Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika



Download 2,79 Mb.
bet57/83
Sana26.02.2022
Hajmi2,79 Mb.
#472377
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Bog'liq
chilangarlik1

Aylanish jismlarini rejalash. Aylanish jismlari prizmalarga qo’yib rejalanadi. Agar markaz teshiklari bo’lsa, markazlash yoki bo’lish moslamalarida rejalanadi. Oldin o’zaro
perpendikulyar ikkita markaz chiziqlari-koordinata o’qlari, keyin boshqa o’lcham va chiziqlar chiziladi.
Andazalar bo’yicha rejalash. Har bir sirt uchun zarur shaklli andaza tayyorlab olinadi. Zagotovkada joylashtirish uchun unda uchlariga kertiklar qilingan markaz chiziqlari bo’ladi. Reysmas vositasida zagotovkaga markaz chiziqlari chiziladi. Andazadagi markaz chiziqlari zagotovkadagi markaz chiziqlariga to’g’ri keladigan qilib andaza zagotovkaga taqaladi va chizg’ich bilan uning konturi chizib olinadi. Andazadan foydalanish natijasida rejalashga ketadigan vaqt ancha qisqaradi va rejalash osonlashadi.
Namuna bo’yicha rejalash. Bu usul, asosan, remont ishlarida qo’llaniladi. Eski detal (namuna)ni plita ustiga qo’yib, yoniga rejalanishi kerak bo’lgan zagotovka o’rnatiladi, barcha harakterli chiziq va nuqtalar reysmas yordamidan namunadan rejalanadigan detalga ko’chiriladi. Eski detal va zagotovkani birin-ketin burib va har gal ularning vaziyatini tekshirib, namunadagi barcha chiziqlar zagotovkaga ko’chiriladi.
Joyida rejalash. Bu usul bilan, odatda, ikki tutash detaldagi mahkamlash teshiklari rejalanadi. Oldin bitta detaldagi teshiklar ishlanadi, so’ngra shu teshiklar ikkinchi detalga ko’chiriladi. Ayrim sirtlar konturlarini ham ikkinchi tutash detalga shu tariqa ko’chirish mumkin.


Rejalashning ilg’or metodlari


Ish o’rnini va mehnatni to’g’ri tashkil qilish, samaraliroq ish o’rinlaridan foydalanish va eng yangi asboblarni ishlatish hisobiga rejalash unumdorligini oshirish mumkin.
Ishlab chiqarish novatorlari rejalash ishlarini tezlashtiradigan asbob va moslamalarning har xil konstruktsiyalarini taklif qilishgan. Masalan, novator slesar K.F.Kryuchekning ko’p ignali reysmasi to’rtta chizg’ich bilan ta’minlangan. CHizg’ichlarning har biri ma’lum o’lchamga o’rnatiladi. Bu esa ulardan istaganini navbati bilan ishlatishga imkon beradi. SHunda rejalash jarayoni, ayniqsa, detallar partiyasini rejalash jarayoni ancha tezlashadi.
Novator A.A.Dmitriev konstruktsiyasidagi reysmas egri sirtlarga vertikal chiziqlar chizishga, chiqib turgan qismlari bor detallarni rejalashga imkon beradi. Bu reysmasda chizg’ich buriladigan barabanga o’rnatilgan. Baraban stoyka o’yiqlarida vertikal yo’nalishda ham surila oladi. Bunday konstruktsiya egri sirtda harakatlanayotgan chizg’ichni burishga imkon beradi.
Novatorlar detallar partiyasini tayyorlashda bir yo’la bir necha zagotovkani rejalab olishni taklif etishdi. Reysmasning bir vaziyatida barcha detallardagi bir xil chiziqlar chiziladi so’ngra reysmasning o’rnini o’zgartirib, boshqa chiziqlar chiziladi. SHunda rejalash ancha tezlashadi.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish