Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 4,83 Mb.
bet18/241
Sana13.04.2022
Hajmi4,83 Mb.
#549216
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   241
Bog'liq
Moliya va soliqlar . O\'UM 2021 yil

5-mavzu: Moliyaviy boshqaruv


Reja:


1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.
3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati

“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’ektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda boshqaruv sxemasini tashkil etishni taqazo etadi. SHu ma’noda va eng umumiy ko’rinishda boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.


Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni sog’lomlashtirishga (normallashtirishga) qaratilgan munosabatlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslarning samarali hamda oqilona foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani (muammoni) bajarish (echish) moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, boshqariladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi (sub’ektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliya tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliya tizimini o’z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bo’lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’ektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’ektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham o’z ichiga oladi.
Moliyaviy boshqaruvning ob’ekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli ko’rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzumi (tuzilishi), mamlakatdagi siyosiy kuchlarning joylashishi (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o’ziga xos bo’lgan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasida moliyaviy boshqaruvning sub’ekti bo’lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi.
Davlatning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va uy xo’jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o’zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini reglamentatsiya qilish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo’llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va h.k.lar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. SHunga monand ravishda uning asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan iborat:
• pirovard maqsadga bog’liqlik;
• xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;
• jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
• iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
• real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• moliyaviy rejalashtirish;
• bashoratlash (prognozlashtirish);
• dasturlashtirish;
• moliyaviy tartibga solish;
• moliyaviy nazorat;
• moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
• moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.

Eng umumiy ko’rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini 2-sxemadagidek tasavvur qilish mumkin (navbatdagi betga qarang).



2-sxema. Moliyaviy boshqaruv tizimi.



Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish