Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet36/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

1.3. Soliqlar va soliq tizimi

Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan mablag’lar bir qismining davlat ixtiyoriga majburiy va qaytarilmaydigan tarzda o’tkazuvchi to’lovlarga soliqlar deyiladi. Ular mamlakat milliy daromadining bir qismi bo’lib, byudjet tizimining barcha bo’g’inlari bo’ylab jalb qilinadi, qonunga muvofiq oldindan belgilangan miqdorda va muddatlarda davlatning ixtiyoriga borib tushuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy to’lovlaridan iboratdir. Soliqlar hisobidan davlatning funktsiyalari va vazifalarini bajarish uchun moliyaviy asos yaratiladi. Soliqlarsiz davlat faoliyat ko’rsataolmaydi. CHunki ular bozor munosabatlari va xususiy mulkchilik hukmronligi sharoitida daromadlarni byudjetga jalb qilishning asosiy metodi bo’lib hisoblanadi.


Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari daromadlarining 40% gachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyoriga o’tmoqda. Mamlakatlar yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadida soliqlar salmog’i ortib, uning darajasi o’rtacha 18% dan 30-50% gacha yetib bordi.
Soliqlar yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismi bo’lgan milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlab chiqarish jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabatlarining o’ziga xos shakli hisoblanadi. Bular soliqlarning ijtimoiy mazmunini shakllantiradi. Soliqlar jamiyatdagi taqsimlash munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqarish qonuniyatlarini o’zida ifoda etadi.
Ijtimoiy mazmundan tashqari soliqlar moddiy asosga (mazmunga) ham egadir, ya’ni ular jamiyatning davlat tomonidan mobilizatsiya (jalb) qilinadigan pul mablag’larining real summasini ham ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda soliqlar davlat hokimiyat organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismi bilan ta’minlaydi. Majburiy ravishda va soliqlar shaklida mamlakatning butun aholisidan o’zlashtirilgan milliy daromadning bu bir qismi davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari fondiga aylanadi. O’ziga xos tarzda majburiy chetlashtirishdan iborat bo’lgan bu jarayon ekvivalent almashuvsiz qiymatning bir tomonlama (soliq to’lovchidan davlatga) harakatini ifodalaydi.
Davlatning soliqli daromadlari ishlab chiqarish jarayonida (mehnat, kapital va tabiiy resurslar ishtirokida) yaratilgan yangi qiymat hisobidan shakllantiriladi. Ular davlatning mulkiga aylanadi hamda harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar uchun foydalaniladi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining alohida sohasi (tarkibiy qismi) sifatida soliqlar qat’iy ichki xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va namoyon bo’lishning farqlanuvchi shakllariga ega bo’lgan o’ziga xos tarzdagi iqtisodiy kategoriyadir. Soliqlar milliy daromad qiymati bir qismining umumdavlat ehtiyojlari foydasiga olinishi jarayonida namoyon bo’ladigan va real mavjud bo’lgan pul munosabatlarini ifodalaydi. Bu soliq munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida doimiy ravishda o’zgarishda bo’ladi.
Bir vaqtning o’zida soliqlar faqat iqtisodiy kategoriya bo’lib qolmasdan, balki moliyaviy kategoriya hamdir. Ular moliyaviy munosabatlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni ifoda etadi, o’zining farqlanuvchi belgilari va xususiyatlariga, o’z harakat shakliga, ya’ni moliyaviy munosabatlarning barcha to’plamidan ajratib turadigan funktsiyalariga ega.
Soliqlarning funktsiyalari ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ichki mazmunini ochib beradi. Hozirgi sharoitda soliqlar ikki funktsiyani bajaradi:
1). Fiskal funktsiya;
2). Tartibga solish (rag’batlantirish) funktsiyasi.
Bu funktsiyalarning har biri soliqlarning moliyaviy kategoriya sifatida alohida tomonlarini namoyon etadi.
Soliqlarning fiskal funktsiyasi ularning asosiy funktsiyasi bo’lib, bu barcha davlatlar uchun xarakterlidir. Bu funktsiya yordamida davlat pul fondlari, ya’ni davlatning faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy asos yaratiladi. Xuddi shu funktsiyaning o’zi milliy daromad qiymatining bir qismini jamiyatning eng kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlari foydasiga qayta taqsimlash uchun real imkoniyatni vujudga keltiradi.
Jamiyat rivojlanishi iqtisodiy darajasining oshib borishiga muvofiq ravishda soliqlar fiskalь funktsiyasining ahamiyati ham o’sib boradi. Insoniyat taraqqiyotining XX asri va XX1 asrining boshlari soliqlarni undirish hisobidan davlat daromadlarining juda katta o’sishi bilan xarakterlanadiki, bu narsa, o’z navbatida, davlat funktsiyalarining kengayishi va hokimiyat tepasida bo’lgan ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan ma’lum bir siyosatning hayotga tadbiq etilishi bilan bog’liqdir. Keyingi yillarda davlat iqtisodiy va ijtimoiy (ijtimoiy) tadbirlarga, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqaruv apparatini saqlashga katta miqdordagi moliyaviy mablag’larni sarflamoqda.
Ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan so’ng dunyoning rivojlangan mamlakatlarida soliqli daromadlar o’sishining yuqori sur’atlari xos bo’lib, bu narsa faqatgina iqtisodiyotning tiklanishi bilan emas, balki o’tgan asrning 60-70-yillarida G’arbning juda ko’p mamlakatlarida takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi bilan ham izohlanadi. XX asr 80-yillarining o’rtalarida soliq tushumlari sekinlashdi va ularning milliy daromaddagi salmog’i barqarorlashdi. Ammo, shunday bo’lishiga qaramasdan, milliy daromadni qayta taqsimlashda davlat salmog’ining yuqoriligi hamon saqlanib qolmoqda.
Soliqlarning fiskalь funktsiyasi iqtisodiy munosabatlarga davlatning aralashuvi uchun ob’ektiv shart-sharoitni yaratadi, ya’ni u tartibga solish funktsiyasini taqoza etadi.
Tartibga solish (rahbatlantirish) funktsiyasi qayta taqsimlash jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida soliqlarning takror ishlab chiqarishga uning sur’atlarini rag’batlantirib yoki to’sqinlik qilib, kapitalning jamg’arilishini kuchaytirib yoki susaytirib, aholining to’lovga qobiliyatli talabini kengaytirib yoki qisqartirib keskin ta’sir ko’rsatishi mumkinligini anglatadi. Milliy daromadni mobilizatsiya qilishning soliq metodini davlat tomonidan kengaytirilishi orqali soliqlarning ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari bilan doimiy ravishda to’qnash kelishiga sabab bo’lib, bu narsa unga mamlakat iqtisodiyotiga va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga ta’sir ko’rsatish uchun real imkoniyat yaratadi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi uchun ehtiyojni vujudga keltiradi. Bu narsa soliqli tartibga solishni (rahbatlantirishni) yangi pag’onaga ko’tardi. Daromadlarni soliqqa tortishning kengayishi bilan korxonalarning foydasi va aholining daromadlari asosiy soliq ob’ektlariga, jismoniy va yuridik shaxslar esa, asosiy soliq sub’ektlariga aylanadi.
Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmasiga ta’sir ko’rsatadi. Ular, bir vaqtning o’zida, talabning bozor mexanizmi orqali ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi yoki uning rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Soliqlarning miqdori (hajmi) mehnatga haq to’lashning darajasini aniqlashga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. CHunki ular soliq to’lovlarining tarkibiga kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish quvvatlarini realizatsiya qilish yoki ulardan foydalanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar bahosi bilan ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasidagi nisbat ham soliqlarga bog’liq.
Soliqlar va ularning funktsiyalari bazis munosabatlarini o’zida aks ettiradi. Ular soliq mexanizmini tashkil etadigan turli xildagi instrumentlar (soliq stavkalari, soliqqa tortish usullari, soliq imtiyozlari va shunga o’xshashlar) orqali soliq siyosatini yurgizishda davlat tomonidan foydalaniladi.
Soliqlarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:

  • Soliq sub’ekti - qonun bo’yicha soliqni to’lovchi shaxs (yuridik yoki jismoniy);

  • Soliq ob’ekti - mavjudligi uning egasini soliqqa tortishga asos bo’ladigan predmet (mol-mulk, yer va boshqalar);

  • Soliq manbai - hisobidan soliq to’lanadigan daromad (ish haqi, foyda, foiz va boshqalar);

  • Soliqqa tortish birligi - soliq ob’ektini o’lchash birligi (masalan, yer solig’i bo’yicha yerning bir gektari);

  • Soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga nisbatan o’rnatilgan soliqning miqdori (o’lchami). Ular regressiv, proportsional va progressiv stavkalarga bo’linganligi uchun soliqlar ham regressiv, proportsional va progressiv bo’ladi. Regressiv soliqlarda daromadning o’sib borishi bilan uni soliqqa tortish foizi kamayadi. Tovarlarning bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressivdir. Proportsional soliqlarda daromadning miqdoriga (o’lchamiga) bog’liq bo’lmagan holda ular bir xil stavkada undiriladi. Progressiv soliqlarda esa daromadlarning ortib borishiga qarab soliqning stavkasi ham ortib boradi. Progressiyalar oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy progressiyada soliqning stavkasi daromadning barcha qismi uchun ortadi (oshadi). Murakkab progressiyada esa soliq to’lovchining daromadi qismlarga bo’linadi va uning har bir qismiga nisbatan tegishli soliq stavkasi qo’llaniladi;

  • Soliq imtiyozlari – amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda soliq to’lovchini soliq to’lashdan to’liq yoki qisman ozod qilish;

  • Soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) - unga nisbatan soliq stavkasi qo’llaniladigan daromad. Soliq to’lovchining yalpi daromadidan amaldagi qonunchilik bo’yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi;

  • Soliq okladi – uning sub’ekti tomonidan to’lanadigan soliq summasi;

  • Soliq tizimi – mamlakat territoriyasida amal qiladigan soliqlar, ular tuzilishining metodlari va printsiplari majmui.

Soliqqa tortishni boshqarish tashkiliy-huquqiy normalari va metodlarining jami majmuiga soliq mexanizmi deyiladi. Davlat soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi orqali yuridik shakl beradi va u orqali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko’rsatib, uni tartibga solib turadi.
Soliq mexanizmidan foydalanishning samaradorligi davlat tomonidan soliqlarning ichki mohiyati, ularning harakatlanish qonunlari va qarama-qarshiliklari qanday hisobga olinganligiga bog’liq. Bir tomondan soliqlar va ular funktsiyalarining, ikkinchi tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmining chegaralanganligi soliqlarning ob’ektivligini va davlat faoliyatining sub’ektivligini tushunishga imkon beradi.
Soliq siyosati va soliq mexanizmi jamiyatda soliqlarning o’rnini aniqlab beradi va bu narsa davlatning faoliyati bilan uzviy bog’langandir. Ularning har ikkalasi doimiy harakatda bo’lib, davlatning iqtisodiy siyosatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Yangi iqtisodiy kontseptsiyalarga muvofiq ravishda soliq siyosati va soliq mexanizmi qayta ko’rib chiqiladi.
Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar, ularni o’rnatish, o’zgartirish va bekor qilishning printsip, shakl va metodlari, to’lash va ularning to’lanishini ta’minlash bo’yicha choralarni qo’llash, soliq nazoratini amalga oshirish, javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralari majmuiga soliq tizimi deyiladi. Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining talablariga asoslanadi.
Zamonaviy soliq tizimi mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar to’plamidan iborat bo’lib, soliqlarning ko’pligi bilan xarakterlanadi. Soliq to’lovchilar daromad solig’idan tashqari yana ko’plab egri (bilvosita) soliqlarni, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, mahalliy soliqlar va yig’imlarni to’laydi.
Soliq tizimining tarkibiy tuzilmasi davlat tuzilishiga bog’liq. Unitar davlatlarda soliq tizimi o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Davlat soliqlari;

  • Mahalliy soliqlar va yig’imlar.

Federativ davlatlarda esa soliq tizimi uch bo’g’indan tarkib topadi:

  • Davlat (federal) soliqlari;

  • Federatsiya a’zolarining byudjetlariga biriktirilgan soliqlar;

  • Mahalliy soliqlar va yig’imlar.

Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan asosiy soliqlar Davlat byudjetiga biriktiriladi. Odatda, bunday asosiy soliqlar tarkibiga quyidagilar kiritilishi mumkin:

  • Qo’shilgan qiymat solig’i;

  • Aktsizlar;

  • Aholidan olinadigan daromad solig’i;

  • Korporatsiyalarning (korxonalarning) daomadidan (foydasidan) olinadigan soliq;

  • Bojxona bojlari.

G’arbning rivojlangan mamlakatlarida byudjet daromadlarini shakllantirishda aholidan olinadigan daromad solig’i muhim rolь o’ynab, uning yordamida byudjet daromadlarining 25-45% tarkib topmoqda. Bu soliq murakkab progressiya printsipi bo’yicha progressiv stavkalarda undiriladi. Daromad solig’i yordamida aholi daromadlari soliqqa tortilayotgan paytda soliqqa tortilmaydigan minimum (soliq to’lovchi daromadining soliqqa tortilmaydigan qismi) qo’llaniladi.
Rivojlangan mamlakatlardagi soliqqa tortishga xos bo’lgan muhim tendentsiyalardan biri korporatsiyalar (korxonalar) daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq bo’yicha tushumlar salmog’ining pasayishidir. Bu narsa doimiy va uzluksiz ravishda soliq imtiyozlarini kengaytirish va soliq stavkalarini pasaytirish evaziga qo’lga kiritilayapti.
Soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar o’ziga xos bo’lgan o’ringa ega. Qo’shilgan qiymat solig’i Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida amal qiladi. Yetakchi xorijiy mamlakatlardan faqat AQSH va Yaponiyada bu soliq qo’llanilmaydi.
Byudjet daromadlarini shakllantirishda bojxona bojlari ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular tovarlar eksporti va importida olinadigan soliqlardir. Keyingi yillarda dunyo xo’jalik hayotining baynalminallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining yanada rivojlanishi natijasida bojxona bojlarining byudjet daromadlarini shakllantirish manbai sifatidagi roli ham birmuncha pasayib bormoqda. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar byudjetlari daromadlarining o’rtacha 1-4% shu soliq hisobidan tarkib topayapti.
Davlat fiskal monopoliyalari yoki fiskal monopol soliqlarda davlat ommaviy iste’molga ega bo’lgan qandaydir bir mahsulotni (aroq, sigaret va shunga o’xshashlar) ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish ustidan monopoliyani o’rnatadi va o’rnatilgan monopol bahodan tadbirkorlik daromadi bilan bir qatorda yirik soliqlarni ham undiradi. Davlat byudjetiga kelib tushadigan fiskal monopol soliqlar Frantsiya, Italiya, GFR va Yaponiya kabi mamlakatlarda qo’llaniladi.
Mahalliy byudjetlarga fiskal nuqtai-nazardan yetarli darajada samarali bo’lmagan va ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar biriktiriladi. Mahalliy byudjetlarning ixtiyoriga kelib tushadigan soliqlarning eng asosiysi mol-mulk solig’idir.
Federativ tuzilishga ega bo’lgan davlatlarda federatsiya a’zolari byudjetlarining daromadlariga tegishli bo’lgan masala turlicha hal qilingan. Masalan, AQSHda shtatlarning byudjetlari egri (bilvosita) soliqlarga tayangan bo’lib, ularning orasida sotuvdan olinadigan soliq bosh rolьni o’ynaydi. GFRda esa aholidan olinadigan daromad solig’i va korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliq bo’yicha tushumlar ma’lum foizlarda federal byudjet va yerlarning byudjetlari o’rtasida bo’linadi. Juda ko’p mamlakatlarda mahalliy byudjetlarga yo’naltiriladigan soliqlarga nisbatan ustamalar (qo’shilmalar) qo’llash amaliyoti joriy etilgan.
SHunday bo’lishiga qaramasdan mahalliy hokimiyat organlarining o’z funktsiyalarini to’liq amalga oshirishlari uchun soliqlar, aksariyat hollarda, yetarli emasdir. SHu sababli mahalliy byudjetlarga yuqori byudjetdan dotatsiya, subventsiya, kredit va boshqalar shaklida mablag’lar yo’naltiriladi.
Hozirgi paytda O’zbekiston hududida qirqdan ortiq soliq va yig’imlar undiriladi. Ular sonining ana shunday ko’pligi xilma-xil vazifalarni yechish va turli-tuman funktsiyalarni bajarish (amalga oshirish) imkonini bersa-da, bir vaqtning o’zida bu narsa, ularni undirish bo’yicha xarajatlarning ortishiga olib keladi va soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlashga sharoit yaratadi.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish