Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet37/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

10.3-mavzu. Byudjet xarajatlari


1. Byudjet xarajatlari: mazmun-mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikatsiyasi

Davlatning o’z funktsiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’larini turli yo’nalishlar bo’yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.


Byudjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan byudjetning ko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. SHu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning o’ziga xos qismi bo’lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo’naltirilayotgan byudjet mablag’larining harakatidan iborat.
Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman ko’rinishlari (turlari) orqali namoyon bo’ladi. Xarajatlarning har bir turi esa o’zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatlarining mo’ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning o’lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi.
Byudjet xarajatlari chiqimlarning konkret turlari orqali namoyon bo’ladi. Byudjet xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, o’z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funktsiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k. Bu omillarning qo’shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har qanday davlat byudjet xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga keltiradi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, funktsionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo’linishi, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Eng avvalo, o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra byudjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ifoda etadi.
Byudjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar;
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar;
v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar;
g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
d) byudjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.
Byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda byudjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xo’jalikning davlat darmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari);

  • hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;

  • transfert to’lovlari;

  • davlat qarzlari bo’yicha foizlarni to’lash;

  • boshqa xarajatlar.

Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan chiqimlarga, asosan, mos keladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo’jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individualь ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan. Bu yerda byudjet xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to’liq, shaxsiy ist’mol fondlarini esa qisman (nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. SHu bilan birgalikda, byudjet mablag’larining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o’rtasidagi farqlarni qoplash, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo’lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Funktsional nuqtai-nazardan byudjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag’larining yo’naltirilganligini aks ettiradi. Bunda byudjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo’linishi mumkin:

  • davlat boshqaruvi va mahalliy o’z-o’zini boshqarish;

  • sud hokimiyati;

  • xalqaro faoliyat;

  • milliy mudofaa;

  • huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash;

  • fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini ta’minlash;

  • sanoat, energetika va qurilish;

  • qishloq xo’jaligi va baliqchilik;

  • atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya;

  • transport, yo’l xo’jaligi, aloqa va informatika;

  • uy-joy-kommunal xo’jaligi;

  • maorif;

  • sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;

  • madaniyat, san’at va kinematografiya;

  • ommaviy axborot vositalari;

  • davlat qarziga xizmat qilish;

  • boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam;

  • maqsadli byudjet fondlari;

  • davlat zahiralari va rezervlarini to’ldirish;

  • ijtimoiy siyosat;

  • boshqa xarajatlar.

Byudjet xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy hayotning turli jabhalarida davlatning rolini ko’rsatadi.
Byudjet xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy iqtisodiyot (xo’jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo’linishi qabul qilingan. SHunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo’linishi mumkin. Byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyot (xo’jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bo’linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo’jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo’nalishda o’zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet mablag’larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o’zida iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta masshtablarda byudjetdan moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti.
Idoraviy belgiga ko’ra byudjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi byudjet assignovaniyalarini oluvchi vazirlik, boshqa davlat muassasasi yoki yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi. Byudjet xarajatlarining ana shunday klassifikatsiya qilinishi natijasida boshqaruv tizimining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tuzilmasidagi o’zgarishlar o’z vaqtida ko’rsatiladi.
Ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha byudjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarni o’zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda byudjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  • milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;

  • harbiy (mudofaa) xarajatlar(i);

  • boshqaruv xarajatlari;

  • rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funktsiyasini o’zida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo’lgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo’l ochib beradi.
Ta’lim va sog’liqni saqlashning tekinligi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida olish kafolatlanganligicha qolmoqdi. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bo’yicha berilishi lozim bo’lgan nafaqalarning miqdorini ko’paytirish, maktab yoshigacha bo’lgan bolalar, maktab o’quvchilari, studentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya qilish, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bo’yicha choralar ko’rilmoqda.
Milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xo’jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta masshtablarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. SHuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjetning bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o’rinni egallaydi.
Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga byudjetning ma’lum maqsadlarga yo’naltirilgan ta’sirchanligi kuchaymoqda. Byudjet xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham jahonning ko’pgina mamlakatlaridagi (masalan, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va boshqa mamlakatlarda) “iqtisodiy mo’’jiza” aynan davlatning moliyaviy qo’llab-quvvatlashi natijasida sodir bo’ldi.
Byudjetning milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) yo’naltirilgan xarajatlari tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy va ijtimoiy infrastruktura, qishloq xo’jaligini va iqtisodiyotning davlat tarmoqlarini qo’llab-quvvatlash, milliy xo’jalikning ayrim tarmoqlari va mamlakat mintaqalarida bandlilikni ta’minlash, eksportni rag’batlantirish xarajatlaridan iborat.
Keyingi yillarda davlat kapital quyilmalarining hajmi keskin oshmoqda. Xususiy firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga berilayotgan subsidiyalar miqdori kupaymoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish maqsadida uning ayrim tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli bank kreditlari ko’rinishida tanlanma yordam ko’rsatilayapti.
Byudjetdan katta miqdordagi mablag’lar iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi tarmog’iga taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor ravishda qo’llab-quvvatlanishi lozim bo’lgan tarmoq hisoblanadi. Qishloq xo’jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki ko’rinishda taqdim etilmoqda:
1) qishloq xo’jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni qo’llab-quvvatlash;
2) ishlab chiqarish maqsadlari – qishloq xo’jaligi mashinalari, mineral o’g’itlar sotib olish va omborxonalar qurish – uchun.
Milliy mahsulotlarni eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga byudjetdan yordamning ko’rsatilishi ham jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha yengillashtiradi.
Byudjet xarajatlari orqali iqtisodiyotga davlatning aralashuvi iqtisodiy o’sishning nisbatan yuqori sur’atlarda o’sishini rag’batlantiribgina qolmasdan, balki uning tsiklik tebranishini ham yumshatadi (sekinlashtiradi).
Byudjetning harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) ham davlatning funktsiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi bilan bog’liqdir. Byudjet mablag’lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari moliyalashtiriladi.
Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlarga bo’linadi. To’g’ri (bevosita) harbiy xarajatlar strategik qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan iborat bo’lishi mumkin. Bu turdagi harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) urush harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militarizatsiyalashuvi sharoitida keskin oshadi.
Egri (bilvosita) harbiy (mudofaa) xarajatlar(i)ga urush nogironlari va vafot etganlar oilalariga beriladigan pensiya va nafaqalar, fuqarolik idoralarining moddalari bo’yicha o’tadigan xarajatlarning (masalan, yo’l va strategik ob’ektlarni qurish xarajatlari) bir qismi kiradi.
Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga oshirilishi, uning xo’jalik-tashkilotchilik funktsiyasi byudjetdan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlarning qilinishini taqoza etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, fuqarolarning o’z-o’zini boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar berish rivojlangan mamlakatlarning byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday yordam faqat iqtisodiy omillar bilan emas, balki siyosiy jihatlari bilan xarakterlanadi. Imtiyozli shartlarda kreditlashtirish va qaytarilmaydigan tarzda yordam ko’rsatish uning ko’rinishlaridandir.
Byudjetning barcha xarajatlari yuqoridagi beshta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy-nazar ular o’zlarining ma’lum konkret maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ham bir necha qismlarga bo’linadi. Bu qismlar byudjet xarajatlarining konkret turlaridan tarkib topadi. Kapital quyilmalar, dotatsiyalar, subventsiyalar, subsidiyalar, byudjet ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy remont, kantselyariya va xo’jalik xarajatlarini byudjet xarajatlarining konkret turlari sifatida ko’rsatish mumkin. Byudjet xarajatlarining ma’lum konkret maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha turkumlanishi byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.
Iqtisodiy nuqtai-nazardan turkumlarga ajratilishi bilan bir qatorda byudjetning xarajatlarini tashkiliy jihatdan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida byudjet xarajatlarini yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, kontsernlar, kompaniyalar va h.k.) va hududiy belgilari yotishi mumkin. Byudjet xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo’yicha guruhlanishi byudjet mablag’larini konkret oluvchilarni ko’rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bo’lib, ajratilgan byudjet assignovaniyalaridan o’z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.
Byudjet xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq ravishda bo’linishi ular markazlashuvining turli darajalarini o’zida aks ettiradi. SHu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik nuqtai-nazardan byudjet xarajatlari uch guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib topadi:

  • Davlat byudjeti xarajatlari;

  • Respublika byudjeti xarajatlari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning xarajatlari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetning xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O’z navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. SHuning uchun ham bu yerda byudjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’jalikda pul fondlarini shakllantirishda byudjet mablag’laridan foydalanishning shunday muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishi orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo’jalikdagi proportsiyalarni optimallashtirish orqali byudjetning xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Byudjet xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo’jalikning samaradorligi nuqtai-nazaridan baholashni juda dolzarb muammoga aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo’lgan daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bu yerda, bir vaqtning o’zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo’jalikning yakuniy natijasi byudjet xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, byudjet mablag’laridan to’g’ri, iqtisod qilib va samarali foydalanishga bevosita bog’liq. SHuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjet xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida e’tibor berish lozim.
Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim instrumentlaridan biri ham byudjetning xarajatlaridir. Bu yerda, odatda, moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xo’jalikdagi oqilona proportsiyalarni ta’minlash maqsadida byudjet mablag’larini tarmoqlar va hududlar kesimida taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va metodlari majmui tushuniladi. Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning ob’ektiv zarurligi katta o’zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan uning murakkab bo’lgan organizmi turli qismlarida moliyaviy resurslarni jamg’arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Byudjet resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag’larini taqsimlashda vujudga kelgan proportsiyalarni o’zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojlanishini rag’batlantirmasdan milliy xo’jalikning rivojlanishini tartibga solishi mumkin. Byudjet mablag’larining katta qismidan muhim ishlab chiqarish-hududiy komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur sifat o’zgarishlarining sodir bo’lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining o’zgarishiga olib keladi.
Mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq byudjet xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi. Mablag’larni konkret taqsimlovchilarga byudjet kreditlarini ochish, byudjet assignovaniyalarini berish va ularning samarali foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirib, moliya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuvni diqqat bilan amalga oshiradilar va kerak bo’lgan hollarda taqsimlanayotgan byudjet mablag’larining proportsiyalarini o’zgartiradilar.
Byudjetda daromadlarni xarajatlarning konkret turlari va yo’nalishlari bo’yicha biriktirilishi printsipi bo’lmaganligi uchun bu yerda byudjet resurslari bilan keng manyovr qilish va shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’lari har qanday zaruriy yo’nalishda foydalanilishi mumkin.
Byudjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo’jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.



Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish