Bu yerda: S –XYuS moliyaviy resurslaridan
foydalanish samaradorligi;
P – P – bevosita moliyaviy operatsiyalarni
amalga oshirish natijasida XYuS
tomonidan olingan daromad.
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi:
XYuS tomonidan aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarni yemissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan divi-dendlar;
boshqa yemitentlar qimmatli qog’ozlarini sotib olishdan olingan dividendlar;
XYuS foydasidagi valyutalar kurslari bo’yicha farqlar;
va boshqalar.
XYuS moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarak-terlovchi ko’rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy nati-janing sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko’pchilik hollarda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks yettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori samara-dorligining ko’rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo’lishlariga qaramasdan moliyaviy “spekulyatsiyaning” imkoniyat-lari ularni “cho’kmasdan” turishlariga sharoit yaratadi.
Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko’r-satkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag’laridan iborat bo’lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko’rsatkich sifatida ye’tirof yetish mumkin. SHunday bo’lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, ya’ni samaradorlik-ning o’lchovi sifatida yuqoridagi ko’rsatkichning haqqoniylik darajasi juda ko’p omillarga, xususan, tushum va foydani shakl-lantiruvchi bozor baholarining monopol baholarni shakllanti-rishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik ozod yekanligiga bog’liq.
Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha moliyaviy ko’rsatkichlarda mazmun va shakl o’rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjud-ligi namoyon bo’ladiki, bu narsa bizning holatda XYuS lar moliya-sining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o’z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqishga va unga bog’liq bo’l-magan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo’lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYuS lar moliya-xo’jalik faoliya-tining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko’rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma mablag’-larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond sig’imi kabi iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi. Ana shu munosabat bilan yeng umumlashtiruvchi ko’rsatkich-lardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda hisoblana-digan XYuSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelli-gi) ko’rsatkichidir: