ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning foydalanilgan-ligini inobatga olgan holda byudjet mablag’larini taqdim etish
ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning foydalanilgan-ligini inobatga olgan holda byudjet mablag’larini taqdim etish. Byudjetdan moliyalashtirishning ko’rsatkichlar bajarilishiga bog’liqligi moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;
byudjet assignovaniyalarining qaytariluvchan emasligi. Byudjet assignovaniyalari sub’ektlarga ularni majburiy ravishda byudjetga qaytarish shartisiz (qaytarmaslik sharti bilan) taqdim etiladi;
byudjet assignovaniyalarining tekinligi. Byudjetdan assignovaniyalar sub’ektlarga foiz ko’rinishida qandaydir daromadlarni davlatga to’lamasdan yoki assignovaniyalarni to’lashning boshqa ko’rinishlarisiz ajratiladi.
Umumiy printsiplar bilan birgalikda byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida xususiy printsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga byudjet assignovaniyalarini ajratish;
byudjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit metodi orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish printsipi va boshqalar.
Byudjet assignovaniyalari amaliyotida byudjetdan moliyalashtirishning turli usullaridan foydalaniladi. Uning quyidagi ikki usulini alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
“netto-byudjet” tizimi bo’yicha moliyalashtirish. Pul mablag’larini taqdim etishning bu usuli shu bilan xarakterlanadiki, unga ko’ra byudjet assignovaniyalari tasdiqlangan byudjetda ko’zda tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi;
“brutto-byudjet” tizimi bo’yicha moliyalashtirish. Bu usul to’liq byudjetdan moliyalashtirishda bo’lgan korxona va tashkilotlar uchun qo’llaniladi. Byudjet assignovaniyalari bu holda byudjet tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning barcha turlari uchun ajratiladi.
Pul mablag’larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari byudjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida amalga oshiriladi:
byudjet tashkilotini saqlash uchun assignovaniyalar;
davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining shartnomalari bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to’lash uchun mablag’lar;
quyi byudjetlarga va davlat nobyudjet fondlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiyalar;
harakatdagi (amaldagi) yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslar ustav kapitaliga investitsiyalar;
baholardagi farqni qoplash.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki ko’rinishda amalga oshiriladi:
xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalashtirish;
xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish.
Byudjetdan mablag’larni taqdim etishning metodlari byudjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari byudjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xo’jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda byudjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va transfertlar), operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o’zida ma’lum maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi. Bunda byudjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo’jaligi va transportga yo’naltiriladi.
Byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai-nazaridan kapital quyilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirishga uchun pul mablag’larini taqdim etishga kapital quyilmalarni moliyalashtirish deyiladi. Byudjet resurslarining cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga, ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo’nalishi yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar berishdir. Bu ko’rinishdagi byudjet mablag’lari davlat, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari va xususiy korxonalar(i)ning turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-energetika sanoati, agro-sanoat kompleksi, uy-joy-kommunal xo’jaligi, shahar transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo’naltiriladi.
Byudjetning ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlari davlat tomonidan ijtimoiy funktsiyaning bajarilishi bilan bog’liq. Bu xarajatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish printsiplari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning turlari bo’yicha moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan ijtimoiy soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va moliya organlarida tuzilgan assignovaniyalar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat ko’rsatiladigan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko’rsatkichlari (masalan, o’quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda ularning yil davomida faoliyat ko’rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu ko’rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo’lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga to’g’ri keluvchi pulli xarajat byudjet tashkilotining faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bo’yicha o’rnatiladi.