Joomla! MBTda sayt yaratish strategiyasi
Joomlada sayt yaratish orqali qisqa muddatda to’laqonli internet- resursga ega bo‘lishimiz mumkin. Sayt tashrif buyuruvchilar uchun sifatli va foydali bo’lishi uchun birinchi navbatda sayt yaratishning aniq konsepsiyasini ishlab chiqish zarur. Har bir tadqiqot g‘oyasi dastavval aniq shakllantirilishni talab etadi. Yaratish oldidan keyinchalik unga qo‘shimchalar qo‘shish va kengaytirish, o‘zgartirish kiritishda murakkabliklar kelib chiqmasligini rejalashtirib olmoq zarur. Internet-resursni yaratishda Saytda qanday ma’lumot aks etadi?, ya’ni sayt tematikasi aniqlanadi, resursga aniq maqsad qo‘yiladi. Masalan, “Fayl almashish sayti”, “Tadqiqot sayti”, “Yangiliklar”, “Korporativ” va sh.o‘., foydalanuvchilar qanday qaraydi yoki qabul qiladi? Ular saytni ko‘zdan kechirgach qanday xulosaga kelishadi? kabi savollarning yechimini hal etish zarur.
Navbatdagi bosqichda sayt tuzilmasini - dizaynerlik va funksional elementlar, tematik bo‘lim va bandlarni loyihalanadi. Umuman olganda sayt “skelet”i quriladi. Imkoni boricha bo‘lajak saytni qog‘ozda chizib olinadi. Aniq sxema keljakda sayt ustida ishlashni osonlashtiriadi.
Saytdagi tematik bandlar qaysi sohada chop etilishi aniqlab olinadi. Masalan, sayt kompyuter haqida bo‘lganida — “Texnik ta’minot”, “Dasturiy ta’minot” va sh.o‘. bo‘limlar qatnashadi. Sayt blok-sxemasini chizib olinishi ham mumkin.
Asosiy panellarning yo’nalishi (gorizontal, vertikal) tanlanadi.
Qolgan bo‘lim va ishoratlar (ro‘yxatdan o‘tish, jo‘natmalar, RSS- lentasi, so‘nggi yangiliklar, statistika va sh.o‘. ) ning joylashuvi aniqlanadi.
Yuqoridagi qadamlardan so‘ng, bevosita Joomla!da sayt qurish boshlanadi. Masalan, g‘oya quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Sayt qurish uchun minimum talablar— HTML teglarni va CSSda shablon tuzilmasini ishlash prinsipini bilish hamda Joomla MBTda ishlay olishdir.
Joomla! MBT ni tizimga o‘rnatiladi. Buning uchun avvalo Web-server o‘rnatiladi. Web-serverni o‘rnatishni XAMPP, Denver yoki Open Serverni o‘rnatish orqali bajarish qulay.
Bo‘lajak sayt sxemasiga mos keluvchi Joomla shabloni o‘rnatiladi.
Tematik bo‘im va bandlar (category) quriladi.
Funksional tugmalar va menyu quriladi.
Yordamchi bandlar joylashtiriladi: lenta, yangiliklar va sh.o‘.
Zarur kengaytmalar o‘rnatiladi. Majburiy ravishda: JoomlaPack - rezerv nusxalash, JCE- maqolalarni tahrirlovchisi o‘rnatilishi zarur.
Sayt zarur axborot bilan to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |