Qadimgi Turonning ikkinchi yirik suv manbai hisoblangan Sirdaryoning o‘rta havzasida shakllangan Choch qadimda O‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlaridagi yirik mulklardan biri bo‘lgan



Download 9,8 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi9,8 Kb.
#766242
Bog'liq
Qadimgi Turon


Qadimgi Turonning ikkinchi yirik suv manbai hisoblangan Sirdaryoning o‘rta havzasida shakllangan Choch – qadimda O‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlaridagi yirik mulklardan biri bo‘lgan. Chirchiq va Ohangaron vohasidagi unumdor yerlarni o‘z ichiga olgan Toshkent vohasi uning markazi edi. Bu voha uch tomondan, shimoli-g‘arb, sharq va janub tomondan G‘arbiy Tyanshan, Chotqol va Qurama tog‘lari bilan o‘ralgan. Chochning tog‘lari turli qimmatbaho ma’danlarga boy bo‘lishi bilan birga chorvachilikning rivoji uchun ham qulay edi. Geografik jihatdan Choch Markaziy Osiyo xalqlarining savdo-iqtisodiy va madaniy-etnik chorrahasidagi qulay joyda joylashgan bo‘lib, bu hudud ziroatkor ellatlar va ko‘chmanchi qabilalar yashaydigan dashtlari yaqinidagi faol aloqalar zonasi edi. Ikkinchi tomondan, Chotqol, Qurama va Qoramozor tog‘laridan qazib olinadigan ma’danlarning, avvalo, qimmatbaho toshlarning ko‘pligi ham vohaga xos xususiyat edi. Chunonchi, oltin, kumush va feruza Chochning Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqazadigan asosiy xom ashyosi hisoblangan.
Milodning 1-asriga kelib Chirchiq, Salor, Qorasuv boʻylaridagi vohaning qariyb yarmidan koʻprogʻi oʻzlashtirilib obod etilgan. Salor yonida joylashgan Choch shahri bu davrda har tomonlama yetakchi mavqega ega boʻlib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning boshlaridagi Toshkentning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol oʻynagan. Bu shahar 6—8 asrlarda, ayniqsa, ravnaq topgan. Shaharning Turk xoqonligi tarkibiga kirishi, uning Qoramozor togʻlaridagi konlar yaqinida joylashganligi, hunarmandchilik mahsulotlariga doimo muhtoj dasht koʻchmanchilarining yondoshligi, shuningdek, asosiy karvon yoʻllari, xususan, Buyuk ipak yoʻli vohaning shimoliy hududlaridan oʻtishi uni tezda Choch davlatining poytaxti boʻlib qolishiga imkon berdi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan oʻrab olinib, maxsus saroyqalʼa qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab chiqarish qurollari va uyroʻzgʻor buyumlari bu yerda yuksak madaniyat boʻlganidan dalolat beradi. Manbalarga koʻra, shahar, ichida saroy, ibodatxona boʻlgan ark, amaldorlarning uylari joylashgan shahriston, hunarmandlar mahallalari oʻrnashgan ichki va tashqi rabodlardan iborat boʻlgan. Shahar atrofida ozod jamoalarning keng ekinzorlari, qishloqlari, ilk zamindorlik dehqonlarining qoʻrgʻon va bogʻ-rogʻlari, istehkomlari paydo boʻlgan. Ekinzor yerlar vabogʻlar chekkasida — koʻchmanchilar dashtiga tutash chegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Arab manbalarida bu shahar Chochning poytaxti — „Madinat ash Shosh“ (Shosh shahri) deb atalgan. Choch poytaxti hunarmandlari metalldan mehnat qurollari, yarogʻ-aslahalar, zeb-ziynat va roʻzgʻor buyumlari yasashgan, koʻnchilik bilan shugʻullanishgan, paxta va junshisha idishlar, zargarlik buyumlari yasab, ichki va tashqi savdoni taʼminlashgan. Shahar qizgʻin savdo markazi ham boʻlgan. Gʻarbda Vizantiyadan tortib, sharqsa Xitoygacha boʻlgan davlatlarning Toshkent hududidan topilgan tangalari shundan dalolat beradi. Choch hokimi ham oʻz tangalarini zarb qildirgan. IV—VII asrlarda Chochda kumush tangalar chiqaradigan zarbxona boʻlgan.
Choch hukmdorlari old tomoniga mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki sulolaviy ayri tamgʻa tushirilgan pullarni zarb etgan. Chochning huddi shu davrda zarb etilgan baʼzi tangalari orasida hukmdor bilan yonma-yon turgan malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu shubhasiz, Chochning ilk oʻrta asr ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga ega boʻlganligini koʻrsatadi. Ular „Shoʻrxon xotun“ va „Kabachxotun“ (uy malikasi) kabi sharafli nomlar bilan ulugʻlanib, shahar tashqarisida joylashgan soʻlim qarorgohda istiqomat qilganlar. Bunday oyimlar yashagan joy „Achabat“ (Katta ona qoʻnogʻi) deb yuritilgan. Savdosotiq va hunarmandchilik bilan birga madaniyat ham yuksalgan. Manbalarga koʻra, tasviriy sanʼat va, ayniqsa, musiqa rivoj topgan.
Iloq — tarixiy viloyati Toshkent viloyatining janubiy qismida joylashgan Ohangaron daryosi (13-asr boshlariga qadar Iloq deb atalgan) havzasida boʻlgan. Qadimgi dehqonchilik va konchilik mintaqalaridan biri boʻlgan Mil. 5-asrdan mustaqil davlat sifatida maʼlum. Iloq hukmdorlari "Iloq dehqonlari" unvoni bilan yuritilib, katta iqtisodiy va siyosiy mavqega ega boʻlgan. 9—10-asrlarda 17 shahar boʻlgan. Aholisi dehqonchilik, chorvachilik, keng koʻlamda maʼdan qazish va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. Iloq aholisi jangovarligi va erksevarligi bilan mashhur boʻlgan. Iloqda davlat zarbxonasi boʻlgan. 10-asr oxirlarida Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng Iloq yerlari jaloyirlar qabilasi tasarrufiga oʻtgan. Iloq nomi 14-asrdan manbalarda uchramaydi. Poytaxti Tunkat shahri boʻlgan.
Download 9,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish