Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Byudjet daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi



Download 4,83 Mb.
bet35/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

Byudjet daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi

Byudjet daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.


Eng avvalo, byudjet daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:

  • soliqli daromadlar;

  • nosoliqli daromadlar;

  • tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.

Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • davlat mulkini foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);

  • byudjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan haqli (to’lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);

  • fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar;

  • moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);

  • boshqa soliqsiz daromadlar.

Byudjet daromadlarining tarkibiga tushumlarning quyidagi ko’rinishlari hisobga olinishi mumkin:

  • davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar;

  • kredit muassasalaridagi hisob varaqlarida byudjet mablag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar;

  • davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar;

  • qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag’laridan foydalanganlik uchun haq;

  • davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividentlarga to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar;

  • davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);

  • davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar.

Byudjet daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi byudjetning daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti:
1. To’g’ri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar; yagona soliq to’lovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) Davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan qat’iy soliq kiradi;
2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qo’shilgan qiymat solig’i; aktsizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi; transport vositalari uchun benzin, dizelь yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqdan iborat;
3. Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i. Bu guruhga kiruvchi soliqlar va to’lovlar mol-mulk solig’i; yer solig’i; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni o’z ichiga oladi;
4. Ustama foydadan olinadigan soliq;
5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq;
6. Boshqa daromadlar.
O’zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra byudjet daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan daromadlar;
- aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko’ra byudjet daromadlari quyidagi ko’rinishlarni olishi mumkin:
- nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
- davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
- aholidan olinadigan mablag’lar.
Byudjet daromadlarining yuqorida sanab o’tilgan har bir guruhlari daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar bo’yicha kichik guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat korxona va tashkilotlarining to’lovlari, davlat mulkini sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib tushadigan mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlardan iborat bo’lishi mumkin.
O’z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan byudjet daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari tomonidan byudjetga o’tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i va boshqalar kiradi. SHuningdek, davlat mulkidan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta jo’natmalarini, me’ros huquqi bo’yicha davlatga o’tgan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga davlat avtomobilь inspektsiyalari tomonidan undiriladigan yig’imlar, tovar belgilarini qayd etganlik uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.
Byudjet daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda (shaklda) mobilizatsiya (jalb) qilinishi mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda mobilizatsiya (jalb) qilish hal qiluvchi rolьni o’ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar kiradi. Byudjet daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir mablag’lar belgilangan muddatlarda byudjetga o’tkazilishi zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi. Bu holat byudjetning ijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni to’liq va o’z vaqtida byudjetga mobilizatsiya qilishga (jalb etishga) yo’naltirilgan.
Sub’ektlarning daromadlari byudjet ixtiyoriga ikki xil metodlarni qo’llash evaziga olinishi mumkin:
1) soliqli metodlar;
2) nosoliqli metodlar.
Soliqli metodlar uchun mablag’larning byudjet foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqa soliqlar kiradi.
Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishini talab etmaydigan mablag’lar ham byudjetning daromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag’larni sarf etsa-da, u bu mablag’larni belgilangan muddatlarda va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday byudjet daromadlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Byudjet daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi mumkin.
Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga biriktirilishiga qarab ikkiga bo’linishi mumkin:
1) byudjetning o’z daromadlari;
2) byudjetning tartibga keltiruvchi daromadlari.
Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq ravishda doimiy asosda tegishli byudjetga to’liq yoki qisman biriktirilgan daromadlar byudjetning o’z daromadlari deyiladi. Ularga tegishli byudjetlarga biriktirilgan soliqli va nosoliqli daromadlar kiradi.
Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida, odatda 3 yildan kam bo’lmagan holda) uchun boshqa darajadagi byudjetlarga ajratmalar normativi o’rnatiladigan soliqlar va boshqa to’lovlar byudjetning tartibga keltiruvchi daromadlari deyiladi.
Byudjet daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai-nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Byudjet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldingan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin.
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalar alohida shakllari va turlarining yig’indisi byudjet daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan byudjet daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir.
Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan byudjet daromadlari tizimining samaradorligi mablag’larning byudjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog’liq. Bu narsa o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- byudjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar, bojlar, ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish;
- mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi;
- daromadlarni (to’lovlarni) byudjetga o’tkazish tartibi;
- byudjetga daromadlarni to’lovchilarni hisobga olish;
- byudjetga daromadlarni to’lovchilarning javobgarligi;
- byudjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi;
- byudjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlari.
Yuqoridagilarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va byudjetga daromadlarni to’lovchilar o’rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim.



Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish