Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


- rasm. Mahalliy soliqlar va yig’imlarning tarkibi



Download 4,83 Mb.
bet47/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

1- rasm. Mahalliy soliqlar va yig’imlarning tarkibi
Amaldagi mavjud mahalliy soliqlar va yig’imlar tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, uning tarkibidagi yer solig’i, yagona yer solig’i va mol mulk soliqlari iqtisodiy tabiati bo’yicha real soliqlar hisoblanib, ularning ob’ekti yer resurslari va mulk ob’ektlari hisoblanadi. SHuningdek, iste’moldan olinadigan benzin va dizel yoqilg’isi uchun soliq hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari ham mahalliy byudjetlarning biriktirilgan daromad manbalari hisoblanadi.
Mahalliy byudjetlarning daromadlari tarkibida fakultativ tavsifdagi mahalliy yig’imlar ham mavjud bo’lib, hozirgi kunda ularning ahamiyati o’sib bormoqda.
Iqtisodchi G.B. Polyak mahalliy byudjetlar barqarorligini kompleks baholash tizimini tadqiq qilish vositasida, moliyaviy barqarorlikni ta’minlanishi uchun qonunchilik bo’yicha biriktirilgan daromadlarni ya’ni mahalliy soliqlar va yig’imlarni ularning daromadlarida o’rtacha 50-60%ni tashkil qilishi lozimligini e’tirof etadi14. Hozirgi sharoitdagi byudjet amaliyotimizda esa mahalliy soliqlar va yig’imlarning mahalliy byudjet daromadlaridagi salmog’i 30%ni ham tashkil qilmayotganligini quyidagi jadval ma’lumotlari asosida ko’rishimiz mumkin.
Mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibida mahalliy soliqlar va yig’imlarning hissasini sezilarli darajada bo’lmasa ham o’sishi kuzatilayotgan bo’lsada, 2011 yilga kelib 29,6%lik salmoq ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va yuqori byudjetlarga moliyaviy qaramligini oldini olish uchun byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida daromadlarni taqsimlanish tizimidagi islohotlar davom ettirilishi lozimdir. Lekin keyingi yillarda olib borilayotgan islohotlar natijasida mahalliy soliqlarning salmog’i mahalliy byudjetlar daromadlarida ortib bormoqda. Bunday o’sish birinchidan mahalliy soliqlar va yig’imlar tizimi bo’yicha soliqqa tortiladigan bazani kengaytirilishi bilan, ikkinchidan, ularni tarkibiy qayta shakllantirilishi natijasida ko’payganligini kuzatishimiz mumkin.
Ayniqsa benzin, dizel yoqilg’isi iste’moli uchun soliqning joriy qilinishi natijasida mahalliy soliqlar tarkibida sezilarli tushum samarasiga ega bo’lgan soliqqa asos solindi.
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Andijon viloyati Asaka tumani mahalliy byudjeti daromadlari tarkibida mol-mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yer solig’ining salmog’i yuqori bo’lmoqda.
Davlat byudjeti xarajatlar byudjet tizimining har qaysi bo’g’iniga alohida ravishda biriktirilgan bo’li, ularning taqsimlanishining asosini turli darajalardagi davlat xokimiyat organlariga yuklatilgan vazfalarga bevosita bog’liqdir. Xususan, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan xarajatlar asosan Respublika bdjetidan moliyalashtiriladi. Bunday xarajatlarga mudovaa, milliy xavfsizlik xarajatlari, sud, prokuratura tizmini moliyalashtirish xarajatlari vqa boshqalar hisoblanadi.
Keyingi yillarda davlat byudjeti xarajatlarining sezo’ilarli qismi mahalliy byudjetlarga xarajat majburiyatlari sifatida yuklatilmoqda. Bunga parallel ravishda mahalliy byudjetlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan fiskal markazsizlashtirish siyosati ham amalga oshirilmoqda. Xususan, bu borada Prezidentimiz IA.Karimovning: «Davlat byudjeti daromadlarining katta kismini joylarga berish, byudjetlarni mustahkamlash earur. Bu esa mintaqalar mustaqilligini. byudjet ijrosidan manfaatdorligi va bu boradagi mas’uliyatini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu narsa mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini kidirib topishga rag’batlantiradi, joylarda byudjet intizomini mustahkamlaydi»15,- degan fikr-mulohazalari diqqatga sazovordir.
Hududlardagi ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo’yicha mahalliy byudjetlar xarajatlarining ko’payishi bir qator omillarga asoslanadi:
-xarajatlarning manzilliligini oshirish va iste’molchilarga maksimal yaqinlashtirilish imkoniyatlari tug’iladi. Bunda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlarining xarajatlarni samarali sarflanish, ularni manzilli sarflanishini ta’minlash bo’yicha masuliyati oshiriladi;
- xarajatlarning haqiqiy iste’molchisiga maksimal darajada yetib borishi ta’minlanadi va maqsadli sarflanishi ustidan samarali moliyaviy nazorat tizimi shakllantiriladi.
- hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishidan manfaatdor davlat organi sifatida mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining xarajatlar ijrosi bo’yicha samarali faoliyati ta’minlanishi mumkin.
Mahalliy byudjetlar hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish jarayonida bir qancha zaruriy vazifalarni bajarmoqda:
- mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini moliyaviy ta’minlash uchun pul fondlarini shakllantirish;
- shakllantirilgan pul fondlarini iqtisodiyotning turli sohalari o’rtasida oqilona taqsimlash va foydalanish;
- mahalliy hokimiyat organlzri boshqaruvida bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalarning moliyaviyxo’jalik faoliyatini nazorat qilish.
Mahalliy byudjetlarning xarajatlar qismi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy jaraenlari natijasida yaqqolroq namoen bo’ladi. Mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatining asosiy tomoni – ularga qarashli hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida rejalarini amalga oshirishdir. Aholining kupayishi va aholi yashaydigan joylarda obodonchilik ishlarini tashkil qilishda mahalliy byudjet xarajatlarining kengayishiga olib keladi.
Hududiy ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mahalliy byudjetlarning ahamiyati ularga yuklatilgan xarajat majburiyatlariga bevosita bog’liqdir. Mahalliy byudjetlarning xarajatlar qismi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy jaraenlari natijasida yaqqolroq namoen bo’ladi. Mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatining asosiy tomoni – ularga qarashli hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida rejalarini amalga oshirish va kaytadan ishlashdir. Aholining kupayishi ( kuchib keluvchilar natijasida ) yangi tumanlarning paydo bo’lishiga komunal xo’jalikni ustirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishga va aholi yashaydigan joylarda obodonchilik ishlarini tashkil qilishda mahalliy byudjet xarajatlarining kengayishiga olib keladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida real sektor korxonalarini qo’llab quvatlash uchun imtiyozli kreditlash tizimini joriy qilishda davlat byudjeti mablag’larining ahamiyati yuqoridir. CHunki, Inqiroz sharoitida tijorat banklarini kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha ularning nizom kapitallariga qo’yilma shaklida davlat byudjetidan 491 mlrd. so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur mablag’lardan tijorat banklari maqsadli yo’nalishda foydalanishlari belgilangan Asosan mazkur mablag’lardan imtiyozli kreditlash tizimida keng foydalanishlari ko’zda tutilgan. Demak, moliyaviy- iqtisodiy inqiroz bilan bog’liq muammolarning keskinlashuvi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini barqarorligini ta’minlash, uni moliyaviy sog’lomlashtirish bo’yicha chora tadbirlarda davlat byudjeti va xususan, uning tarkibiy qismi bo’lgan mahalliy byudjetlarnining ahamiyati yuqoridir.
Moliyaviy- iqtisodiy inqiroz sharoitida davlat byudjetiga va xususan mahalliy byudjetlarga yuqori darajadagi investitsion yuk yuklatilishiga qarmasdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan ozod qilish muddatini 2020 yilgacha uzaytirish bo’yicha imtiyozning yaratilishi ham korxonalarning soliq to’lashdan bo’shagan mablag’lari hisobiga maqsadli xarajatlarini moliyaviy ta’minlash va rentabelligini oshirish imkoniyatlari vujudga keltiradi.
Yuqorida sanab o’tilgan choralar real sektor korxonalari va eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi, mamlakatdagi moliyaviy intizomni mustahkamlanishiga va ohir oqibat milliy iqtisodiyotimizning moliyaviy sog’lomlashuviga xizmat qilishi mumkin.
Mahalliy byudjetlardan ijtimoiy sohalardagi faoliyat yurituvchi muassasalar ish haqi va boshqa to’lovlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi iqtisodiyotdagi talabni rag’batlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun hozirgi kunda byudjet intizomini mustahkamlash orqali mahalliy byudjetlar ijrosi samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur chora tadbirlarning samarali ijrosi to’lov intizomini mastahkamlanishiga olib keladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga yo’naltirilishini inobatga olib hamda ushbu yo’nalish bo’yicha davlat xarajatlarini optimallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlarga alohida e’tibor berish lozim:
-o’quvchilar soni kam hamda o’qitish turli tillarda bo’lgan maktablarning (va boshqa ta’lim muassasalarining) asosli soniga bog’liq bo’lgan, hududlar bo’yicha tabaqalashtirilgan to’g’rilovchi orttiruvchi koeffitsientlardan foydalangan holda bir o’quvchi (tarbiyalanuvchi)ga xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda ta’lim muassasalari byudjetlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning yangi tartibini tadbiq etish;
-maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to’lovining oziq-ovqat xarajatlarini moliyalashtirishdagi ulushini oshirish maqsadida uning miqdorini qayta ko’rib chiqish hamda imtiyozli kontingentni hozirgi vaqtdagi 11 %, 15 % yetkazish. Bunda kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini to’laligicha byudjet hisobidan ta’minlanadilar. Byudjet mablag’larining bo’shagan qismini maktabgacha tarbiya muassasalarining moddiy - texnika bazasini mustahkamlash uchun yo’naltiriladi;
-ota-onalar to’lovini joriy qilish (kam ta’minlangan oilalarning farzandlaridan tashqari) yo’li bilan maktab-internatlarda bolalarni ovqatlantirishni tashkilllashtirishda ota-onalarning ishtirokini kengaytirish. Bunda, aqliy va jismonan nuqsonli bolalar uchun, boquvchisini yo’qotgan bolalar uchun va sportga ixtisoslashtirilgan maktab internatlarni to’laligicha byudjetdan saqlashni saqlab qolish (hisob-kitobga ko’ra maktab – internatlar umumiy o’quvchilarining 30 % hisobida);
-maktabdan tashqari muassasalar tarmog’ini optimallashtirish (Respublika bolalar ijodiy markazlaridan tashqari) va ular bazasida o’z-o’zini moliyalashtirish bolalar ijodiy markazlarining faoliyatini tashkil qilish. Bunda, birinchi ikki yil davomida ularni byudjetdan moliyalashtirish umumiy xarajatlarining 50 % miqdorida saqlab qolindi.
-birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini saqlash uchun ajratilayotgan byudjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida Samarqand, Sirdaryo, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida tuzilmaviy o’zgartirishlardan keyin qolgan shahar birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalarini (ambulatoriya-poliklinika muassasalari) vrachlik qabullariga bog’langan aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblangan bir aholi jon boshiga xarajat me’yori bo’yicha byudjetdan rejalashtirish va moliyalashtirishga o’tkazish;
-byudjet sohasida ishlovchi onalarga bola 2 yoshga to’lgunga qadar to’lanadigan nafaqalarning mahalla qo’mitalari tomonidan ularning amaldagi miqdorini saqlab qolgan holda belgilash tartibini tatbiq etish hamda tegishli ravishda mahalla qo’mitalariga ajratiladigan mablag’lar miqdorini oshirish. Oilalarning muhtojligidan kelib chiqib mahalla komitetlari tomonidan nafaqalarni tayinlash usuli samaraliroqdir, chunki nafaqaning turi bo’yicha nafaqalar to’lanishi to’g’risidagi qaror maxsus komissiya tomonidan oilalarning muhtojligi o’rganib chiqilgandan so’ng qabul qilinadi.
Mazkur tadbir mahalliy byudjetlar xarajatlarining maqsadli va manzilliligini ta’minlash hamda fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlarining joylardagi aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha mas’uliyatlari oshirilishiga olib keladi.
Jahon amaliyotida mahalliy byudjetlarning moliyaviy imkoniyatlari ularning absolyut barqarorligi orqali ifodalanadi. Ular tomonidan moliyalashtiriladigan xarajatlarni biriktirilgan daromadlar(asosan mahalliy soliqlar va yig’imlar) va meyoriy ajratmalar shaklidagi tartibga soluvchi daromadlar hisobiga to’liq moliyalashtirish imkoniyatlari tushuniladi. Buni quyidagi formula asosida ko’rib o’tishimiz mumkin:
Bx  Db + Dt;

Bx – byudjet xarajatlari;


Db- byudjetning biriktirilgan daromadlari;
Dt- tartibga soluvchi daromadlar;
Agar, biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlar yetishmasa bunday sharoitda moliyaviy tenglashtirish siyosati bo’yicha yuqori byudjetdan moliyaviy yordam shakllari hisobiga mablag’lar ajratiladi. Bunday holat mahalliy byudjetlarning nobarqarorlik holati sifatida e’tirof etiladi.
Respublika va viloyat byudjetlari o’rtasidagi byudjetlararo munosabatlarda dotatsiyalar muammosi ma’lum darajada muvofiqlashtirilgan bo’lsada, mahalliy darajadagi byudjetlararo munosabatlar tizimidagi dotatsiyalar masalasi hali yetarli darajadagi muammolarga egadir. Mazkur shahar va tumanlarning dotatsion rejimda qolayotganligi quyidagi omillar bilan izohlanadi:
Birinchidan, mahalliy darajada byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida daromadlarni taqsimlanish tizimi bilan bog’liq muammolarning yetarli hal qilinmaganligi;
Ikkinchidan, hududlarning investitsion faolligi, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faolligining pastligi;
Uchinchidan, mamlakatda iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini barqaror rivojlanishi bilan bog’liq muammolarning mavjudligi;
To’rtinchidan, byudjet muassasalarida byudjet intizomiga rioya qilishdagi qonunbuzarliklarning mavjud bo’lishi;
Beshinchidan, mavjud moliyaviy infrastrukturaning imkoniyatlaridan hududlarda samarali foydalanilmaslik, to’lov intizolmi bilan bog’liq muammolar va boshqalar hisoblanadi.
Agar, birinchi 3 ta omil yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish sur’atlarini oshirishini ta’minlash orqali, hududlarning soliq salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratsa, keyingi 2 ta omil davlat moliyaviy mablag’laridan samarali foydalanish tizimini shakllantirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi.
Xukumatimiz tomonidan hududiy ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mahalliy xokmiyat organlariga yuklatilayotgan vazifalarga asoslangan holda, hududlarda davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish va unda foydalanish tizimini barqarorlashtirish bo’yicha shahar, tuman hokimlarining asosiy vazifalari sifatida quyilagilarni keltirib o’tamiz:
- soliq va yig’imlarni manbalar bo’yicha to’liq undirilishini nazorat qilish;
- boqimanda qarzdorlikni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar;
- kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratib berish;
- hududlarni rivojlantirish maqsadida investitsiya va kredit mablag’larini jalb qilish;
- to’liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish;
- byudjet tashkilotlarida byudjet, smeta-shtat intizomiga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat;
- byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat o’rnatish.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish