PISHLOQ VA TVOROGNING OZIQA XUSUSIYATI
Pishloq eng yaxshi sut mahsuloti, yuqori oziqa xususi- yatga ega, sut tarkibida bor hamma moddalar pishloqda ham bor. 40—50 g pishloq bir stakan sut o‘rnini bosadi. Pishloq- da oqsillar ko‘p, unda vitaminlar va yaxshi hazm bo‘ladi- gan kalsiy mavjud. Shuning bilan birga pishloqda yog‘ va xolesterin ko‘p. Pishloqda yog‘ qancha kam bo‘lsa, orga- nizm uchun shuncha foydali. Pishloqni hamma ovqatlar bilan birga yeyish mumkin.
Muzqaymoq — muzqaymoqda oqsillar 3—5,5 % gacha, yog‘ — 3,5—20 % gacha, uglevodlar 14—17 % gacha. Muz- qaymoqda sut tarkibiga kirgan hamma moddalar bor, lekin ba’zilarida shakar miqdori ko‘p, qaymoqli va plombirda — yog‘ ko‘p. Sutga qaraganda muzqaymoqning koloriyasi kuchli. Muzqaymoqqa yong‘oq, meva va yaxshi hid beradigan mah- sulotlar qo‘shish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |