Rejalash uchun moslamalar
Ishlov berish uchun faqat bir tekislikda rejalashning o’zgina kifoya qiladigan shakldagi detallar uncha ko’p emas. SHakli hamda o’lchamlari har xil tekisliklarda turlicha bo’lgan va shu sababli bir necha tekislikda rejlashga to’g’ri keladigan detallar ko’proq. Masalan, tasvirlangan detal uchun ikki tekislikda, suhar uchun kamida uch tekislikda chiziqlar chizishga to’g’ri keladi. Bunday detallar uchun fazoviy rejalash talab qilinadi.
Fazoviy rejalashning xususiyatlari va uning tekislikda rejalashdan farqi shugina emas. Masalan, podshipnikni rejalash uchun zagotovkaning turli sirtlarida reja chiziqlarini chizish kamlik qiladi. Yaroqli detal olish uchun, bundan tashqari. Teshikning o’qi asosga parallel, toretslar o’qqa perpendikulyar bo’lishi, mahkamlash teshiklari to’g’ri joylashishi kerak va hokazo.
Demak, fazoviy rejalashda har bir sirtning va shakli va o’lchamlarini, shuningdek, o’zaro vaziyatini ta’minlash talab qilinadi. Fazoviy rejalashda har xil sirtlarning reja chizig’ini bir-biriga bog’lash uchun zagotovka rejalash plitasiga o’rnatiladi va o’nga nisbatan joylashishi aniq belgilab olinadi. Rejalash asbobi plita tekisligi bo’ylab yurgiziladi. U bilan chiziladigan barcha reja chiziqlari bir tekislikka nisbatan, ya’ni plita tekisligiga nisbatan zarur vaziyatni egallaydi va demak, bir-biriga bog’lanadi.
Fazoviy rejalashda ishlatiladigan asbob va moslamalar
Rejalash plitalari mayda donli zich cho’yandan tayyorlanadi. Ularning ichi bo’sh bo’lib, ichida bikrlik qobirg’alari bor. Quyidagi lchamli rejalash plitalari standartlashtirilgan 400X400; 630X400; 630X630; 1000X630; 10001000; 1600X1000; 2000X1000; 2500X1600
mm.
Plitaning ustki tekisligi juda tekis qilib ishlanadi. O’nga zagotovka va moslamalarni joylashtirish uchun bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda chuqurligi va eni 1-2 mm li ariqchalar qilinadi. Ariqchalar 200-500 mm o’lchamli kvadratlarni hosil qiladi. Plitaning yon tomonlariga ham ishlov beriladi. Ular ustki tekislikka va o’zaro perpendikulyar bo’lishi kerak.
Rejalash plitasi ustaxonaning eng yorug’ joyiga poydevor, stol yoki domkratlarga o’rnatiladi. Uning ustki tekisligi gorizontal yotishi zarur (shayton bilan tekshirib ko’riladi). O’nga yupqa gafit qatlami surkash tavsiya qilinadi, shunda rejalash asbobi plita ustida bemalol suriladi.
Fazoviy rejalashda reja chiziqlari reysmas yoki shtangenreysmoslar bilan chiziladi.
Reysmosda og’ir taglikka o’rnatilgan stoyka bo’ladi. Taglikning osti rejalash plitasida yaxshi surilishi uchun o’nga yaxshilab ishlov beriladi. Stoykada chizg’ichni o’rnatish va
mahkamlash uchun mo’ljallangan teshikli xomutcha harakatlanadi. Xomutcha vint yordamida zarur vaziyatda mahkamlab qo’yiladi.
Universal reysmos chizg’ich vaziyatini rostlashga imkon beradi. Uning asosida sharnirli mahkamlangan plitka bor, uni mikrometrik vint bilan ko’tarish va tushirish mumkin. Reysmas stoykasi shu plitkaga o’rnatilgan. U burila oladi. Asosida prizmatik o’yiq bo’lib, reysmasni tsilindrik sirtlarga qo’yishga imkon beradi.
Rejalash uchun shtangenreysmaslardan foydalanish ancha qulay. Yaxshi ishlov berilgan asosga shtanga o’rnatilgan, unda noniusli ramka harakatlanadi. Nonius o’lchamlarni 0,05-0,1 mm aniqlikda qo’yishga imkon beradi. Ramkaga tutqich yordamida yassi chizg’ich mahkamlanadi. Mikrometrik surish uzeli zarur o’lchamni tez va aniq qo’yishga imkon beradi. SHtangenreysmaslardan ishlov berilgan sirtli detallarni rejalashda foydalanish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |