MEVA VA SABZAVOTLARNI QURITISH
Mevalarni yozda quritib, yil bo‘yi iste’mol qilish O‘z- bekiston uchun yangilik emas. Ho‘l mevalar quritilganda namlik 14 % gacha saqlanib qolsa-da, bunday holda mikro- organizmlar jonlana olmaydi va quruq mevalar uzoq muddat saqlanadi. Quritilgan meva va sabzavotlarda oziqa modda- larining hammasi saqlanadi. Ba’zi vitaminlar, masalan, C vitamini o‘z xususiyatini yo‘qotadi, yurtimizda qadimdan mehmon oldiga dasturxon tuzaganda patnisda turshak, mayiz, pista, bodom, yong‘oq qo‘yish rasm bo‘lgan. Bu an’ana hozir ham davom etmoqda, biroq quritilgan mevalar qatoriga shokolad, konfetlar qo‘shiladigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |