Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


-mavzu. Byudjet tizimi va bdyujet tuzilmasi



Download 4,83 Mb.
bet43/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

10.4-mavzu. Byudjet tizimi va bdyujet tuzilmasi


10.4.1. Byudjet tizimi: ta’rifi, printsiplari, boshqarish sohasidagi vakolatlar


Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag’lari oluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish printsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular o’rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda byudjet mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro munosabatlar majmuiga byudjet tizimi deyiladi. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, byudjet tizimi deyilganda esa mamlakatdagi mavjud byudjetlar to’plami (majmui) tushuniladi.
Byudjet tizimi mamlakat byudjet tuzilishining tarkibiy qismi bo’lib, uning ma’lum bir qismini o’zida ifoda etadi. SHu ma’noda, byudjet tizimi byudjetning o’zaro bog’liqlikda bo’lgan bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning byudjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga (qurilishiga), davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo’linishiga bevosita bog’liq.
U yoki bu mamlakatning byudjet tizimi ikki yoki uch bo’g’inli bo’lishi mumkin. Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki bo’g’indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bo’g’indan (markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari va ma-halliy byudjetlar) iborat bo’lishi mumkin.
Har bir mamlakatning byudjet tizimi ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Bunday printsiplarning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:

  • byudjet tizimining yagonaligi;

  • byudjet tizimining darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarning chegaralanganligi;

  • byudjetlarning mustaqilligi;

  • davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjetlari, byudjetlar daromadlar va xarajatlarining to’liq aks etishi;

  • byudjetlarning balansliligi;

  • byudjet mablag’laridan foydalanishning samarador-ligi va tejamliligi;

  • byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi;

  • oshkoralik;

  • byudjetning haqqoniyligi;

  • byudjet mablag’larining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi.

Byudjet tizimining yagonaligi printsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, byudjet hujjatlari shakllari, byudjet jarayoni printsiplari, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun sanktsiyalarning yagonaligi, mamlakat byudjet tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va byudjet mablag’lari buxgalteriya hi-sobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgilanadi.
Byudjet tizimining darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarning chegaralanganligi printsipi tegishli daromadlar turlarini (to’liq yoki qisman) va xarajatlarni amalga oshirish bo’yicha vakolatlarni mamlakatning hokimiyat organlari, mamlakat sub’ektlarining hokimiyat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga biriktiril-ganligini ko’zda tutadi.
Byudjetlarning mustaqilligi printsipi qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining mamlakat byudjet tizimining tegishli darajalarida byudjet jarayonini mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu printsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat byudjet tizimining har bir darajasida byudjetlar daromadlarining o’z manbalariga egaligini, byudjetlarning tartibga keltiruvchi daromadlarini, qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlarning daromadlarini shakllantirish bo’yicha vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar xarajatlarining sarflanish yo’nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, byud-jet to’g’risidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qo’shimcha daromadlar, byudjet daromadlarining xarajat-laridan oshgan qismi summalari va byudjet xarajatlari bo’yicha iqtisod qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, byudjet to’g’risidagi qonunlarning ijro etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo’qotmalar va qo’shimcha xarajatlarni byudjet tizimining boshqa darajalari hisobidan kompensatsiya qilishga yo’l qo’ymas-likni (qonunchilikning o’zgarishiga bog’liq holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) taqozo etadi.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish