4.Moliya bozorlarida davlat moliya institutlarining faoliyati va roli
Umuman olganda, davlat moliya byudjet tashkilotlari – bu moliyaning alohida faoliyat sohasi bo’lib, moliya bozori orqali davlatning moliyasini boshqarish negizida iqtisodiy siyosatni (monetar va fiskal) mamlakat iqtisodiyoti manfaati yo’lida amalga oshiruvchi moliyaviy institutlar hisoblanadi. Bunday institutlarga Moliya vazirligi, Davlat G’aznasi, Markaziy bank, mahalliy hokimiyat organlari, moliya (yoki qimmatli qog’ozlar) bozorini tartiblashtiruvchi vakolatli davlat organi (ba’zi mamlakatlarda bu organ moliya bozori makroregulyatori (megaregulyatori) maqomiga ega) kiradi. Ularning har biri o’ziga mos siyosatni amalga oshirish maqsadida moliya bozorida faoliyat yuritadi (1.1 paragrafga qaralsin).
Davlat moliya institutlari faoliyatining maqsadi, vazifalari, funktsiyasi, faoliyat mexanizmi, hossa va xususiyatlari evaziga moliya bozori tarkibida alohida segment – davlat kapitali va hizmatlari bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda ular kredit-pul, byudjet-soliq, investitsiya, emissiya siyosatlarini yurituvchi, demak davlatning moliyaviy instrumentlari va resurslari bilan bog’liq operatsiyalar institutlari va davlat regulyatori, davlatning moliyaviy resurslari va instrumentlari akkumulyatori va mos ravishda yirik investitsiyalar manbai, institutsional investor, professional emitent va vositachi sifatida namoyon bo’ladi.
Ko’rinib turibdiki, davlatning bo’nday moliya institutlari banklar, sug’urta kompaniyalari va investitsiya institutlari bilan birga moliya bozorining professional, o’ta zarur, foydali va eng salmoqli na faqat qatnashchilaridan, balki regulyatori hisoblanadi.
Bu esa moliya bozorining risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy havfsizlik darajasini ko’tarishga, boshqa har qanday qatnashchilari faoliyatining kafolati sifatida, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga hizmat qiladi.
SHunday qilib, davlatning vakolatli moliya institutlari umuman iqtisodiyotda, xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
- monetar (kredit-pul) va byudjet-soliq (fiskal) siyosatlarini mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy o’sishi yo’lida uyg’unlikda ta’minlovchi regulyativ institutlar;
- davlat ehtiyojlari va iqtisodiyot sub’ektlari uchun pul, valyuta, kredit, boshqa moliyaviy instrumentlar va resurslar bilan bog’liq operatsiyalar bo’yicha professional tarzda faoliyat yurituvchi institutlar;
- moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai;
- institutsional investor (belgilangan tartibda);
- pul (faqat Markaziy bank) va davlat qimmatli qog’ozlari emitenti (belgilangan tartibda);
- vakolatli davlat kompaniyalari (masalan, Markaziy depozitariysi, byudjetdan tashqari fondlari va h.k. kompaniyalari) va tashkilotlari (Davlat mulki Qo’mitasi, Davlat soliq va bojxona Qo’mitalari, tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi va h.k.) orqali moliya bozoriga regulyativ ta’sir qiluvchi va professional hizmat ko’rsatuvchi institut va h.k.
Moliya bozorida davlat o’zining qimmatli qog’ozlari emitenti va zarur ob’ektlarni moliyalashtiruvchi sifatida quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi:
- joriy byudjet defitsitini (kamamadini) moliyalashtirish;
- avval chiqarilgan qarz majburiyatlarini so’ndirish;
- davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlash;
- soliq to’lovlarining notekis tushumini tekislash;
- tijorat banklarini likvid rezerv aktivlar bilan ta’minlash;
- davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli loyiha dasturlarini moliyalashtirish;
- ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilot va muassasalarni qo’llab-quvvatlash va h.k.
Aytish jo’izki, pul emissiyasi ham davlat siyosatining instrumenti (soliqqa tortish darajasi va davlat haridlari singari) hisoblanadi. Ushbu funktsiyani Markaziy bank amalga oshiradi. Bunda u quyidagi regulyativ instrumentlarda foydalanadi: ochiq moliya bozorlaridagi operatsiyalar, banklar uchun majburiy rezerv miqdorini belgilash, qayta moliyalashtirish stavkasini o’rnatish.
Umuman olganda, davlat o’z harajatlarini moliya bozori orqali quyidagi uch usul bilan moliyalashtirishi mumkin: soliq tushumlarini oshirish, aholidan qarz mablag’larini jalb qilish, qo’shimcha pul chiqarish (inflyatsiya havfini hisobga olgan holda).
Do'stlaringiz bilan baham: |