Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


-mavzu. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi



Download 4,83 Mb.
bet26/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

8-mavzu. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi


Reja:



  1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali.

  2. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi

1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

XYuS larning moliyaviy resurslari ular resurslarining bir qismi bo’lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYuS ning boshqa resurslari ko’rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini farqlamoq lozim. “XYuS vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul mablag’larining o’zini yemas, balki turli maqsadlar uchun mo’ljal-lanilgan vositalar va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi.


Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vosi-talari dastgohlar, mashinalar, xom ashyo va materiallar, ishlab chiqa-rishga mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar) haqiqatda pul yemas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda yesa, o’z navbatida, mol-mulkning balansda aks yettirilgan qiymati baho-lari yemas, balki haqiqiy bozor baholari harakatga tushadi. Moliya-viy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag’lar va resurslarni yo’qotib qo’yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqa-ro amaliyotdagi ma’lumotlarga ko’ra, bankrotga uchragan XYuS tuga-tilayotgan paytda unga tegishli bo’lgan aktivlar qiymatining 40%dan ortiq bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lishi mumkin. SHu munosabat bilan hatto, sog’lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga yega bo’lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilga-nidan so’ng pul mablag’iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlanti-rishga mo’ljallangan XYuS ning moliyaviy resurslari bu – uning pul shaklidagi kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqa-rish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobi-liyatlaridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Printsip jiha-tidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning yegasiga daromad keltiruvchi har qanday mul-kiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin.
Tijoriy XYuS larning moliyaviy resurslari dastlab (bir-lamchi holda) ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish, shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliya-lashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydala-nish huquqlari va boshqalar) yesa, xuddi maqsadli tushumlar singari, agar ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, XYuS ning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq yemas.
Birlamchi kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilini-shi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi natijasi sifatida XYuS ning tushumi maydonga chiqadi. O’z navbatida, tushum xarajatlari-ni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom yetttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag’la-ri fondlariga bo’linadi. Formula orqali buni umumiy tarzda, quyidagicha ifodalash mumkin:



Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish