10.5-mavzu. Mahalliy byudjetlar
Mahalliy byudjetlar daromadlari
Mahalliy byudjetlar xarajatlari
Byudjet tizimining har qaysi bo’g’iniga biriktirilgan soliqlar o’ziga xos iqtisodiy mazmunga va umumiy davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Ularni byudjet daromadlaridagi salmog’i nuqtai nazardan tarkibiy isloh qilish davlat tomonidan olib borilayotgan byudjet- soliq siyosatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning instrumenti sifatida soliqlardan foydalanish darajasiga bog’liqdir.
Davlat byudjeti daromadlari tarkibida asosiy salmoqni bilvosita va bevosita soliqlar tashkil qilmoqda. Agar soliqlarni davlat byudjeti tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanishi nuqtai nazardan ko’rib o’tadigan bo’lsak yuqoridagi bilvosita va bevosita soliqlarning asosiy qismi umumdavlat soliqlari va yig’imlari hisobiga to’g’ri kelayotganligini kuzatishimiz mumkin. Demak, soliqqa tortish tizimi daromadlarni Respublika darajasida markazlashtirish yuqoriligicha qolayotganligini va shu bilan birga byudjet ixtiyoridagi moliyaviy resurslarni «quyidan yuqoriga» qarab moliyaviy oqimlari bilan birgalikda moliyaviy tenglashtirish siyosatini amalga oshirish maqsadidagi «yuqoridan quyiga» yo’naltirilgan moliyaviy resurslar oqimlari ham sezilarli bo’layotganligi tabiiy hol hisoblanadi. Daromadlarni markazlashtirishga ta’sir etuvchi omil hududlarning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishidagi tafovut va shunga asoslangan holda davlat ijtimoiy xizmatlarini hududlar kesimida tenglashtirish siyosatining ko’lamiga bog’liqdir.
SHuningek, hududlardagi tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy va demografik omillar ta’sirida ularning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog’ida tafovutlar yuzaga keladi.
Iqtisodiy salohiyati yuqori darajada bo’lgan Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Farg’ona viloyati, Buxoro viloyati, Qashqadaryo viloyati, Navoiy viloyatlari davlat byudjeti daromadlarini shakllanishida sezilarli ulushga ega bo’lishmoqda. Bu albatta yalpi hududiy mahsulotning tarkibi hisoblanuvchi sanoat mahsuloti, halq iste’moli tovarlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, investitsiyalar, chakana savdo aylanmasi va pullik xizmatlar ko’rsatish darajalarini bo’yicha baholanadigan hududlarning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog’liqdir.
Mazkur daromadlar hududlardagi ijtimoiy- iqtisodiy tadbirlar bo’yicha moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mahalliy byudjetlarni shakllantirishga hamda umumdavlat ahamiyatidagi moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojlar uchun respublika byudjetiga taqsimlanadi.
Respublika byudjetining daromadlari umumdavlat soliqlari va yig’imlari hisobiga shakllantirilib, bunday daromadlar asosan, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan xarajatlarni moliyalashtirishga yo’natiriladi.
O’zbekiston respublikasida yangi qabul qilingan Soliq kodeksining 23 moddasida umumdavlat soliqlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; qo’shilgan qiymat solig’i; aktsiz solig’i; yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yagona soliq to’lovi va boshqalar kiritiladi13.
Daromadlarni markazlashuvi va ularni byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida qayta taqsimlanish mexanizmining huquqiy asoslarini shakllantirishni hisobga olgan holda umumdavlat soliqlarining har yili qonuniy tartibda belgilangan me’yorlar asosida byudjetlar o’rtasida taqsimlanish mexanizmi amal qiladi. Bu albatta, byudjet tizimining soliqli daromadlarini turli darajadagi byudjetlarga tegishli moliyaviy majburiyatlarni har yili o’zgarib turishi va bu xarajatlar asosida «donor» va «retsipient» byudjetlar daromadlarini o’zaro barqarorlashtirish vositasidagi byudjet munosabatlarini tartibga solishni ko’zda tutadi. Ayniqsa hozirgi “ijtimoiy yo’naltirilgan” byudjet tizimi sharoitida mahaliy byudjetlarga ijtimoiy- madaniy tadbir xarajatlari va aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha yuklatigan yuqori darajadagi xarajat majburiyatlarini samarali ijrosini ta’minlashda umumdavlat soliqlari va yig’imlari vositasida byudjet tizimini tartibga solish amaliyotiga alohida vazifalar yuklatilshi tabiy holdir. Jahon amalyotida yuqori byudjetlar tomonidan quyi byudjetlarni tartibga solishda keng qo’llaniladigan usullardan biri me’yoriy ajratmalar vositasida tartibga solish tizimi hisoblanib, milliy byudjet tizimida ham ularning ahamiyati va mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibidagi hissasi yuqori bo’lmoqda.
Mahalliy byudjetlar daromadlari hududiy ijtmoiy-iqtisodiy tadbirlarni moliyaviy ta’minlashga qaratilgan mahalliy xokimiyat organlarining moliyaviy resurslar manbai hisoblanadi.
Biriktirilgan daromadlar – byudjet huquqining sub’ektiga tegishli mablag’lar, ya’ni byudjetga to’laligicha yoki qat’iy o’rnatilgan ulushda doimiy ravishda kelib tushadigan mablag’lardir.
Mahalliy soliqlar va yig’imlarni mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibidagi salmog’ining o’sishi ularning moliyaviy mustaqilligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Haqiqatda ham davlat ijtimoiy- iqtisodiy siyosatini samarali ijrosini ta’minlashda mahalliy soliqlar va yig’imlar bir hil ta’sir darajasiga ega bo’lishi kerak.
|
Mahalliy soliqlar va yig’imlar
|
|
|
|
|
|
|
Mahalliy soliqlar:
- mol-mulk solig’i;
- yer solig’i;
- obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
-jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizelь yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
-yagona yer solig’i
|
|
Mahalliy yig’imlar:
- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im;
-Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yxatga olish yig’imi;
-Avtotransport vositalarini saqlash yig’imi;
-Dexqon bozorlaridagi bir martalik yig’im;
-boshqa yig’imlar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |