Ichiladigan sut — sutning asosiy katta qismi qaynatil- gandan so‘ng ichiladi. Sigirdan sog‘ilgan sutda 3—4 % yog‘ bo‘ladi. Sanoat sutni 0,5 dan 6 % gacha yog‘liligi bilan chi- qaradi. Sutda oqsil 3 % gacha bo‘ladi. Davlat yo‘li bilan sotiladigan sutlar sterilizatsiya qilinib, savdoga chiqariladi. Bunday sutlar qaynatilmaydi, sovutqichlarda 36 soatgacha saqlanadi va shu davrda iste’mol qilinadi. Agar ishlov berilgandan so‘ng ularda mikroorganizmlar bo‘lmasa, uzoqroq vaqtgacha ham saqlasa bo‘ladi.
Quyultirilgan sut — uzoq muddatga mo‘ljallangan mah- sulot. Quyultirilgan sut olish uchun vakuum ostida sut
1 5
bug‘lantiriladi. 45 % gacha shakar qo‘shiladi yoki shakarsiz qilinadi. Quyultirilgan sutning oziqa xususiyati tabiiy sutdan past bo‘ladi. Undan konserva sifatida turistik yurishlarda, dala hovlida, ekspeditsiya va boshqa holatlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Quruq sut — uzoq vaqt saqlash va foydalanish maqsadi- da sut quritiladi, unda namlik 4—7 % gacha bo‘ladi. Quruq sut bolalar uchun, shifo maqsadida va sportchilar oziqasi sifatida chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |