Respublikasi oliy


Dumsizlar (Anura) turkumiga



Download 3,12 Mb.
bet79/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Dumsizlar (Anura) turkumiga 2100 ga yaqin tur kiradi. Boshi yapaloq, tanasiga tutashib ketadi, dumi yo'q, keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan 2 — 3 marta uzun. Shu sababli ular sakrab harakat qiladi. Urug'lanishi tashqi.
Dumsiz amfibiyalarga to'garak tillilar, haqiqiy baqalar, qurbaqalar, daraxtlarda yashovchi quruldoq baqalar oilalari kiradi va bular yer yuzida ancha keng tarqalgan. O'zbekistonda dumsiz amfibiyalaming faqat ikkita turi, ya'ni ko'l baqasi va yashil qurbaqa yashaydi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilar sovuqqonli (poykilotermli) hayvonlar bo'lib, ulaming gavda harorati tashqi muhit haroratiga bog'liq. Shu bilan birga ularning hayoti atrof — muhitning namligiga ham bog'liq bo'ladi.
Amfibiyalaming yashash joylari ancha xilma —xil, ko'pchiligi nam joylarda yashaydi, ayrim turlari, butun umrini suvda o'tkazadi (dumlilar). Tropik zonalarda yashovchi oyoqsizlar esa yer tagida hayot kechiradi. Bolqon proteyi qorong’i g'or suvlarida yashaydi. Amfibiyalar sovuqqonligi sababli tashqi muhit harorati +10 C°bo'lganda faolligi susayadi, +5 +7 C° bo'lganda karaxt bo'lib qoladi, harorat — 2 C° bo'Isa o'ladi. Shuning uchun ham amfibiyalar asosan ekvatorda tarqalib, qutbga borgan sari turlarining soni keskin kamayadi. Amfibiyalar asosan nam iqlimda yashaydi, quruq iqlimda va sho'r suvda yashay olmaydi.
Amfibiyalaming oziqlanishi deyarli bir xil bo'ladi, asosan hayvon organizmlari, itbaliqlari esa o'simliklar bilan ovqatlanadi. MDH hududida yashaydigan amfibiyalar hasharotlar, chuvalchanglar, molluskalar, ayrim turlari xatto jo'jalar va sichqonlarni ham tutib yeydi.


123


www.ziyouz.com kutubxonasi




Amfibiyalarning ko'pchiligi bahorda ko'payadi. Baqa, qurbaqa va boshqa ko'pchilik amíibiyalar tuxumiarini suvga tashlaydi va urug'lanishi suvda o'tadi. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda esa urug'lanish ichki.
Amfibiyalarning pushtdorligi o'zgarib turadi. Baqalar 10000 tagacha tuhum qo'yadi. Suvning haroratiga qarab itbaliqlar 8 kundan 28 kungacha rivojlanadi. Yozning oxirida itbaliqlar baqalarga aylanadi. Ko'pchilik amíibiyalar nasli uchun qayg'urmaydi. Ammo ba'zi amfibiyalarda nasl uchun qayg'urish namoyon bo'ladi, lekin bulaming pushtdorligi keskin kamayadi. Masalan, oyoqsizlar 20 tacha tuxumiarini yer kovaklariga, ildiz yoki tosh ostiga qo'yib, ulami tanasi bilan o'rab isitadi. Amerika pipalari50—100 tacha tuxumiarini orqasidagi chuqurchalariga qo'yadi.
Amfibiyalarda bir kecha — kunduz va fasl siklliligi bor. Qurbaqalar, bo'z baqalar va tritonlar kechasi faol hayot kechiradi. Harorati va namligi yuqori bo'lgan tropik o'rmonlarda ko'pchilik amfibiyalarning hayoti yil bo'yi faol bo'ladi. Lekin bu hududlarda qurg'oqchilik va yog'ingarchilik fasllari almashinib turganda amfibiyalarning hayot muhitlari keskin o'zgaradi. Qurg'oqchilik mavsumida amíibiyalar uyquga ketadi. O'rta shimoliy kenglikda esa amíibiyalar qishda uyquga ketadi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi katta ahamiyatga ega. Butun quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlaming suv muhitidan quruqlik muhitiga chiqishi ulaming tuzilishida muhim o'zgarishlar yuzaga kelganligini ko'rsatadi. Awalo, jabra bilan nafas oüshdan o'pka bilan nafas olishga o'tiladi, suzgich qanotlari besh barmoqli oyoqlarga almashinadi. Keyinchalik qon aylanish sistemasi, nerv sistemasi va suzgich organlari o'zgaradi.
Amíibiyalar inson uchun katta ahamiyatga ega. Awalo, ular turli — turnan yerlarda yashab, zararkunandalami qirib, bog'larga, poliz va dalalarga, o'rmon va o'tloqlarga katta foyda keltiradi. O't baqasi bir kecha—kunduzda o' rtacha 6 ta umurtqasiz hayvonni yeydi, 6 oy davomida esa 1200 dona hasharot va molluskalami qiradi. Tuxumlari, itbalig'i va voyaga yetgan amíibiyalar ko'pchilik ovlanadigan baliqlar, o'rdaklar va boshqa qushlar uchun yem bo'ladi. Ba'zi mo'ynali hayvonlar (norka, qunduz) baqalar bilan ovqatlanadi. Ayrim mamlakatlarda (Fransiya, AQSH, Sharqiy Osiyo davlatlari) baqa va salamandralaming go'shtini odamlar iste'mol qiladilar. Baqa va tritón biologiya va tibbiyot izlanishlarida juda ham ko 'p miqdorda laboratoriya hayvoni sifatida ishlatiladi.
Baqalar ovlanadigan baliqlaming chavoqlarini yeb, ma'lum darajada zarar ham keltiradi.


124


www.ziyouz.com kutubxonasi




Amfibiyalar inson uchun foydali bo'lganligi sababli ularoi qo’riqlash zarur. Amfibiyalaming 8 tun, shu jumladan, yetti suv tritoni yoki baqatish, Ussuriy timoqli tritoni, Karpat tritoni, qamish qurbaqasi MDH “Qizil kitobi"ga kiritilgan.
Test topshiriqlariga javob bering

  1. Suvda harn quruqlikda yashovchilaming quruqlikka moslanish belgilarini ko'rsating.

a — tanasi yapaloq, b — lichinkasi suvda rivojlanadi, d — nafas olishda o'pka ham ishtirok etadi, e —yurish oyoqlari rivojlangan, f—suvga tuxum qo'yadi, g — tuxumi suvda urug'lanadi, h — qovoqlari rivojlangan.
A — a,d,e,g; B — b,e,f,h; D — a,d,e,h; E — a,d,f,h; F — a,b,f,g.

  1. Baqa skeleti qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

A — tirsak—bilak, katta va kichik boldir suyaklari bir—biridan ajralmagan; B — umurtqa pog'onasi bo'yin, ko'krak, bei, dumg'aza, dum bo'limlaridan iborat; D — bosh skeleti asosan suyakdan iborat; E — yelka kamari suyagi bo’lmaydi; F — dum umurtqalari bo'lmaydi.

  1. Qaysi javobda baqa sezgi organlari va ulaming tuzilishi juftlab ko'rsatilgan?

1 — ko’rish, 2 —eshitish, 3 —hid bilish (burun), 4—yon chiziq;
a — ichki va o'rta bo'limdan, nog'ora pardadan iborat, b — tashqi va ichki teshiklardan iborat, d — it baliqlarda bo’ladi, e — shox pardasi bo'rtiq, qovoq bilan himoyalangan.
A — la, 2d, 3b, 4e; D — le, 2b, 3d, 4a;
B — Id, 2a, 3e, 4b; E — le, 2a 3b, 4d; F — 1b, 2d, 3a, 4e.

  1. Qaysi javobda baqa bosh miyasining tuzilishi to’g'ri ko’rsatilgan?

A — oldingi miya yirik; B — miyacha kuchli rivojlangan; D — o'rta miya nisbatan yirik; E — miya yarim sharlari rivojlanmagan; F — oldingi miya yarimsharlari bir—biridan to’liq ajralgan.

  1. Baqaning qaysi muskullari kuchli rivojlangan?

A — oyoq va til; B — oyoq va bo'yin; D — til va jag'; E — oyoq va qorin; F — oyoq va panja.


125


www.ziyouz.com kutubxonasi


  1. Qaysi javoblar baqalar tuzilishiga mos keladi?

a —siydik yo'li kloakaga ochiladi, b — qovurg'alari rivojlanmagan, d —ko'krak qafasi juda kichik, e —ko'krak umurtqalari 5 ta, f —bo'yin va dumg'aza umumrtqalari 1 tadan, g — dum skeleti bitta uzun suyakdan iborat.
A — a,d,e,g; B — a,b,f,g; D — b,d,e,f; E — b,d,f,g; F — a,b,d,f.

  1. Qaysi javobda suvda ham quruqlikda yashovchilaming ichki tuzilishi to'g'ri ko'rsatilgan?

a — yuragi uch kamerali, b — miyachasi yirik, d — terisi nafas olishda qatnashadi, e — o'pkasi murakkab tuzilgan, f — og'iz tubining kengayishi orqali nafas oladi.
A — a,d,e; B — b,d,f; D — a,d,f; E — a,e,f; F — b,d,e.

  1. Qaysi javobda suvda ham quruqlikda yashovchilar turkumlari va ularga mansub turlar juftlab yozilgan?

1 — dumlilar, 2 — dumsizlar; a — tritón, b — baqa, d — salamandra,
e —qurbaqa, f—protey, g — qurildoq baqa.
A — la,d,f; 2b,e,g;
B — ld,f,g; 2a,b,g;
D — le,f,g; 2a,b,d;
E — la,d,e; 2b,f,g;
F — ld,e,g; 2a,b,f.

  1. Anamniyalar guruhiga kiruvchi hayvonlarni ko'rsating.

A — baliqlar; B — qushlar; D — sudralib yuruvchilar; E — suvda ham quruqlikda yashovchilar; F — sut emizuvchilar; G — to'garak og'izlilar.

  1. Umurtqali hayvonlar vakillari bilan ulaming ayirish organlari tiplarini juftlab ko'rsating.

1 — pronefros, 2 — mezanefros, 3 —metanefros; A — baliqlar;
B — sudralib yuruvchilar; D — to'garak og'izlilar embrioni.
A — la,2b,3d;
B — Id, 2a,3b;
D — lb,2d,3a;
E - la,2d,3b;
F — Id,2b, 3a.


126


www.ziyouz.com kutubxonasi


  1. SUDRALIB YURUVCHILAR (REPTILIA) SINFI


Sudralib yuruvchilar qushlar va sut emizuvchilar singari quruqlikda hayot kechiradi. Ayrim vakülari ikkilamchi suvda yashashga o'tgan. Bu uchta sinf vakillarining tuxumi ichki urug'lanadi va quruqlikda ko'payadi. Faqat ayrim sut emizuvchilar (kitsimonlar) suvda urchiydi. Ularning embrional rivojlanishida murtak parda paydo bo'ladi. Sudralib yuruvchilar yuksak umurtqalilaming yoki amniotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo'yin bo'limi bor. Aksariyat ko'pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlar bo'ladi. Sudralib yuruvchilarning tuzilishi tez yuruvchi kaltakesak misolida ko'riladi (34 — rasm).









Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish