Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet14/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

Transfer-agentning faoliyati deganda, qimmatli qog’ozlarga bo’lgan xuquqlarni xisobga olish tizimiga taalluqli xujjatlarni qabul qilish, qayta ishlash va o’tkazish bo’yicha xizmatlar kursatish tushuniladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining transfer agent faoliyatini amalga oshiruvchi professional katnashchisi transfer-agent deb nomlanadi.
Emitent bilan o’zaro munosabatda transfer-agent quyidagilarni amalga oshiradi:
- emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda reestr shakllantirish uchun markaziy registratorga surov yuborish;
- markaziy registratordan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog’ozlar egalari reestrini qabul qilish;
- qonun xujjatlarida belgilangan tartibda emitentga qimmatli qog’ozlar reestrini yetkazish va berish.
Transfer-agent emitentga markaziy registratordan olingan qimmatli qog’ozlar egalari reestri va boshqa ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazib berish va ularning saqlanishi yuzasidan javobgar xisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlarni begonalashtiruvchi (sotib oluvchi) bilan o’zaro munosabatda transfer-agent quyidagilarni amalga oshiradi:
- qimmatli qog’ozlarni begonalashtiruvchidan (sotib oluvchidan) olingan xujjatlarni tekshirish, ro’yxatga olish va xisobga olish;
- mijozlardan olingan xujjatlarni ro’yxatga olish va xisobga olish;
- qimmatli qog’ozlarni begonalashtiruvchiga xizmat ko’rsatayotgan depozitariyga qimmatli qog’ozlar bo’yicha xuquqlarning o’tishiga asos xisoblanuvchi xujjatlarni yetkazib berish va taqdim etish;
- imzolar taqdim etilgan xujjatlarda ko’rsatilgan shaxslar (ularning vakillari) tomonidan qo’yilganligini kafolatlash;
- operatsiyalar qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi xujjatlarni qabul qilish;
- begonalashtiruvchining (sotib oluvchining) xizmat ko’rsatuvchi depozitariydan shartnomaga muvofiq olingan qimmatli qog’ozlarni begonalashtiruvchiga (sotib oluvchiga) yetkazib berish va taqdim etish.
Begonalashtiruvchi (sotib oluvchi)ning qimmatli qog’ozlar transfer-agenti bilan munosabatlari shartnoma asosida tartibga solinadi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha birjadan tashqari savdolar tashkilot-chisining faoliyati deganda, investorlarga vositachilarni yollamasdan turib savdolarda qatnashish imkoniyatini beruvchi arizalar qabul qilish punktlari, maxsus kompьyuter savdo tizimlaridan foydalanishning belgilangan qoidalari bo’yicha qimmatli qog’ozlar savdosini tashkil qilish faoliyati tushuniladi.
Birjadan tashqari savdolar tashkil kilish, shuningdek birjadan tashqari listinglar qoidalari qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi bilan kelishgan xolda belgilanadi.
Birjadan tashqari listing - qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari savdoga ularni birjadan tashqari byulleteniga kiritgan xolda, savdoga qo’yishdir.
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda o’tkazilayotgan savdolarning oshkoraligi va ommaviyligini ta’minlashi lozim.
6.2 paragrafda aytilganidek, banklar kimmatli qog’ozlar bozorida emitentlar, investorlar sifatida qatnashishi mumkin. Qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning professional faoliyati qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan tuziladigan bitimlar va investorlar mablag’larining xisobini yuritish
Qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi investorlar ishtirokida qimmatli qog’ozlar bilan o’zi tuzadigan barcha bitimlarning hisobini yuritadi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan qimmatli qog’ozlarning hamda investorlar mablag’larining hisobini yuritish uning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobidan alohida tarzda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining professional katnashchisi qonun xujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda o’z arxivida investorlarning qimmatli qog’ozlari va mablag’lari xisobga olish buyicha xujjatlarni saqlashi shart.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish