilishi to‘g‘risida yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
10. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand bo‘lgan talabgorlar tomonidan berilgan ariza rad etilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ko‘rib chiqilmaydi.
11. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand deb topilishi rad etilgan talabgorlar keyingi yilda ko‘p qavatli uylardagi turar-joyga ehtiyojmand deb topilishi to‘g‘risida takroriy ariza berishga haqlidir.
12. Tuman komissiyalari tomonidan qabul qilingan bayonnoma nusxasi asliga to‘g‘riligi belgisi qo‘yilgan holda Sotuvchiga o‘rnatilgan tartibda taqdim etiladi.
13. Uy-joyni sotib olmoqchi bo‘lgan davlat organlari va budjet tashkiloti xodimlari ro‘yxatini shakllantirish davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinda Tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkilot rahbari tomonidan berilgan tavsiyanoma Sotuvchiga o‘rnatilgan tartibda taqdim etiladi.
3-bob. Ko‘p qavatli uylardagi turar joyni sotishni rasmiylashtirish tartibi
13. Sotuvchi ko‘p qavatli uyning davlat qabul akti imzolangandan so‘ng, uyning kadastr hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qiladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘p qavatli uy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotuvchi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Ko‘p qavatli uydagi turar-joylarning umumiy qiymati qurilish oldi xarajatlari, qurilish davri xarajatlari va qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng zarur hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan xolda aniqlanadi.
Bunda, Sotuvchining qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish xarajatlari hisobga olinishi kerak.
Turar-joylarning 1 kv.metri bahosi barcha imtiyozlarni qo‘llagan holda qurilish davridagi qurilish mollari narxining davriy o‘sishi bilan bog‘liq boshqa faktik sarf xarajatlari hisobga olgan holda belgilanadi.
14. Sotuvchiga ko‘p qavatli uylardagi turar-joyni sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalarni Toshkent shahar hokimiyati nomidan imzolash vakolati beriladi.
Bunda, Sotuvchi ko‘p qavatli uylardagi turar-joyning xonalar soni talabgorning istagidan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin.
15. Turar-joyning oldi-sotdi shartnomasi Sotuvchi va fuqaro o‘rtasida tuziladi va imzolanadi.
Turar joylarga oldi sotdi-shartnomalarini rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib, Komissiya yoki Tashkilotlar tomonidan Sotuvchiga taqdim etilgan bayonnomalar (keyingi o‘rinlarda bayonnoma deb yuritiladi) va tavsiyanomalar hisoblanadi.
16. Turar joylarni sotib olish kvartiraning qiymatini to‘liq to‘lash yo‘li bilan fuqaroning shaxsiy jamg‘armalari (mablag‘lari), korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar, ssudalar evaziga amalga oshirilishi mumkin.
Bunda, Sotuvchiga banklarining talabgorlarga kredit ajratilishi haqidagi kafolat xati yoki turar-joyning to‘liq bahosi to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi kerak.
4-bob. Turar joyiga oldi-sotdi shartnomasiga asosida davlat orderini rasmiylashtirish tartibi
17. Sotuvchi tomonidan quyidagi hujjatlar “Toshkent shahar uy-joylarga davlat ordyerlari va ma’lumotnomalar berish Markazi” DUKga taqdim etiladi:
Sotuvchi bilan fuqaro o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;
banklarining talabgorlarga kredit ajratilishi haqidagi kafolat xati yoki turar joyning to‘liq bahosi to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lovni tasdiqlovchi hujjat;
Fuqaroning pasport nusxasi.
18. “Toshkent shahar uy-joylarga davlat ordyerlari va ma’lumotnomalar berish Markazi” DUK tomonidan sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida uch ish kuni mobaynida fuqaro nomiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi rasmiylashtirib beriladi.
19. Talabgor tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi olingandan so‘ng, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
5-bob. Yakunlovchi qoida
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |