C hervyakli uzatma - vint (cherv- yak) va u bilan ilashadigan chervyak g‘ildiragi vositasida ayqash vallarga aylanma harakat uzatadigan mexanizm. Harakat cherv- yakdagi trapetsional rezba bilan g‘ildirakning yoysimon tishlari orasidagi ilashish kuchi natijasida uzatiladi.
Chervyak rezbasining kirimlar soniga ko‘ra bir, ikki va to‘rt kirimli, rezba o‘rami shakliga ko‘ra arximed spiralli, botiq profilli va boshqa xillarga bo‘linadi.
Friksion uzatma (diskli, silindrli, konusli) - o‘qlari parallel va kesishuvchi vallar orasida harakatni uzatish, aylanma harakatni vintli va ilgarilanma harakatga aylan- tiruvchi mexanizm.
R eykali uzatma - aylanma harakatni ilgarilanma (yoki teskarisi) harakatga aylantirish uchun xizmat qiladigan mexanizm. U silindrik tishli g‘ildirak va tishli reykadan tashkil topgan.
Agar harakatning uzatilishi suyuqlik yoki gazlar ishtirokida amalga oshsa, bunday uzatmalar gidravlik yoki pnevmatik
uzatmalar deyiladi.
M ustahkamlash uchun savollar •
Mashina ishchi organi deganda nimani tushunasiz?
Ishchi organning tuzilishi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?
Mexanik uzatmalarning qanday turlarini bilasiz?
Qanday uzatmalar gidravlik uzatmalar deyiladi?
TRANSPORT VOSITALARINI KONSTRUKSIYALASH VA MODELLASHTIRISH
T ransport vositalarini texnik konstruksiyalash va modellashtirish jarayonida turli texnologik operatsiyalar o‘zlashtiriladi; metallar va metallmas materiallaming har xil turlari va markazlari bilib olinadi; zamonaviy texnikaning haqiqiy namunalari tuzi- lishi va ishlash tartibi tushuniladi, amaliy ishlarni bajarish jarayonida bilimlar mustah- kamlanadi.
Ma’lumki, amaliy mashg‘ulotlarda texnik konstruksiyalash va modellashtirish haqiqiy mashina, mexanizm, asboblaming faqatgina kichraytirilgan nusxasini yasash emas, balki ijodiy faoliyat asosida texnik modellarning konstruksiyasini ham, ishlash tartibini ham ancha soddalashgan, lekin ularga o‘xshashlikni saqlagan namunalarini yaratishdir.
Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin “konstruksiya”, “model” va “maket” tushunchalarining farqini aniq bilib olish zarur.
Konstruksiya - har qanday obyektning qismlari, tuzilishi.
Model - namuna, me’yor ma’nosini anglatadi. U haqiqiy obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u haqiqiy obyektga mos bo‘lishi ham kerak. Masalan: avtomobil modeli.
Maket - obyektning konstruksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasvirdir. Masalan: binolar, inshootlar va boshqalarning maketlari shular jumlasiga kiradi.
T
2-rasm, a. Yengil avtomobil konstruksiyasi: 1 - avtomatik boshqariladigan rul; 2 - tormoz kuchaytirish moslamasi; 3 - amortizatorlar; 4 - boshqarish uskunalari; 5 - piyodalarga qarshi ogohlantiruvchi tormoz tizimi; 6 - oldingi most (ko‘prik); 7 - disk tormozi supporti birikmasi; 8 - tormozpedali; 9 - shinalar; 10 - qotishma g‘ildiraklar; 11 - orqa most (ko‘prik).
6
10
11
7
exnik konstruksiyalash va modellashtirish mashinalar hamda mexanizmlarni yaratish jarayoni bilan, detallarni tayyorlash va buyumlarni yig‘ishning zamonaviy texnologiyasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi (2-rasm, a).
Do'stlaringiz bilan baham: |