1-amaliy mashg‘ulot. Duradgorlik dastgohiga brusokni mahkamlashni
o‘rganish.
i
J
8-rasm. Brusokni duradgorlik dastgohiga mahkamlash.
ihozlar: duradgorlik dastgohi, turli uzunlikdagi yog‘och plitalar, brusoklar.
Ishni bajarish tartibi:
Duradgorlik dastgohi bilan tani- shib chiqing. Dastgoh ishchi qismlarini aniqlang.
Dastgoh balandligi bo‘yingizga mos keli- shini tekshiring.
Dastgohning oldingi (bo‘ylama) va orqa (yon) iskanjalarini ko‘rib chiqing.
8-rasmda ko‘rsatilganidek brusokni oldingi (bo‘ylama) iskanjaga mahkamlang. Brusok ishonchli mahkamlanganligini tekshiring.
Brusokni dastgoh iskanjasiga mahkamlashni mashq qiling.
Mashg‘ulot davomida belgilangan ichki tartib va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qiling.
M ustahkamlash uchun savollar •
Duradgorlik ish o‘rni deganda nimani tushunasiz?
Duradgorlik dastgohi deb nimaga aytiladi?
Siz duradgorlik dastgohi balandligini qanday tekshirasiz? Javobingizni misollar bilan tushuntirib bering.
U staxonada berilgan topshiriqlarni bajarishda qanday xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish kerak?
YOG‘OCH TABIIY KONSTRUKSION MATERIAL SIFATIDA
Texnologiya fani mashg‘ulotlarida Siz turli xil mahsulotlarni tayyorlaysiz. “Mahsulot” so‘zi “ishlab chiqariladigan buyum yoki buyumlar to‘plami” ma’nosini angla- tadi.
Y
9-rasm. Yog‘ochdan olinadiganmahsulotlar.
og‘och va yog‘och materiallar xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida eng ko‘p ishlatiladigan konstruksion materiallardan biridir. Ming yillar davomida odamlar yog‘ochdan turli xil maqsadlarda foydalanganlar: qurilish va inshootlarda, avtomobil- sozlik, vagonsozlik, kemasozlik, ko‘mir sanoatida, qog‘oz-selluloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt ishlab chiqarishda, etil spirti, sintetik kauchuk, turli loklar va bo‘yoqlar olishda va boshqa sohalarda (9-rasm).
Yog‘och deb, daraxtning tanasi, butoqlari, novdalari va ildizlarining asosiy qismidan olinuvchi materialga aytiladi.
0‘sib turgan daraxtni shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin (10-rasm): ildiz, tana va shoxlar (3-shakl).
Barglar orqali olingan ozuqa moddalari lub orqali ildizga o‘tadi.
Ildiz orqali olingan ozuqa moddalari po‘stloq osti orqali shoxlarga o‘tadi.
Shox
> Tana
Ildiz
1
3-shakl
0-rasm. O‘sib turgan daraxt qismlari. Daraxt qismlaridan olinadigan mahsulotlar
Karton, yog‘och plitalari, DVP, DSP, yoqilg‘i va boshqalar
Yoqilg‘i, kimyoviy moddalar va boshqalar
Yog‘och, ustun, selluloza, yoqilg‘i, qog‘oz, faner, mebel, gugurt, qalam, sport anjomlari, musiqa asboblari va boshqalar
Kamfora moyi, skipidar, kanifol, selluloza, yog‘och plitalari, DVP, DSP va boshqalar
20
Ildiz o‘z shakli, katta-kichikligi, soni va yerga joylashishiga qarab turli daraxt- larda turlicha bo‘ladi. Barcha daraxtlar- ning ildizida asosiy tomirlar bo‘lib, ular daraxt tanasining davomi hisoblanadi. Bunday tomirlarni o‘q tomirlar deb yuri- tiladi.
D
ll-rasm. Daraxt tanasi va uning qatlamlari:
1-po‘stloq; 2 - lub (yokifloema), 3 - kambiy; 4 - zabolon (po‘stloq osti); 5 - mag‘iz (yadro); 6-yillikhalqalar; 7-o‘zak, 8-o‘zaknurlari.
1
araxt tanasi murakkab tuzilishga ega (11-rasm). Tana, asosan, po‘stloq va yog‘ochlikdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |