Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet27/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

T = F + F + F + F

Bu yerda: T – tushum;


F – asosiy ishlab chiqarish fondlarining
jismoniy yeskirishini tiklashga mo’ljal-
langan amortizatsiya ajratmalari fondi;
F – moddiy xarajatlarni (xom ashyo, materiallar,
yoqilg’i, yelektr yenergiyasi va boshqalarni sotib
olish) moliyalashtirish fondi;
F – ish haqi fondi;
F – tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan
foyda (soliqlar to’languncha va foydadan
boshqa to’lanmalar amalga oshirilguncha).

Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xara-jatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari XYuS ning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritil-maydi. Ularning ayrimlari tomonidan yesa XYuS ning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmaydi. Bunday yondashuvlarning noto’g’ri yekanligi shubhasiz.


Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi daromad tarzida talqin qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o’zida aniqroq aks yettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo’ljallan-gan pul tushumlarining bir qismi, XYuS ning real moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning hisobvaraq-lariga o’tkazilmasdan, uning aylanmasida bo’lgan paytda qo’shimcha daromad keltiradi. O’tish davrining dastlabki yillaridagi o’zaro mol yetkazib berish (xizmat ko’rsatish) bo’yicha noto’lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan darajasida tekin tijo-riy kredit imkoniyatining mavjudligi o’zining “qo’lbola” birlam-chi manbai bo’lib xizmat qildi. SHunga o’xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan ham tegishli bo’ldi. Xodimlarga, ishchi va xiz-matchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechikti-rilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir “tadbirkor” va “ban-kir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, chunki to’lanmagan ish haqi ularning aylanmasida bo’lgan yedi.
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurs-larining tarkibiy tuzilmasida muhim o’rin tutadi. CHunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning XYuS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab XYuS-larning real moliyaviy resurslari hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o’rinni yegallay boshlaydi. Foyda XYuS o’z mablag’larining asosiy manbai bo’lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, si-fatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimenti-ning kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuS ning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlar shakllantiriladi.
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYuS ning kreditga layoqatini va uning qarz mablag’larini jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniq-lab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag’larining XYuS o’z mablag’lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga yetib, uning to’lov layoqatiga kreditorlarda ham, hamkorlarda ham shubha tug’-dirmasligi mumkin.
Joriy tijoriy XYuS larning moliyaviy resurslarini shakl-lanish manbalariga ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin:

  • mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllana-digan moliyaviy resurslar (foyda, amortizatsiya ajratmalari fon-di, ish haqi fondi, moddiy xarajatlarni tiklash fondi);

  • boshqa realizatsiya (mol-mulk, asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;

  • moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar, o’z aktsiyalari va qimmatli qog’ozlarning boshqa ko’rinishlarini sotish, boshqa yemitentlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlar, sug’urta qoplamalari va boshqalar);

  • kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliya-viy resurslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo’yicha; ijtimoiy sug’urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar);

  • badallar va maqsadli xarakterdagi tushumlar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushumlar, byudjet subsidiyalari va h.k.).




Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish