Respublikasi oliy


Ichki qavat-endoderma hujayralari



Download 3,12 Mb.
bet17/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Ichki qavat-endoderma hujayralari. Gidra tanasining ichki qavati bezli va xivchinli hujayralardan iborat. Bezli hujayralar tana bo'shlig'iga hazm shirasi ishlab chiqaradi. Shira ta'sirida tana bo'shlig'idagi oziq qisman hazm bo'ladi. Xivchinli hujayralaming bittadan uchtagacha xivchini bo'ladi. Xivchinli hujayralar soxta oyoqlar hosil qilish xususiyatiga ham ega. Xivchinlaming tebranishi tana bo'shlig'ida suv oqúnini hosil qiladi. Bu oqim oziq zarrachalari soxta oyoqlarga yaqin kelishiga yordam beradi. Soxta oyoqlar tomonidan qamrab olingan oziq sitoplazmaga o'tib, bir hujayralilardagi singari hazm vakuolalar ichida hazm bo'ladi. Oziqning hazm bo'lmagan qoldig'i esa dastlab tana bo'shlig'iga, undan og'iz orqali tashqariga chiqarib tashlanadi.
Gidraning maxsus nafas olish va ayirish sistemasi bo'lmaydi. Suvda erigan kislorod gidraning butun tana yuzasi orqali uning hujayralariga o'tadi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari ham hujayralardagi qisqaruvchi vakuolalar orqali tashqi muhitga chiqariladi. Shunday qilib, gidraning hazm qilish, nafas olish va ajratish xususiyatlari bir hujayrali hayvonlamikiga juda o'xshash bo'ladi.
Regeneratsiyasi. Tashqi qavat hujayralari orasida mayda yumaloq, lekin yirik yadroli oraliq hujayralar joylashgan. Bu hujayralar bo'linib ko'payishi natijasida gidra tanasini tashkil etuvchi hujayralar hosil bo'ladi. Ana shu hujayralaming tez o'sib, ixtisoslashuvi tufayli gidra tanasining jarohatlangan joyi bitib ketadi. Tirik organizmlar tansining jarohatlangan yoki yo'qotilgan qismining tiklanishi regeneratsiya deyiladi.
Ko'payishi. Iliq bahor va yoz mavsumida gidra kurtaklanish yo'li bilan ko'payadi. Bunda gidra tanasi sirtida dastlab bo'rtiklar hosilbo'ladi. Bo'rtiklar o'sib kurtakchalarga aylanadi. Kurtakchalaming uchida paypaslagichlar va og'iz teshigi paydo bo'lib, yosh gidralar yetiladi. Ular ona organizmidan ajralib chiqib, mustaqil yashay boshlaydi. Kurtaklanish ilgari tanishib o'tilgan bo'linish yo'li bilan ko'payish singari jinssiz ko'payish usullariga kiradi.


TI


www.ziyouz.com kutubxonasi




Jinsiy ko'payish organizmlarda tuxum va urug' hujayralar hosil bo'lishi va ularning qo'shilishi (urug'lanishi)dan iborat. Gidraning tuxum hujayraiari yirik, amyobaga o'xshash bo'ladi. Urug' hujayralar! — spermatozoidlar esa juda mayda, xivchinli harakatchan hujayralardan iborat. Spermatozoidlar gidra tanasini tashlab chiqadi va suv orqali tuxum hujayralami topib, ulami urug'lantiradi. Urug'langan tuxum hujayra o'z atrofiga qalin po'st chiqarib, sistaga aylanadi. Qishda gidra nobud bo'ladi. Bahorda esa zigotadan yosh gidracha rivojlanadi.

  1. Ssifomeduzalar (Scyphozoa) va Korall poliplar (Anthozoa) sinflari



Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish